• 14-to’plam
  • Ta'limda raqamli texnologiyalarni




    Download 46.19 Kb.
    bet2/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi46.19 Kb.
    #91425
    1   2   3
    Bog'liq
    2-mavzu amaliy
    informatika fanlarini o\'qitishda rivojlantiruvchi ta\'lim, portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari, daftar yuzi tőliq, rasm quyasiz, Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov 33333, 4-Labaratoriya jumisi (2), ALLAZAROV-BAXTIYOR-ABDULLAYEVICH 01.09.2023, RUSTAMOVA SARVINOZ, Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari., AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI SXEMALARDA BELGILANISHI, Olimpiada Beydjik (3) (5), ISH REJA, 1-Amaliy (4), 2-Amaliy, Essey
    www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023
    Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda, turar joy majmualari qurilganda, tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonun hujjatlarda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.
    Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarori.
    Qarorda maktabgacha ta’lim tizimini, shu jumladan maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlati qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining



    www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023
    maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligining quyidagi shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

    • maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari taqdim etish;

    • maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari binolarini qurish uchun faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining hududida bepul asosda doimiy foydalanishga yer maydonlari ajratib berish;

    • mavjud davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ob’ektlarini qurish uchun bepul asosda yer maydonlarini taqdim etish;

    • konsepsiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish;

    • bo‘sh yotgan davlat mulki ob’ektlarini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining binolarini “nul” xarid qiymatida sotish;

    • to‘liq butlanmay qolgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan xonalari yoki korpuslarini uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga topshirish;

    • xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash;

    • oilaviy maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarini moddiy-texnik va metodik ta’minlash;

    • otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish ishlari belgilandi.

    Shu bilan birga qarorga binoan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.



    www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4312-son qarori.
    Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» , 2019 — 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari, 2025 — 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
    Ushbu konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
    Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
    maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
    bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
    maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;



    www.pedagoglar.uz 14-to’plam yanvar 2023
    maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
    maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
    maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash belgilandi.
    Konsepsiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi.



    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

    2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish.

    3. Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


    4. Download 46.19 Kb.
    1   2   3




    Download 46.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'limda raqamli texnologiyalarni

    Download 46.19 Kb.