Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari




Download 88.5 Kb.
bet2/6
Sana11.05.2023
Hajmi88.5 Kb.
#58652
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaviy tadbirlar va ularni o‘tkazish metodikasi Tarbiyaviy
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob, Mashina detallarining ishqalanishi va yeyilishi, Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi, boyitish fabrikalari, Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, 4-Ma’ruza Tok transformatorlari. Vazifasi. Aniqlilik darajasi. C-fayllar.org
2.Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mamlakatimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy masalalardan biridir. Shuningdek, boshlang‘ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish bilan ham ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo‘shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg‘otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to‘ldirishdir. Xuddi dars jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o‘qituvchisining vazifasi mas’uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat ulardan doimiy ravishta o‘z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini tashkil qilishga yunaltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati- o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir. O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini ustirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalar qo‘yiladi. Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilar hayoti bilan ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.Mustaqillik bayrami, 2-sentabr, Kuz bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar shunday tadbirlar bevosita o‘quvchilarda vatanga e’tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog‘liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo‘lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi.

Download 88.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 88.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Download 88.5 Kb.