|
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 4/24 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 6,4 Mb. | | #14375 |
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan <> gi qonun va <> da oliy ta`lim oldidagi bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta`limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, o`qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta`lim tizimini texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqarish, o`zlashtirish, yangi perdagogik va axborot texnologiyalari asosida talabalarni o`qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu vazifalarni bajarish mavjud pedagogic jarayonlarni takomillashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan zamonaviy pedagogic va axborot texnologiyalarini o`zlashtirishga, pedagogika oliy ta`lim muassasalarida kasbiy tayyorgarligi yuqori bo`lgan pedagog kadrlarni tayyorlashga yo`naltirishni taqozo etadi.
Ilm-fan taraqqiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot –kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan sohalarida erishilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi fizika fanini o`qitishda elektron qo`llanmalar yangi axborot texnologiyalaridan foydalaninsh, o`quv jarayonida kompyuterli o`qitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo`llash vazifasini qo`yadi.
Mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar va internetdan foydalanish, elektron darsliklar yaratish va fizika dars jarayoninida ulardan foydalanish, virtuallashtirish, o`qitish virtual va mul`timediya vositalaridan fodalanish, ta`limning virtual bazasini yaratish kabi vazifalarni qo`ymoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalarning ta`lim – tarbiya sohasidagi ahamiyati juda katta. Fizika darslarida kompyuter vositalari: multimediyalar, virtual laboratoriyalar va virtual ko`rgazmalarning qo`llanilishi dars samaradorligi va sifatini oshirish.
Ta`lim jarayonida hozirgacha bo`lgan davrdagi fizika fani bo`yicha yaratilgan elektron qo`llanmalarni tahlil qilgan holda o`quvchilar uchun qulay bo`lgan, ham nazariy bilim beradigan, ham amaliy ko`nikmalarni hosil qiladigan, fizik hodisalar, jarayonlar haqida tasavvurlarni boyitadigan, o`z-o`zini sinab ko`rish imkoniga ega bo`lgan elektron qo`llanmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |