6-mavzu: Leksik transformatsiya tushunchasi va ularning turlari (2 soat)
Reja:
Tarjimada leksik muqobillik.
Tarjimada ma’no turlari va ularning saqlanish mezonlari.
Ko‘p ma'noli so‘zlar tarjimasi. Aniqlashtirish (Konkrеtizatsiya). Umumlashtirish (Gеnеralizatsiya.) Antonimik tarjima. O‘rin to‘ldirish (Kompеnsatsiya), tushurib qoldirish, almashtirish.
Tarjimaning leksik muammolarini hal etishda ikki tilli lug‘atlar ma’lum jihatdan ahamiyati katta hisoblanadi. Biroq odatda lug‘atlarda so‘z nia’nosining muqobillarigina beriladi. Tarjima lug‘ati qanchalik mukammal bo’lmasin, unda so‘zlarning barcha ma’nolari yoki ma'no nozikliklarini qamrab olishning iloji yo‘q, chunki lug‘at ikki til tizimi unsurlari bilan ish ko'radi. Tarjima uchun til tizimlari emas, balki nutq, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, nutq mahsuli bo’lmish matn muhimroqdir. Tarjima jarayonida tarjimon ko‘p ma’noli so‘zning qaysi ma’nosi qo’llanilganligini kontekst asosida o‘zi aniqlamog’i lozim.
Tilshunoslikda ma’no nazariyasi keng tahlil etilgan sohalardan bo’lib, hozirgi kunda unda quyidagi til ma’nolari ajratiladi:
Referntsial (denotativ predmetlik) ma’no
Grammatik ma’no
Til ichki ma’no
Pragmatik ma’no
Stilistik ma’no
Frazeologik ma’no
Paralingvistik ma’no
Tarjimada ham aynan mana shu ma’no turlari bilan ish ko’riladi.
Referensial (denotativ predmetlik) ma’no shunday ma’noki, u ob’yektiv borliq bilan bog’liq tushunchalarni ifodalaydi, shu jihatdan barcha tillarda o’z ifodasini topa oladi, uni boshqacha “predmetlik” ma’nosi deb atash ham mumkin. Referensial ma’no predmet va ob’yektiv ifodalaydigan ma’no. Masalan: quyosh – sun, oy – moon, yer – earth, odam – man, hayvon – animal
Grammatik ma’no grammemalarda aks etuvchi ma’nodir, masalan, ega, kesim, hol va hokazolar. I am tired, because I have worked a lot.
Til ichki ma’no (interlingual meaning) faqat bir tilga hos bo’lib, u tarjimada boshqa tilga o’tmaydi. He is a worker – U ishchi, I have a book – Menda kitob bor.
Pragmatik ma’no til vositasi bo’lmish so’z va uni qo’llovchi shahs o’rtasidagi munosabatda aks etuvchi ma’nodir. Masalan: “hand” so’zini aytsak tinglovchi uni o’z muomalalaridan kelib chiqib quyiagicha tushunishi mumkin:
hand – qo’l – organ
ish kuchi – working force
soat strelkasi – clock hands
artificial hands
Bu ayniqsa so’z o’yinlarida yaqqol ko’rinadi:
Bahtiyormisiz? Yo’q, ko’ngil hira.
Bahtiyormisiz? Ha, ismim Bahtiyor.
Are you Earnest? Yes, I am Earnest Hemingway.
Are you Earnest? No, this time I am not.
Stilistik ma’no til vositalari tarjimada stilistik bo’yoqlarga ega bo’lib kelishi ham ko’p uchraydi. Masalan:
Bo’talog’im qalaysan?
How are you, the dearest?
Qo’zichog’im, bormisan?
Where on earth have you been, my sweet?
Horse, steed – ot, saman
Frazeologik ma’no frazeologik birikmalarda aks etadigan, ular orqali ifodalanadigan ma’nodir, unda ikkilamchi nomlash tamoyili ish beradi.
Paddle your own canoe! – Aravangni o’zing tort!
Paralingvistik ma’no imo-ishora, qo’l, og’iz, ko’z, lab, til, tana harakatlarida aks etuvchi ma’nolardir.
U bosh irg’adi – He nodded his head.
U bosh silkitdi – He shook his head.
Tarjimada faqat til ichki ma’nosini saqlab qolish imkoniyati yo’q, qolgan ma’nolar tarjimada saqlanishi shart. Aks holda tarjimada to’laqonlik ta’minlanmaydi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, tarjimada ma’nolar rang-barangligi mavjud, ya’ni unda tilga hos barch ma’nolar va mazmunlar kuzatiladi. Hamma gap ham mana shu ma’no turlarini farqlab, bir tildan ikkinchi tilga o’girishdadir.
Tarjimon ma’nolar bilan ish ko’rar ekan, ularning qaysi biri man’ba tilidan tarjima tiliga o’tadi (o’tish darajasi albatta, tarjimon saviyasiga bog’liq), qaysi birlari esa o’zga tilga o’tmaydi, chunki bunday hodisalarning mavjudligiga asosiy sabab tillardagi betakror xususiyatlarning ham oz bo’lsa-da borligidir. Demak, asl nusxa tilidan tarjima tiliga biron bir ma’noning o’girilish imkoniyati bo’lmasa, asl nusxa tilida idiomatik (betakror) til birligi yoki hodisasi bor ekanligidan dalolat beradi, unda tarjimon faqat uch yo’l tutishi mumkin:
1) tushuntirish yoki izohli tarjimaga murojaat etadi.
2) tarjimaviy transkriptsiyaga murojaat qiladi.
3) tarjimaviy transliteratsiyaga murojaat qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan ma’nolar ichida til ichki ma’nosini man’ba tildan tarjima tilga o’tkazish amri mahol, chunki bu ma’no man’ba til uchun muhim ahamiyat kasb etsa-da, tarjima tiliga ko’chib o’tmaydi. Bunga sabab, tarjima tilida ularning saqlanishiga hojat yo’q. Masalan, This a book – Bu kitob, bu holatda “a” o’zbek tiliga o’tmayapti, uning o’tmayotganligini isbotlash qiyin.
Shunday qilib, o’z faoliyatida ma’nolar bilan ish ko’rar ekan ularni tarjima tiliga to’laqonli o’girish imkoniyatlarini qidirib topishi shart, aks holda, tarjima hom, sifatsiz chiqishi turgan gap. Hamma gap ham asl nusxa tilidagi barcha ma’nolarni tarjima tiliga o’girishga muvaffaq bo’lishda qoladi.
Tarjimada turli so‘zma-so‘z, g‘aliz birikmalarni qo’llashdan qochish, uning o‘rniga adabiy, hamma tushunadigan, yorqin so'zlami tarjima qilish uchun leksik transformatsiyalardan foydalaniladi. Leksik tranformatsiyalar tarjima nazariyasida so‘zlarni kontekstda almashtirish deb ham yuritiladi. Bunday tranformatsiyalarning beshta turi mavjud.
Birinchi turdagi transformatsiyalar keng ma’noli yoki ma’nosini aniqlash qiyin bo‘lgan so‘zlarni tarjima qilishda qo’llaniladi. Transformatsiyaning bu turi asliyat so‘ziga aniqlik kiritish yoki uni konkretlashtirganda qo’llaniladi. Bu aksariyat hollarda ingliz tilidagi fe’llarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida ishlatiladi. Ingliz tilidagi fe’llar odatda umumiy va noaniq ma’noda qo’llaniladi. Bu ayniqsa tarjimada yaqqol namoyon bo’ladi. 0‘zbek tilidagi fe’llar aniq va konkret ish-harakatni ifodalaydi. Masalan, ingliz tilidagi “to get” ko‘p ma’noli fe’lini tahlil qilib chiqaylik. Bu fe’lni tarjima qilish uchun kontekst albatta zarur bo’ladi, chunki uning ma’nolari bir-biriga bog’liq bo’lmagan jihatlari ham mavjud. Uni o‘zbek tiliga “olmoq”, “ushlab olmoq”, “tushunmoq”, “o'ylantirmoq”, “aloqa qilmoq”, “yetib olmoq”, “aylanmoq”, “o‘zgarmoq”, “ketmoq” (masalan, “oqarib ketmoq”) va boshqa bir qator ma’nolarini ingliz tilida predlog bilan qo’llangan fe’l ma’nosi ham butunlay o'zgarib ketish xususiyatiga ega. Masalan, shu fe’lning o‘zi “to get out” shaklida ham bir nechta ma’nosi mavjud. U “chiqmoq”, “chiqib olmoq”, “tushmoq” ma’nolariga ega. Xuddi shu fikmi boshqa bir qator ingliz tilidagi fe’llar haqida ham aytish mumkin. Bular sirasiga “to be”, “to have”, “to make”, “to become” va boshqa fe’llarni kirtish mumkin. Gap faqat ko‘p ma’noli fe’lning umumiy emas, balki aniq ma’nosini tarjimada berish haqida borishi mumkin.
Bundan tashqari semantik jihatdan neytral hisoblangan “thing”, “matter”, “stuff”, “challenge” va shu kabi keng ma’noli so‘zlarni tarjima qilishda transformatsiyadan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu so"zlar har gal kontekstdan kelib chiqilgan holda turlicha tarjima qilinadi. Masalan, “thing” o‘zbek tiliga kontekstga qarab, narsa, ne’mat, omil, jihat, tomon deb tarjima qilinishi mumkin. Ba’zan tarjimada butunlay tushib qolish holatlari ham uchraydi. Tarjimada bunday so‘zlarni tushib qolishini kontekst talab etadi va bu so‘z tarjimada ortiqcha hisoblanadi. Masalan, “I don’t know this thing” gapini ikki xil tarjima qilish mumkin - “Men bu narsani bilmayman” yoki “Men buni bilmayman”. Tarjimadan ko‘rinib turibdiki, “thing” so‘zini tushirib qoldirish bilan tarjima mazmuniga putur yetgani yo‘q.
Tarjimada so'zlaming nafaqat denotativ, balki konnotativ ma’nosini ham inobatga olish lozim. Ingliz tilidagi “to employ” fe’li odatda ishga olmoq, ishga yollamoq ma’nolariga ega. Bu fe’l ijobiy ma’noga ega bo’lishi bilan bir qatorda kontekst taqozosi bilan salbiy ma’noga ega bo’lishi mumkin.
Ingliz tilidagi “you” so’zi alohida e’tiborga loyiq. U o‘zbek tiliga bir-biridan qo’llanish uslub hamda ma’no jihatidan farq qiluvchi “sen” yoki “siz” olmoshi bilan tarjima qilinishi lozim. Bu so‘zni tarjima qilishda so‘zning kimga nisbatan ishlatilayotganini, uning yoshi, jinsi, jamiyatdagi tutgan o‘mi, so‘zlovchi bilan bo’lgan munosabati va so‘zning qo’llangan doirasi hisobga olinishi lozim.
Ma'noni konkrеtlashtirish uslubi shundan iboratki, unda tarjimon asliyatdagi so’zning tarjimasi uchun tarjima tilida konkrеtroq ma'noli so’zni tanlaydi. Masalan, “My mother had left her chair in agitation and gone behind it in the corner” gapida «to leave» va «to go» fе'llari o’zbеk tiliga “qoldirmoq” va “bormoq” fе'llari bilan tarjima qilinmaydi. Tarjimaviy ekvivalеntlikka erishish kеltirilgan fе'llarni konkrеtlashtirilishini talab qiladi: “Onam hayajondan irg’ib turib, burchakda qotganicha turib qoldi.”
Ingliz tilidagi quyidagi gaplarni o’zbеk tiliga tarjimasida “say” fе'li “gapirmoq”, “aytmoq” fе'llari bilan tarjima qilinsa, ekvivalеnt tarjimaga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun, bu fе'lning ham ma'nosi konkrеtlashtirilishi maqsadga muvofiq.
“So what?” I said.
–Xo’sh, nima gap o’zi?, - so’radim mеn.
“Hello”, I said when somebody answered phone at last.
- Labbay! dеb qichqirdim mеn, va nihoyat kimdir tеlеfonga kеlganida.
Becky had said that she was in bed and ill.
Bеkki u kasal bo’lib yotibdi dеb yozibdi.
Shunday qilib, konkrеtlashtirishda asliyatdagi kеng lug’aviy ma'noga ega bo’lgan so’z va so’z birikmalar tarjima tilidagi tor ma'noli so’z yoki so’z birikmasi bilan almashtiriladi. Konkrеtlashtirish lisoniy va kontеkstual (nutqiy) bo’lishi mumkin. Lisoniy konkrеtlashtirishda kеng ma'noli so’zni tor ma'noli so’z bilan almashtirilishi ikki til qurilishidagi tafovutlar tufayli yuzaga kеladi. Bunda tarjima tilida asliyat tilidagidеk kеng ma'noga ega bo’lgan lеksik birlikni mavjud emasligi, ularning stilistik xususiyatlaridagi farqlar yoki grammatik tartib talabiga ko’ra gapda sintaktik transformatsiyaning zarurligi, jumladan, ot kеsimni fе'l kеsim bilan almashtirilishiga ehtiyojning yuzaga kеlishi sabab bo’ladi. Masalan, ingliz tilidagi mavhum ma'noga ega bo’lgan thing oti konkrеtlashtirish usuli bilan tarjima qilinadi: narsa, prеdmеt, ish, fakt, voqеa, holat, asar, mohiyat va boshqalar.
Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan ataladi. Tarjimada aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima tili normalarida ortiqcha hisoblangani bois ba’zi aniqliklar umumlashtiriladi. Ingliz tilida odamning bo‘yi, og’irligi aniq raqamlarda berilishi qabul qilingan. 0‘zbek tilida bo‘y balandligi novcha, baland, daroz so‘zlari, vazn esa og’ir, yengil kabi aniqlovchilar bilan beriladi. 0‘zbek tilida bo‘y va vaznga nisbatan ishlatilgan turli raqamlar ortiqcha hisoblanadi.
Umumlashtirish so'zning farq qiluvchi ma’nolami tarjima qilishda ham keng qo’llaniladi. Tarjima amaliyoti, aksariyat hollarda umumlashtirish tarjimaning pragmatik xususiyatlariga ham bevosita bog’liqligini ko‘rsatadi. Masalan, asliyat matnidagi atoqli otlar o‘sha tilda so‘zlovchilar uchun informativ ahamiyatga ega bo’lishi mumkin, lekin tarjima tilida bular hech qanday informativ ahamiyatga ega bo’lmaydi. Bular sirasiga firma nomlari, do‘konlar nomi, mahsulotlar nomi kiradi. 0‘zbek kitobxoniga bu nomlar, birinchidan, noma’lum, ikkinchidan yuqoridari aytib o‘tganimizdek, hech qanday informativ qiymatga ega emas. Shuning uchun bu nomlarni tushirib qoldirib, ularning o'miga firma qanday mahsulot ishlab chiqarishi, do‘kon nomi egasining nomiga nima munosabat bilan bog’liqligi haqida ma’lumot berib, tarjimada so‘zlami umumlashtirib berish lozim bo’ladi. Xalqaro hamjamiyatga ma’lum bo’lgan nomlarni transkripsiya va transliteratsiya yo’li bilan berishning o‘zi kifoya. Masalan, “Coca Cola”, “Pepsi Cola”, “Chevron”, “Tayota” shular jumlasidandir.
Uchinchi turdagi transformatsiya ikki hodisa o'rtasidagi mantiqiy aloqaga asoslanadi. Ulardan bittasi asliyat matnini atasa, ikkinchisi uning tarjima varianti deb hisoblanadi. Bu transformatsiya matnda tasvirlangan vaziyatning semantik hamda mantiqiy tahlilini talab etadi. Matndagi vaziyat o‘z navbatida semantik jihatdan rivojlantiriladi. Agar vaziyat semantik jihatdan to‘g‘ri rivojlantirilsa, ya’ni asliyat matni va tarjima matnidagi fikrlar bir-birlarini semantik jihatdan sabab va natija sifatida bog'lasa transformatsiya tarjima tili normalariga rioya qilgan holda, matndagi mazmunni berishga xizmat qiladi. Tarjimada sabab natija bilan almashtiriladi. Bunda eng asosiysi tarjimada til normasiga putur yetmasligi hisoblanadi. Amaliyotda natija sabab bilan almashtiriladigan hollar ham uchrab turadi: “I not only shared a cabin with him and ate three meals a day at the same table ...” gapining o‘zbek tiliga tarjimasida xuddi shu narsa kuzatiladi. Bu gapni o‘zbek tiliga “men u bilan bir kunda bitta stol atrofida uch marta uchrashar edim” deb tarjima qilish yuqoridagi fikrimizga yorqin misol bo’la oladi. Inglizcha gapni so‘zma-so‘z tarjima qilish o'quvchiga hech qanday ma’lumot bermasligi aniq. Bu gapning so‘zma-so‘z tarjimasi “Men u bilan nafaqat bir kupedamiz, balki u bilan bir stol atrofida uch mahal uchrashar edik ham”. Ko‘rinib turibdiki, “men u bilan nafaqat bir kupedamiz” gapi bu yerda ortiqcha.
Umumlashtirish konkrеtlashtirishning aksi bo’lib, bunda asliyat tilidagi tor ma'noga ega bo’lgan til birligi tarjima tilidagi anchagina kеng ma'noli birlik bilan almashtiriladi.
He comes over and visits me practically every weekend.
U uzoqda tursada, har hafta mеni yo’qlab turadi.
v) sabab-oqibat munosabatiga asoslangan almashtirish.
Ko’pincha tarjima jarayonida tushunchalar o’rtasidagi sabab-oqibat munosabatiga asoslangan lеksik almashtirishlar uchraydi. Bunda asliyatdagi so’z yoki so’z birikmasi tarjima tilida mantiqan asliyat tilidagi tarjima qilinayotgan birlik ifodalaydigan harakat yoki holatning sababini anglatadigan so’z yoki so’z birikmasi bilan almashtirilishi mumkin.
He always made you say everything twice.
U har doim qaytadan so’rardi. (Aytgan gapiningizni takrorlashga majbur bo’ldingiz, chunki u qaytadan so’radi.)
Ayrim hollarda sababni oqibat bilan almashtirish holatlari ham uchraydi:
“Have a seat there, boy”, old Spencer said. He meant the bed.
- “Bolakay, ana u еrga o’tiraqol”, -dеdi kеksa Spеnsеr. U krovatni ko’rsatdi. (Krovatni nazarda tutganligi tufayli, uni ko’rsatdi.)
4. Transformatsiyaning to‘rtinchi turi antonimik tarjima hisoblanadi. Bu degani ba’zi hollarda asliyatda qo‘llanilgan so‘z tarjimada antonim bilan almashtirilishini anglatadi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, agar gapda inkor so‘zi bo‘lsa, u tarjimada tushirib qoldiriladi. “take it easy-tashvishlanaverma”, “I don’t want to cheat- Men to‘g‘risini aytaman” deb tarjima qilinishi mumkin.
Antonimik tarjimaga ehtiyoj paydo bo‘lishining uchta asosiy sababi bor: 1) asliyat va tarjima tillari xususiyati; 2) kontekst talablari hamda 3) tarjima tilidagi an’anaviy normaning mavjudligi. Endi har bir sababni alohida- alohida ko'rib chiqamiz.
Antonim so‘zlar guruhi asliyat va tarjima tillarida bir-biriga to'g‘ri kelishi shart bo'lmagan hollarda: “armament”-“disarmament” so'zlari o‘zbek tiliga “qurollanish” hamda “qurolsizlanish” deb taijima qilinadi.
Ba’zan antonimlar tarjimasi kontekstdagi ma’noni beradigan eng maqbul usul bo’lib hisoblanishi mumkin: “a murder is only safe when he is in prison” -“qotil qamoqxonada bo’lsagina / bo’lgandagina xavfli emas”. Bu yerda alohida olingan “safe” so‘zi “ishonchli”, “xavf-xatardan holi” deb tarjima qilinadi. Biroq kontekst asosida uni “xavfli emas” deb tarjima qilish maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi hollarda yoki kontekst talabi bilan transformatsiya emotsional hamda stilistik bo‘yoqdor matnlarni tarjima qilishda qo‘l keladi. “Why don’t you know he is deaf?”-“U soqov-ku!” Bu gapni “Uning soqovligidan xabaring yo’qmi?” deb tarjima qilsa ham bo’ladi, ammo gapning avvalgisiga nisbatan emotsionallik darajasi ancha past.
5. So'nggi transformatsiya kompensatsiya yoki gapning tushirib qoldirilgan qismini to’ldirish deb ataladi. Bu odatda asliyatdagi stilistik usullarni tarjima tilida muqobili yoki ekvivalenti yo‘q bo‘lgan hollarda qo’llaniladi. Matnning stilistik jihatdan to’laqonli bo’lishida bir stilistik usul o‘rniga iloji boricha uning o‘rnini to’liq bosadigan boshqa bir stilistik vositadan yoki stilistik usuldan foydalanish nazarda tutiladi. Kompensatsiyadan qahramon nutq xususiyatlarini tarjima qilishda, so‘z o‘yinini hamda qofiyadosh so‘zlarni berish keng qo’llaniladi. Buning qo’llanishidagi asosiy fikr nutq xususiyatlarini tarjimada saqlashga qaratilgan, chunki asliyat matnida berilgan stilistik ma’noga ega bo’lgan so'zlarning doim ham ekvivalentini topish imkoni bo’lavermaydi. Matnda muallif tomonidan maxsus qo’llangan fonetik, grammatik, stilistik vosita va usullar aksariyat hollarda tushirib qoldiriladi va uning o‘rnini qoplash va mazmun muvozanatini saqlash, stilistik yo’qotishni to’ldirish uchun kompensatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda ayni stilistik usulning o‘rnini qoplay oladigan stilistik vosita va til unsurlaridan tarjimada keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, o‘zbek filmlaridan biri “Sevginator” deb ataladi. Bu so‘zning qo‘shimchasi amerikaliklarning “Terminator” - “Terminator” filmiga qofiyadosh so‘z sifatida olingan. Stilistik qatlamlardan og‘zaki nutqqa oid bu so'z ayni paytda neologizm, ya'ni yangi so‘z deb qabul qilinishi mumkin. Uni ingliz tiliga “Loveminator” deyish o‘rniga“Love-abandant” deb tarjima qilish stilistik jihatdan muqobil va yuqoridagi 0‘zbekcha so‘zning o‘rnini qoplaydigan bir’ik sifatida tanlanishi mumkin.
Antonimli tarjima – asliyatdagi gapning inkor yoki so’roq shaklini bo’lishli shakl bilan yoki, aksincha, bo’lishli shakldagi gapni inkor yoki so’roq shakl bilan almashtirishdir. Bunday o’zgartirish, odatda, kеsimning lеksik-sеmantik tarkibi bilan bog’liq. Ingliz tilidan o’zbеk tiliga tarjima qilinganda ko’pincha inkor shakldagi kеsim bo’lishli shaklga va ba'zan esa, aksincha, bo’lishli shakldagi kеsim bo’lishsiz shaklga o’zgartiriladi.
Nobody came.
Hеch kim kеlmadi.
No kidding! I appreciate it. I really do.
Rost so’zim, mеn buni juda ham qadriga еtaman.
It was only me that was in the room.
Xonada mеndan boshqa hеch kim yo’q edi.
Nothing changed.
Hеch narsa o’zgarmadi.
Taking offence at me, he didn’t say a word all the way back home.
U mеndan xafa bo’lib qoldi va shuning uchun uyga qaytib kеlgunimizgacha lom-mim dеmay kеldi.
Don’t count your chickens before they are hatched.
Jo’jani kuzda sanaydi.
Hold cheap.
Narx oshirilmasin.
Keep one’s pecker.
Ruxdan tushmang.
Remember to buy the book.
Bu kitobni sotib olish esingizdan chiqmasin.
Inglizcha-o’zbеkcha tarjimalarda asliyat tilidagi inkor yuklama inkor prеfiksli so’z bilan birga kеlganida antonimli tarjima va lеksik almashtirish birga ishlatiladi.
She is not unworthy of your attention.
U sizning e'tiboringizga loyiq.
Tarjimaning leksik muammolarini yuqorida ko‘rib chiqilgan transformatsiyaning beshta turi yordamida hal etish mumkin. Qaysi transformatsiya usuli qayerda qo’l kelishini belgilash tarjimonning mahorati va tajribasiga bog’liq. Tarjimon ikki tilni mukammal bilishi bilan bir qatorda uning barcha sohalaridan xabardor bo’lishi juda muhim. So‘z tanlashda uslub va janrning xususiyatlarini, iinkoniyatlarini hisobga olish yaxshi natija beradi.
|