• 14-to’plam
  • Ta'limda raqamli texnologiyalarni




    Download 46.19 Kb.
    bet1/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi46.19 Kb.
    #91425
      1   2   3
    Bog'liq
    2-mavzu amaliy
    informatika fanlarini o\'qitishda rivojlantiruvchi ta\'lim, portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari, daftar yuzi tőliq, rasm quyasiz, Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov 33333, 4-Labaratoriya jumisi (2), ALLAZAROV-BAXTIYOR-ABDULLAYEVICH 01.09.2023, RUSTAMOVA SARVINOZ, Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari., AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI SXEMALARDA BELGILANISHI, Olimpiada Beydjik (3) (5), ISH REJA, 1-Amaliy (4), 2-Amaliy


    Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



    Maktabgacha talimning me’yoriy asoslari
    “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to‘g‘risidagi qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining
    mavjudligi;
    har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
    maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
    maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;

    • bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;

    • maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;

    • ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;

    • ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;

    • maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi.

    Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib: har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga bo‘lgan huquqini amalga oshirilishini ta’minlash, bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish; bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish, maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, maktabgacha ta’lim



    www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023
    tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish, maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish belgilangan.
    Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ta’lim berishning muqobil shakllari, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan.
    Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
    Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
    Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi
    Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘ristdagi qonunda yana bir tarmoq alohida belgilandi ya’ni jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish belgilandi.




    Download 46.19 Kb.
      1   2   3




    Download 46.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'limda raqamli texnologiyalarni

    Download 46.19 Kb.