TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 6.4 Mb.
bet3/24
Sana07.05.2021
Hajmi6.4 Mb.
#14375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Termodinamika qonunlari.......................................................


57




XOTIMA................................………………………………...

64




ADABIYOTLAR......................................................................

66




ILOVALAR...............................................................................

68

Kirish

Bugun vatanimizda nafaqat yuqori malakali mutaxassislar, balki umumbashariy meros va qadriyatlarni zamonaviy bilim va tafakkur bilan boyitishga qodir huquqiy-demokratik jamiyatda odamlarning ozod va erkin yashashini mustaqil fikir yuritib, har tomonlama asoslangan qarorlar qabul qilinishi hayotiy zarurat deb biladigan barkamol yoshlar kerak.



I.A.Karimov .

O`zbekistonda yoshlarning o`z ijodi va intelektual salohiyatini ro`yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng qamrovli aniq maqsadga yo`natirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash dasturi ishlab chiqilgan. Unda quyidagilar asosiy vazifalar qilib belgilangan.

Talim jarayonida yangi axborot kominikastiya va pedagogik texnologiyalarning elektron darsliklari, mul`timedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz mElektron qo`llanmalar ablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o`quv yurtlarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarini, laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o`quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari bilan jihozlash, shuningdek, o`qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma`naviy rag`batlantirish bo`yicha samarali tizimini yanada takomillashtirish.

Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o`z ijodiy va intelektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kopleks chora tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Ma`lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu-fan, ma`rifat, ta`lim tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb hisoblangan.

Ta`lim-tarbiya ong mahsuli. Lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning ravnaqini ham belgilaydigan, ya`ni xalq ma`naviyatini shakllanadigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o`zgartirmasdan turib, ma`naviyatini taraqqiy ettirib unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta`lim tarbiya olishiga bog`liq.

Ta`limni tarbiyadan, tarbiyadan ta`limni ajratib bo`lmaydi, bu sharqona qarash , sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda Abdulla Avloniyning “ Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan chuqur ma`noli so`zlarini eslash mumkin.

Oxirga yillarda ta`lim- tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko`lami va mohiyatiga ko`ra ulkan ishlarimiz biz ko`zlagan ezgu niyatlarimizga erishish hech kimdan kam bo`lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma`naviy yuksalishi yo`lida mustahkam zamin yaratdi.

“Diplomga ega bo`lish bu hali tom ma`nodagi ziyoli emas, ziyoli odam tafakkuri saviyasi pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo`lakcha inson bo`ladi”. “Har qaysi inson noyob qobiliyatli va iste`dodni avvalo o`zi uchun, oilasining, millatining, xalqining, davlatining farovonligi, baxt- saodati, manfaati uchun to`liq baxshida etadi, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning jur`at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas”.



Islom Abdug`aniyevich Karimov :-Biz o`z iste`dodli fidoiy bolalarimizga bilim va kasb cho`qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak.“ Ma`rifatga intilish kerak”. Ma`rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir.

Arastu -“ Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste`dodga, ilmga va mashqqa”.

Umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko`rsatishining asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi:

  1. Barcha xil va turdagi ta`lim muassasalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun uzluksiz ta`lim va fan, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;

  2. Davlat ta`lim standartini joriy etish va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini ishlab chiqarish;

  3. Ixtisosliklar, malaka darajasiga ko`ra mutaxassislarga bo`lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash;

  4. Ta`lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish uchun o`qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash;

  5. Davlat va ishtimoiy muassasalarning kasbga yo`naltirish bo`yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e`tiborga olish zarur, toki har bir shaxs o`ziga mos kasbni egallay olsin;

  6. O`quvchi yoshlarni vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma`naviyat va ma`rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash;

  7. Ta`lim muassasalarini davlat tomonidan moliyaviy va moddiy texnikaviy to`liq ta`mirlash me`yorlarini amalga oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish;

  8. Kadrlar tayyorlash va ta`lim sohasida chet el sarmoyalarini, xaqaro donorlik tashkilotlari va jamiyatlarining mablag`larine jalb etish;

  9. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo`lishi lozim.

Ma`lumki, o`rta maxsus, kasb- hunar ta`limini saodsiy bo`g`inini uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etadi. Uzluksiz ta`limni davlat ta`lim standartlari va tegishli ta`lim dasturlari va tegishli ta`lim dasturlari bilan ta`minlashda avvalo ularning jahon talablari darjasida javob berishi yuksak ma`naviyat zamirida qurilganiga asosiy e`tabor berish kerak. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma`rifatga, ma`naviyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblangan. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashayotgan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusida o`z tariximizdan juda ko`p dalillar mujassamlashib kelgan.

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini

rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga va ta`limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e`tabor berilmoqda. Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta`lim muassalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o`quv adabiyotlar , darsliklar, elektron o`quv qo`llanmalar va ma`ruza matinlarini yaratish,elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog`liqdir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo`l ochish, ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hozirgi kunning talabiga aylandi.

Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va axborot texnologuyalirini rivojlantirish borasida bir necha farmon va qonunlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan “2001 – 2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish “Internet” ning xalqaro tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqish chora tadbirlari to`g`risidagi” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil may qarori, “ kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risidagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 may farmoni va boshqa shu kabi qaror va farmonlarni misol qilish mumkin.

Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo`lishidan qat`iy nazar, fizika va informatika bo`yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hsoblash texnikasi, information aloqa va komunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasidagi yetarli malakalarga ega bo`lishi, hamda, yangi information texnika va texnologiya asoslarida uning ertangi kuni, rivoji to`g`risidagi bilimlarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lishi kerak.

Ko`pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyuterda ishlahga o`rgatish muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizda “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini bajarish davom etmoqda. Uni muvaffaqiyatli davom ettirishda ta`limning yangi uslublari va axborot texnologiyalaridan foydalanish ham muhim o`rin tutadi.

Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “Kompyuterlashtirishning yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlarito`g`risidagi” qarorini hayotga tadbiq etish, Respublika o`quv muassasalaridagi fizika darslarida elektron qo`llanmalar kompyuter texnikasidan samarali foydalanish, o`quv metodik adabiyotlarni va pedagogic dastur vositalarining o`quv jarayonida qo`llash, ijodkor o`qituvchi hamda talabalarni aniqlash va ularning ishlarini ommaviylashtirish, o`qitishni takomillashtirish, mazmunan boyitishga qaratilgan o`quv pedagogic dasturlarni yaratish va targ`ibot qilishga olimlar, mutaxasislarni jalb etish ayni vaqtda dolzarb muammolardir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma`lum sohani tubdan isloh qilish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratish maqsad qilib qo`yilgan.



Download 6.4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 6.4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 6.4 Mb.