TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 6,4 Mb.
bet23/24
Sana07.05.2021
Hajmi6,4 Mb.
#14375
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

Termodinamika qonunlari

















II bob xulosasi

Mazkur bobda kasb-hunar kollejlarda fizikani o’qitishda internet materiallari va elektron qo`llanmalardan foydalanishning ahamiyati, fizika darslarida tarmoq imkoniyatlaridan foydalanilishi atroflicha tahlil qilindi, shuningdek, dars jarayonida internet materiallari va elektron qo`llanmalardan foydalanishning namunalari keltirildi.

O’quvchilarni samarali o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va internet materiallari va elektron qo`llanmalar dasturlari bilan jihozlangan auditoriyalardan foydalanishlari kerak.Internet materiallari va elektron qo`llanmalar kundalik hayot talabi va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Internet materiallari va elektron qo`llanmalar dasturlaridan foydalangan holda dars davomida talabalarning bilimlarini baholash bu bilimlarni, o’qitilayotgan materialni va Internet, hamda CD-ROM, DVD RW-ROM kabi texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasini baholashdir. U o’zining ichiga bir qator faoliyatni mujassamlashtirgan:


  1. O’qituvchi savollarni elektron pochta yoki xat, axborot shaklida jo’natishi mumkin. O’quvchi ushbu savollarga javob berishi yoki kichik hikoya yozishi va o’qituvchiga tekshirish uchun Internet orqali taqdim etishi hamda tez javob olishi mumkin;

  2. Onlayn tizimida test olish joriy qilingan bo’lishi mumkin. Unda ishtirokchi avtomatik baholashning tizimi orqali baholanadi;

  3. O’quvchilarni baholash uchun test olishning turli variantlari ishlab chiqilishi mumkin;

  4. Interfaol vazifalar baholashning eng samarali variantlaridan bo’lishi mumkin;

  5. Savolnoma shaklidagi test ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlovchi usullardan biri bo’lishi mumkin.


Xоtima.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad qilib kasb-hunar kollejlarida elektron qo`llanmalar va internet materiallaridan foydalanishni metodikasini ishlab chiqish qo`yilgan edi.

Bitiruv malakaviy ishi ob`yekti bo`lib o`rta maxsus ta`lim tizimi asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida elektron qo`llanma, axborot – kommunikatsion texnologiyalar yordamida fizika fanini o`qitishning elektron ta`lim resurslari yaratish hamda joriy qilish texnologiyalari, shuningdek shu tizim yordamida o`quvchilar o`zlashtirishini va nazorat uslubiyotlari hisoblanadi.

Elektron qo`llanmalar o’quvchilarni rag’batlantiradi va qiziqishini oshiradi. Elektron qo`llanmalar o’quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o’quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan komp’yuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. Elektron qo`llanmalar XXI asrning ta’lim berish vositasidir.

Elektron qo`llanmalar o’rganish va o’qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Elektron qo`llanmalar o’qituvchilarning kasbiy o’sishi uchun ularga o’z fanlari bo’yicha o’qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo’llashga, g’oyalarni ro’yobga chiqarish va yangi ko’nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Elektron qo`llanmalar o’z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi. Elektron qo`llanmalar o’quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni va mablag’ni tejaydi. Elektron qo`llanmalar darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o’qish jarayonini o’quvchilar uchun qiziqarli hamda ko’ngilochar qiladi. Ta’limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo’llaganda talaba eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkilashtirish uchun ma’lum bir shart sharoitlar mavjud.


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejida fizika fanini o`qitish jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanganda o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi yanada oshadi, shuningdek elektron qo`llanmalar o`zi mustaqil ravishda kerakli fizika bo`limi bo`yicha mustaqil tayyorlanishiga imkoniyat yaratiladi. Bunga o`quvchining o`zidagi ijobiy yoki salbiy o`zgarishlarni kuzatish va shunga qarab navbatdagi rejalarini tuzishi ko`zda tutiladi. Ular o`zini mashqlar, testlar asosida sinab ko`radi va fizika fani to`g`risida animatsiyalar yordamida yaqqol tasavvurga ega bo`ladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari tahlil qilinib, fizika fanini o`qitish jarayonida elektron qo`llanmalar, internet materiallari va yangi pedagogik texnologiyalardan quyidagi akademik litseylarda foydalanilmoqda:

1. Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi axborot texnologiyalari akademik litseyi.

2. Buxoro tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey.

3. Qorako`l ma`ishiy xizmat kasb-hunar kollejlarida.

Mazkur bitiruv malakaviy ishida kasb-hunar kollejlarda fizikani o’qitishda internet materiallari va elektron qo`llanmalardan foydalanishning ahamiyati, fizika darslarida tarmoq imkoniyatlaridan foydalanilishni atroflicha tahlil qilindi, shuningdek, dars jarayonida internet materiallari va elektron qo`llanmalardan foydalanishning namunalari keltirildi.

O’quvchilarni samarali o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va internet materiallari va elektron qo`llanmalar dasturlari bilan jihozlangan auditoriyalardan foydalanishlari kerak.Internet materiallari va elektron qo`llanmalar kundalik hayot talabi va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Internet materiallari va elektron qo`llanmalar dasturlaridan foydalangan holda dars davomida talabalarning bilimlarini baholash bu bilimlarni, o’qitilayotgan materialni va Internet, hamda boshqa texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasini baholashdir. U o’zining ichiga bir qator faoliyatni mujassamlashtirgan

Bitiruv malakayiv ish xulosa va tavsiyalarida o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida foydalanish mumkin. Elektron qo`llanmalar va internet materiallaridan foydalanish ta`lim sifati va samaradorligini keskin oshiradi.



Download 6,4 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 6,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 6,4 Mb.