|
-mavzu: Leksik muammolari. (2 soat)
|
bet | 7/37 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 325,6 Kb. | | #132473 |
Bog'liq Tarjima nazariyasi-fayllar.org5-mavzu: Leksik muammolari. (2 soat)
Reja:
Tarjimaning lеksikologik masalalari.
Leksik muvofiqlik turlari: to`liq moslik, qisman moslanish, mos kelmaslik.
Muqobillar ma’nosi ko‘p hollarda kontekstga bog’liq bo’ladi, ammo lug‘atga murojaat qilish ham muhimdir. Tarjimada so‘z ma’nolarini taxminiy tarjima qilishga yo’l qo‘yilmaydi. So‘z va uning ma’nolarini tarjimon yaxshi bilishi yoki ularni lug‘atdan topishi shart. Aks holda tarjimon “tarjimonning soxta do‘stlari” tuzog’iga tushishi muqarrar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, asliyatdagi so‘zga qisman to‘g‘ri keladigan ekvivalentni topish ko‘pincha tarjima qilishda muammo yaratadi. Bunday so‘zlar odatda polisemantik, ya’ni ko‘pma’noli hisoblanadi. So‘z ma’nosining qaysi biri qo’llanilganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bunda tarjimonni adashishdan. noto‘g‘ri so‘z tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu - kontekst hisoblanadi. Tilshunoslikda odatda kontekstning ikki - lingvistik va ekstralingvistik turi mavjud. Lingvistik kontekst o‘z navbatida ikki turga - keng va tor ma’nodagi kontekstlarga bo’linadi. Tor ma’nodagi kontekst ibora va gap doirasida, keng ma’nodagi kontekst iboradan katta bo’lgan birlik hamda butun bir matnni o‘z ichiga olishi mumkin. Aksariyat hollarda so‘z ma’nosi kichik kontekst doirasida aniqlanadi. 0‘z ma’nosida qo’llangan so‘zlar va ko‘chma ma’noda qo’llangan so‘zlami tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Kontekstda odatda so‘zlar o‘z ma'nosida qo’llanmaganda, ya’ni ko'chma ma’noda qo’llanganda tarjima muammosi paydo bo’ladi. Ba’zi hollarda so‘z ma’nosini to’liq anglash uchun butun bir gapni tushunishimiz lozim bo’ladi. Ko‘p ma’noli so‘zlardan keragini tanlashda kontekstning ahamiyati katta. Masalan, ingliz tilidagi “bus” so‘zini olaylik. Bu so‘z ot ma’nosida “avtobus yoki trolleybus” so‘zining qisqargan shakli, fe’l ma’nosida esa faqat Amerika va Kanadada “bolalarni bir xududdan ikkinchi xududga avtobusda tashimoq” ma’nolariga ega. Bundan tashqari bu so‘z talabalar oshxonasidagi lavhalarda ishlatilib, “o‘z-o‘ziga xizmat qilish, ya’ni patnisni olib, uni ishlatib bo’lgandan keyin bo‘shagan idishlar bilan joyiga olib borib qo‘ymoq” ma’nolariga ega.
Ba’zan lingvistik kontekst ekstralingvistik omillar bilan juda yaqin aloqada bo’ladi. Lingvistik kontekst so‘z ma’nosini to‘liq yoritib bera olmagan paytda namoyon bo’ladi. Masalan, Bernard Shou qahramonlaridan biri shunday deydi: ... “He warns his interlocutor not to drive him too far, it is necessary to know that they are both sitting in the parlor and not in any vehicle”. Ingliz tilidagi “to drive” fe’li bu yerda biror holatga keltirmoq ma’nosida qo’llangan. Gap neologizm haqida borganda ba’zan lingvistik kontekst ma’noni ochishda hech qanday ko‘mak bera olmay qolishi mumkin. Neologizm, ya’ni yangi so‘z yoki ibora, eski so‘zning lug‘atda ko‘rsatilmagan yangi ma’nosi paydo bo’lganda tarjima tilida bu so‘zning muqobil varianti bo’lmasligi mumkin. Masalan, XX asrning 80-yillarida AQSH gazetalarida “Reagangate” so‘zi qo’llangan edi. Bu so‘zning ma’nosini tushunish uchun 1972-74 yillarda “Watergate”, Vashingtondagi bir xudud nomi bilan bog’liq siyosiy janjalni esga olish lozim bo’ladi. “Reagangate” AQSH prezidenti Ronald Reyganning davlatni boshqarishdagi ba’zi siyosiy usullarini ko‘rsatuvchi faktlar bilan bog’liq bo’lgan tushuncha, yangi to‘qilgan so‘z bo’lgan. Bu so‘z ma’nosini tushunishda ekstralingvistik kontekstga murojaat etish “Reagangate” bu - saylov kompaniyasi davrida Ronald Reygan tomonidan qo’llanilgan g’irrom usul bo’lib, bu usuldan Nikson ham bir marta foydalangan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, muayyan so‘z tarjimasi uning kontekstdagi tahlilidan boshlanadi va bu tarjimada tegishli va muqobil so‘zni tanlash imkonini beradi. Turli kontekstlar manba til, ya’ni asliyatdagi qo’llangan so‘z ma’nosini ochishda qo’l kelishi mumkin. So‘z tanlashda muammo, asosan. tarjima tilida asliyatda qo’llangan so‘zga qisman muqobil bo’ladigan so‘z to‘g‘ri kelganda hamda muqobil so‘zning o‘zi yo‘q bo’lganda yuzaga chiqadi. Muqobili yo’q so‘zlarni tarjima qilish bir qator muammo yaratadi. Bu muammolarni ijobiy hal etish tarjimondan chuqur bilim, mahorat, hamda tarjima usullarini yaxshi bilishni taqazo etadi.
Odatda erkin birikmalarni tarjima qilish muammo tug'dirmaydi. Agar erkin birikmalardagi so‘zlardan biri ko‘chma ma’noda qollansa, uni tarjimada berish qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralarning bir nechta turi mavjud bo’lib, ularning har birini tarjima qilishda alohida yondashuv talab etiladi. Birinchi turdagi so‘z birikmasi sifat+ot turi. Ularning semantik strukturasi bir-biridan katta farq qiladi. Bu birikmada qo’llangan otning xususiyatini va sifatini belgilaydi. Agar ingliz tilidagi “free educational institution” birikmasida free so‘zi institution so‘zi bilan aloqasi yo‘q, bu degani ba’zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari va sifatidan tashqari u bilan bog’liq tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Yana bir misol. Ingliz tilidagi “a medical man” birikmasini tarjima qilishda “a stout person” birikmasini tarjima qilishda qo’llangan usuldan foydalanib bo’lmaydi. Ingliz tilidagi “a stout person” o‘zbek tiliga “to’ladan kelgan yoki semiz odam” deb tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi “a medical man” birikmasini o‘zbek tiliga tarjima qilishda so‘zma-so‘z tarjima to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerda ikki so‘z bitta ma’noni ifodalaydi va u “shifokor” deb o‘giriladi. 0‘zbek tilida ham bunday bitta ma’noni ifodalovchi birikmalarni ko'plab uchratish mumkin. Masalan, “tog‘ qo‘yi”, “malla sochli”, “devor soati” va hokazo. Bir otni bir necha sifat aniqlab kelishi mumkin bo’lgan hollar ham uchraydi. Bunda aniqlanmish bo’lib ot kelishi mumkin. Masalan, “temir xotin”, “ichkari uy kaliti” kabilar.
Ingliz iboralarining yana bir xususiyati otni aniqlab kelgan sifat tushirib qoldirilgan holatlar ham uchraydi. Masalan, “dry pruning” iborasini olsak. Bu iborani so‘zma-so‘z tarjimasi “quruq butash” bo’ladi. So‘z birikmasining ma’nosi daraxt shoxlari quruq bo’lgan paytda qilingan butashni ifodalaydi.
Tarjima jarayonida so‘z birikmalarining semantik hamda tuzilish xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bunda birinchi navbatda otni tarjima qilib olish tavsiya etiladi, chunki qanday aniqlanmish qo’llanmasin hammasi otni aniqlab keladi va ot gapda eng muhim ma’noni ifodalaydi. Tarjimonning keyingi vazifasi gapdagi ma’no guruhlarini ajratib olish hisoblanadi. Gapning ma’no guruhi ajratib olingach, ot va sifat o’rtasidagi grammatik aloqalar turi aniqlanadi. Otdan oldin kelgan so‘z va so‘zlar, uni aniqlab keladi, ularni agar gap ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinsa, uni o'zbek tili grammatikasi qoidalari asosida va aksincha, agar gap o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinsa, ingliz tili grammatikasi normalariga asoslanib tarjima qilinadi. Aksariyat hollarda ingliz va o‘zbek tili erkin birikmalarining tartibi ikki tilda ham bir-biriga mos kelishi mumkin.
|
| |