• Tarix fani metodologiyasi fanining vazifasi
  • Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi




    Download 30.68 Kb.
    bet3/3
    Sana27.07.2023
    Hajmi30.68 Kb.
    #77444
    1   2   3
    Bog'liq
    Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti
    физика Дилназ
    3.Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi. Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti tarixiy bilimni ichki tuzilishini tadqiqi, uning ijtimoiy muhitini, bilish munosabati, uning tuzilish usullari deyish mumkin. Tarix metodologiyasi tarixiy jarayonning mohiyatini bilish maqsadida to`plangan ma`lumotlarni tizimga solish, talqin qilish, o`tmish to`g`risidagi bilimlarni o`zlashtirish vositalari va mezonlarini ishlab chiqish demakdir. Tarixiy taraqqiyot jarayoniga, jamiyat va tabiatga qarashlarni turli xilligi tarix metodologiyasini turlicha talqin qilishga olib keladi.
    Bizning tarix fanimiz keyingi 20-30 yil ichida jahon tarixi fani metodologiyasi to’plagan nazariy va amaliy tajribadan xabarsiz qoldi. Hozirgi kunda tarix va tarix metodologiyasi sohasidagi e`torof etilgan mumtoz asarlarni chuqur va har tamonlama tahlil qilish va o’zlashtirish dolzarb bo’lib qolmoqda. Eng asosiysi tarix tafakkuri taraqqiyotidagi yangi an’analarni tadqiqotlarda qo`llash, yangi yondashuvlar asosida tarixiy tahlil, insoniyat amaliyotini chuqur va boshqacha kirishiga imkon beradigan yangi metodlarni aniqlash dolzarb vazifadir. Jahon tarixi fani erishgan yutuqlardan xabarsiz qolish, o’zgarmaslik, taraqqiyot darajasidan orqaga qolishga va milliy tarix fanimizning qoloqligiga olib keladi.
    Tarix fani metodologiyasini qurilishi, tarixiy bilim, tarixiy nazariyani muammolarini ko`rib- chiqish, tarix o`rganish metodlari, metodologiyasini genezisi muammolarini tahlil qilish; Tarixiy jarayonni yangi nazariyalari; ularni asosida ob`yekt tushunchasi, tarixiy dalil, tarixiy bilim manbalarini, epistemologik asoslarini tahlil qilish. Shuningdek hozirgi kunda tarix fani nazariyasi va metodologiyasini tubdan o’zgartirish , tarixiy manbalar tahlili tizimini qayta qurish, tarix fani tushunchalari apparatini o’zgartirish, jahon tarixi fani metodologiyasi asosiy yo’nalishlari mohiyat-mazmunini tushunish va uni yutuqlarini o’zlashtirib amalga tadbiq qilish vazifasi turadi.

    Tarix fani metodologiyasi fanining vazifasi:
    1. Tarixiy bilish metodlarini tizimi to`g`risida bilim berish;


    2. Tarixiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari to`g`risida bilim hosil qilish;




    1. Tarixiy tadqiqot metodologiyasining tamoyillarini ijodiy qo`llash ko`nikmasini shakllantirish, hozirgi tarixiy bilish paradigmalarini epistemologik ildizlari aniqlash, hamda tarixiy jarayonning global nazariyalarini epistemologik tahlil qilish.
    1. Tarixiy manbalar, dalillar muammolari bo`yicha adabiyotlardan mustaqil foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;


    1. Tarixiy jarayon nazariyalari bilan ularni qurilish uslublari to`g`risida bilim berish;


    1. Tarixiy jarayon nazariyalari epistemologik asoslarini tadqiq qilish uquvini shakllantirish;


    1. Istoriosofiya muammolari bo`yicha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash malakasini hosil qilish;


    1. Tarix faning nazariy –metodologik muammolarini o`rganishning hozirgi holati to`g`risida tushuncha hosil qilish.






    Download 30.68 Kb.
    1   2   3




    Download 30.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi

    Download 30.68 Kb.