—
to lg ‘ri aloqali — moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib
berish to ‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi;
—
eshelonlashtirilgan — bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgunicha kamida bitta
vositachi korxonadan o‘tadi.
—
egiluvchan ~~ bunday hollarda moddiy oqimni iste’mol
chigacha yetkazib berish ham to ‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxo-
nalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan
ta’minlash: kam talab etiladigan qismJar to ‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy
omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushuriladi, standart qismlar
esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi.
Mezologistika — tarmoqning bir necha korxonasini bir tizimga
integratsiya qiiish sohasi.
Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimlarning strukturaviy
tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarning
sinflaridir, ulaming tarkibiga bir butun infrastruktura bilan birlash-
tirilgan ishlab chiqarishning texnologik bog'lovchilari kiradi (ishlab
chiqarish va savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqa
ruvchi komplekslar).
Mikrologistika — lokal masalalarni alohida bo‘g‘in va logistika
elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab
chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga
oshiriladi.