6
Mediasavodxonlik
tushunchasi
borasida
turli
xil
fikrlar
mavjud
bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd
etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro
sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi,
mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy
mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra
esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual
va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga
undashdan iborat. Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil
shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi.
M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini
shakllantirishga
qaratilgan
tillarni
bilish,
axborotni
qayta
ishlashga
qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia
texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul
qilishni oladi, deydi. Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar
bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga
tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni
saralashda ongli ravishda yondashish hamdir. Medisavodxonlikning maqsadi har
bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan
tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini
shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har
qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir.
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga
yordam berishdir.