• INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN “PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INFORMATIKA FANLARINI O’QITISH METODIKASI ” mavzusida tayyorlagan
  • MUNDARIJA I Bob . Pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy tushunchalar.
  • II Bob Informatika ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
  • XULOSA
  • I.A.Karimov KIRISH
  • Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi informatika o




    Download 175.5 Kb.
    bet1/10
    Sana01.02.2023
    Hajmi175.5 Kb.
    #40574
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    informatika fanlarini o\'qitishda rivojlantiruvchi ta\'lim
    portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari, daftar yuzi tőliq, rasm quyasiz, Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov 33333, 2-mavzu amaliy, 4-Labaratoriya jumisi (2), ALLAZAROV-BAXTIYOR-ABDULLAYEVICH 01.09.2023, RUSTAMOVA SARVINOZ, Dvigatelni sinash stendlari. Avtomobillarning transmissiya va yurish qismlarini tekshirish jihozlari., AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI SXEMALARDA BELGILANISHI, Olimpiada Beydjik (3) (5), ISH REJA, 1-Amaliy (4), 2-Amaliy

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI



    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
    AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
    015-48 GURUH IV-KURS TALABASI USMONOV MIRJALOLNING
    INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI VA LOYIHALASHTIRISH FANIDAN
    PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INFORMATIKA FANLARINI O’QITISH METODIKASI ” mavzusida tayyorlagan



    Bajardi: USMONOV M
    Ilmiy rahbar: BEGMATOVA N


    Qarshi 2019


    INFORMATIKA FANLARINI O'QITISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM
    MUNDARIJA
    I Bob. Pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy tushunchalar.
    1.1. Pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi………………………… 6
    1.2. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish jarayoni……………......... 11
    1.3. Pedagogik texnologiyalarning qo’llanilish bosqichlari……………........... 12
    II Bob Informatika ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
    2.1 Informatikada pedagogik texnologiyalaridan foydalanish………….…..13
    2.2. Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi……………………………………………………………………...15
    2.3“Informatika fanini o‘qitishda interfaol usullarning o‘rni va ularni qo‘llash…………………………………………………………………………18
    XULOSA……………………………………………………………………..28
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..30

    Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.


    I.A.Karimov
    KIRISH
    Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim muassasalarida va keyingi bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida Informatika fanini o‘qitish davrida amalga oshiriladi . Shuning uchun, ta’lim muassasalarida Informatika fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnoloiyalari asosida o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo‘lib hisblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatlarida qo‘llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Informatika fanidan ham o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o‘quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo‘yishimiz, o‘qitishdan ko‘zatiladigan natijani belgilashimiz va o‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim. Hozirgi davrda olimlar pedagogik ta’lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini qabul qilinishi, ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish, Milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari joriy etish sohasidagi qabul qilingan Qonun va qarorlarning keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda ta’limning asosiy konsepsiyalaridan biri - bu bilim oluvchining mustaqil fikrlay olishini, ijodiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini, o‘z sohasi bo‘yicha yangiliklardan boxabar bo‘lishini ta’minlash, o‘z navbatida innovatsion faoliyat uchun layoqatli kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda bugungi kunda keng tarqalgan ta’limning interfaol usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlarni, xususan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘qitishning o‘rni haqida so‘z yuritish o‘rinlidir Ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanilsa, talabalarning fan hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqidagi bilimlari tezda shakllanadi, shuningdek ta’limni boshqaruv ham takomillashadi, talabalarning ko‘nikma va malakalari oshadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim tizimi oldiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llash masalalarini rejalashtirib, uzluksiz ta’lim bosqichlarida o‘quv jarayonini axborot texnologiyalari bilan ta'minlashni yuksaltirish kabi dolzarb muammolarni hal qilish vazifalarini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv- laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish hozirgi kun talabi bo‘lib qolmoqda

    Download 175.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 175.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi informatika o

    Download 175.5 Kb.