) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari




Download 149,7 Kb.
bet2/2
Sana09.06.2024
Hajmi149,7 Kb.
#261940
1   2
Bog'liq
Ta’minot jarayoni auditi

5) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari

  • Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
  • Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur: olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash; moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish. Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan   o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi. Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.

Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar  aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi. Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy  qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli  qismi) schyotlarining analitik hisob registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik  hisob registridagi va Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va  pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, n-summaga kam bo’lsa,  farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot  vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma  tuzilib, lekin hisob registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi  bilan hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u boshqa schyotning  kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga kiritilmagan. Shunday qilib ,  nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan. Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, auditor mol  etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining haqqoniyligini baholashi  kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:  -analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda  tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi;  -analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda  mavjudligi (tanlab tekshiriladi);  -dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).

  • Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar 
  • qatoriga qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisobkitoblarni inventarizatsiya qilish 
  • (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan tasdiqlanadi. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari nazorat qilinadi: hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o’tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi. Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini baholashda muhim ahamiyatga egadir. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi: -shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish; -olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini tekshirish; -moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lanishini tekshirish. -auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda 
  • shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.


Download 149,7 Kb.
1   2




Download 149,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari

Download 149,7 Kb.