3-mavzu: Tarjima turlari. (2 soat)
Reja:
Tarjimaning turlarga bo`linish mezonlari.
Yozma tarjima.
Og‘zaki tarjima.
Ketma-ket tarjima qilish
Sinxron tarjima
Tarjimashunoslikda asl nusxa tili va tarjima tilidagi materialning qay shaklda amalga oshirilishiga qarab tarjimaning turli turlarini ajratish mumkin. Bu birinchi tasniflashtirishga asos bo’luvchi omildir.
Tarjimashunoslikda tarjimaning turlarini ularning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib ajratish ham amalga oshirib kelinmoqda, unda tarjimaga aloqador har ikkala tildagi matnlarning shakli emas, balki ularning mazmuni yoki mohiyatiga tayanib tasniflashtiriladi.
L. S. Barhudarov asl nusxa tili va tarjima tili matnining qanday shaklda berilishiga ko’ra tarjimaning to’rt asosiy turini ajratadi:
1) og’zaki-og’zaki; 2) yozma-yozma; 3) og’zaki-yozma; 4) yozma-og’zaki. Bu tarjima turlari ichida og’zaki-og’zaki tarjima 2 turga bo’linadi: 1) og’zaki izchil tarjima; 2) og’zaki sinxron tarjima.
og’zaki izchil tarjima
og’zaki sinxron tarjima
V. N. Komissarovning tarjima tasnifi quyidagicha: 1) badiiy tarjima; 2) informativ tarjima. G’. M. Xoshimov tasnifi: 1) badiiy tarjima; 2) nobadiiy tarjima.
R. K. Min’yar-Beloruchev tasnifiga ko’ra quyidagi tarjima turlari mavjud: 1) yozma tarjima; 2) sinxron tarjima – og’zaki; 3) izchil tarjima; 4) varaqdan tarjima. U yana nima tarjima qilinayotganligiga qarab tarjimaning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 1) badiiy tarjima; 2) ijtimoiy-siyosiy tarjima; 3) ilmiy-tarjimaviy tarjima. Tarjima jarayonlari yer yuzidagi xalqlarning insoniyat sivilizatsiyasini birgalikda, yaqin hamkorlikda yaratib borganini ko‘rsatadi.
Sinxron tarjima og’zaki tarjimaning eng qiyin turi bo’lib, undan tarjimon gapiruvchi notiqdan bir so’z yoki jumlaga orqada qolib tarjima qiladi, unga tarjima uchun vaqt berilmaydi. Tarjimon bunday paytda ham eshitadi, ham tushunadi, ham tarjima qiladi, ham gapiradi.
Mana shu operatsiyalarning barchasini sinxron tarjimon bir vaqtda bajaradi. Bu esa undan chuqur bilim saviyasidan tashqari, tez mulohaza qilish, tez tushunish, tezda to’g’ri va to’laqonli tarjima qilishni talab etadi. Bu tarjima ingliz tilida “simultaneous/synchronous translation” deb yuritiladi.
Og’zaki izchil tarjima sinxron tarjimadan oraliqdagi tarjima uchun berilgan vaqtlar bilan, qayta tarjima qilish imkoniyati borligi bilan ajralib turadi.
Bunday tarjimada tarjimon avvalo notiqni tinglaydi, keyin uni mulohaza qilib, tarjima qiladi. Bu ingliz tilida “consequent translation” deb ataladi.
Yozma-yozma tarjima uzoq tarixga ega. U eng ko’p qo’llaniladigan tarjima turlaridan bo’lib, minglab baidiiy asarlar, millionlab hujjatlar va undan ham ko’proq ilmiy texnikaviy adabiyotlarning tarjimasi hisoblanadi. Bu tarjimani amalga oshirish unchalik murakkab extralingvistik shart-sharoitlarni talab qilmaydi, chunki tarjimonga to’laqonli tarjima berish uchun barcha imkoniyatlar berilgan, yetarli vaqt, istalgan sharoit, qayta-qayta tarjima qilish, kim bilandir kengashish, maslahatlashish kabi katta imkoniyatlar berilgan.
Yozma-og’zaki tarjima yozma matnning og’zaki tarjimasi demakdir. Bunday tarjima hayotda ko’p uchrab turadi. Bunga telegrammalar, yo’l-yo’riqlar, xatlar, hujjatlar va hokazolarning tarjimalari misol bo’lishi mumkin.
Og’zaki-yozma tarjima ham tez-tez qo’llanib turadi, masalan, qandaydir og’zaki nutqning yozma tarjimasi, og’zaki suhbatning (muloqotning) yozma tarjimasi misol bo’la oladi.
Har bir tarjima turi o’ziga xos ahamiyatga ega.
Ketma-ket tarjima qilish bu bir tildagi og‘zaki axborot berilgandan so‘ng uni boshqa tilga tarjima qilishdir. Tarjimon so‘zlovchining umumiy fikrlari yoki eng kamida asosiy abzasni tinglaydi va so‘ng tinglash chog’ida yozib olingan eslatmalar (note- taking) yordamida nutqni tarjima qiladi.
Tarjimon shu tariqa asosiy so‘zlovchi nomidan ketma- ketlikda so‘zlaydi. Ba'zi so‘zlovchilar bir nechta gap so‘zlab, so'ng tarjimonga tarjima qilishni taklif qilishadi. Tarjimon qisqacha yozib olmasdan ham ishlashi mumkin va u o‘z xotirasida aytilgan gaplami saqlaydi. Shunday qilib, ketma-ket tarjima so‘zlovchining nutqini tinglangandan so’ng bajariladi. Bunday vaziyatda axborotning barcha mazmunini yodda saqlab qolish zarur. Ketma-ket tarjima muzokaralar, konferensiyalar davlat arboblari va siyosiy shaxslaming uchrashuvlarida va delegatsiyani kuzatibyurish chog‘ida qo’llaniladi. Ketma-ket tarjima muammosi ilmiy adabiyotlarda ham yetarlicha muhokama qilinmagan. Ketma-ket tarjima qilish vaqtiga ko'ra 2 bosqichga ajratiladi.
Birinchi bosqich, so‘zlovchining nutqini o‘z ichiga oladi va bu bosqichda tarjimon qisqacha nutqni yozib olishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda tarjimon aytilgan xabarni yozib olganlaridan foydalangan holda tarjima qiladi.
Inson hotirasi barcha gapni (maMumotni) yodda saqlab qololmaydi. Tarjimon matnda fikrning mantiqiy zanjirini topishi va so‘zlovchi nutqining semantik asosini ochib berishi muhimdir. Shunday qilib, tarjimon so‘zlovchining gapini yodda saqlab qolish uchun butun matnni tushunish irnkonini beruvchi va gapini asosini yodda saqlab qolishga yordamlashuvchi semantik asosni topib, uni tarjima qilishi zarur.
Inson odatda 7 yoki 5 ta semantik asosni yodda saqlay oladi. Gapning asosiy semantik asosi birinchi navbatda kesim va egani o‘z ichiga olishi kerak. Ba’zi tarjirnonlar asosiy semantik asos birinchi navbatda kesim bilan ifodalanadi deyishadi. Lekin bir qator tilshunoslar kesim gapning mustaqil bo’lagi bo’lolmaydi deb yozishadi. Faqatgina ega bilan birgalikda gapning mazmuni anglanishi mumkii.. Misol: Traktor zavodining 1200 ta ishchisi shu zavodning ma’muriyati tomonidan 240 ta ishchini ishdan bo‘shatish uchun chiqargan buyrug’iga qarshi norozilik namoyishida qatnashdi.
Ushbu gapda biz avval egani topib olishimiz lozim, so‘ng kesimni, so‘ng gapning vositachi bo’lagini. Bu gapning semantik asosi “1200 ishchi 240 ishchini bo‘shatilishiga qarshi norozilik mitingida qatnashdi” deyilganidir.
Ketma-ket tarjima qilishning 3 ta asosiy prinsipi mavjud: Anglash, tahlil qilish va qayta ifoda qilish.
Anglash prinsipida so‘zlar emas, fikrlar tarjima qilinishi kerak. Agar tarjimon so‘zlovchiningnutqidagi biron bir so‘zning tarjimasini biimasa, u bu so‘zning ma’nosini kontekstdan anglab yetishi zarur. So'zlovchining nutqini e’tibor bilan tinglash juda muhimdir. Ma’noni eslab qolish uchun asosiy fikrlarni va ular orasidagi bog‘lanishlarni bilish muhimdir.
Har qanday nutqda 2 ta asosiy lahza majud. Ular nutqning boshlanish va tugashidir. Tarjimon aynan shularga o‘z e’tiborini qaratishi lozim. Agar u aniq bo’lmasa va o'tkazib yuborgan bo’linsa, so‘zlovchiga fikringizni oydinlashtira olasizmi? deb savol bering. Tarjimon so‘zlovchining fikrini o‘zining so‘zlari orqali ko‘proq ifoda etsa, tarjimaning sifati yahshiroq bo’ladi. Tarjimon ko‘proq ijodiy yondoshsa, uning tarjimasi to‘g’ri bo’ladi.
Sinxron tarjimada, tarjimon tarjima qilish kabinasida o‘tiradi va naushnik (quloq eshitgich) orqali so'zlovchini tinglaydi, so‘ng tinglash chog’ida mikrofon orqali tarjima qiladi. Konferensiya xonasidagi delegatlar asosiy tilni naushnik orqali tinglashadi.
Sinxron tarjimon imo-ishoralar orqali ham bajariladi (kar va soqovlar uchun). So‘zlangan tildan imo-ishora tiliga tarjima qilinadi. Imo-ishorada tarjimonlar kabinada o‘tirishmaydi: ular so'zlovchini ko‘ra oladigan va boshqa qatnashchilarga ko'rina oladigan konferensiya xonasida turishadi. Pichirlab tarjima qilish sinxron tarjimaning shunday shakliki, bunda, tarjimon konferensiya xonasining kabinasida emas, balki tarjima kerak bo’lgan delegatning ortida o’tiradi va nutqning asosiy mazmunini delegatning quloqlariga pichirlaydi.
Tarjimonning bu shakllardan foydalanishi konferensiya muhitida chegaralanmagan. Sinxron tarjima, misol uchun katta konferensiyalarda, forumlarda ishlatiladi va pichirlab tarjima qilish biznes uchrashuvlarda ishlatilishi mumkin.
Konferensiya tarjimonlari, o‘z navbatida, ular tarjima qilayotgan delegatlar o‘rnida bo’lib qolishadi. Ular birinchi shaxs, delegat nomidan gapiradi. “U dediki, o‘ylashicha, bu yaxshi fikr ekan” kabi gaplarni tarjima qilmaydi. Konferensiya tarjimoni delegatning gapirish ohangiga tushgan holda tarjima qilishi lozim. Konferensiya tarjimoni nutqning qanday davomiylikda bo‘lishiga qaramasdan uni tarjima qila olishi kerak. Ular tarjima texnologiyasini o‘rganib olgan bo’lishlari lozim. Amaliyotda, agar tarjimonlar 5 daqiqalik nutqni qoniqarli deb hisoblashsa, ular har qanday davomiylikdagi nutqni tarjima qila olishlari zarur.
Konferensiya tarjimonlari aniq vaqtda ishlaydilar. Hattoki ketma-ket tarjima chog’ida ham ular so‘zlovchi gapini tugatgandan so‘ng tezda harakatga tushishlari va ularning tarjimasi tez va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, tarjimonlar faqatgina taxlil va fikrlarni qayta sintez qilishga emas, balki juda ham tez bajarish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.
Hozirgi kunda sinxron tarjima mahsus moslamalar bilan bajarilyapti: delegatlar kabinada so‘zlanayotgan gapni naushnik orqali tinglab o‘tirgan tarjimonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikrofonda gapirishadi: tarjimonlar tarjimani eshitishni istayotgan, naushnik kiyib olgan delegatlarga mikrofon orqali tarjima qilishadi. Ba’zi hollarda moslamalar mavjud bo’lmasa ham, sinxron tarjima pichirlash orqali amalga oshiriladi. Qatnashchilardan biri so'zlaydi va bir vaqtning o‘zida tarjimon tarjima xizmatini talab qiluvchi bir yoki ko‘pi bilan ikki insonning quloqlariga pichirlab tarjima qiladi.
Shu ayonki, sinxron tarjimaga ketma-ket tarjimaga qaraganda kamroq vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, sinxron tarjima bilan ko‘p tillilik tarjimani ta’minlash imkoni ko‘proqdir, xuddi olti tillilik (BMT) yoki yetti tillilik (Yevropa jamiyati)ga o‘xshab. Ushbu imkoniyat berilgach va halqaro tashkilotlar orasidagi hamkorlik kengaygach, ko‘proq tarjimalar sinxron tarzda qilinmoqda. Sinxron tarjima Birinchi jahon urushi paytida vujudga kelgan. O’sha davrda fransuz tili xalqaro til hisoblangan va muhim xalqaro uchrashuvlar Fransiyada bo’lib o’tgan. Birinchi jahon urushi davrida tarjimonlar ko‘magiga muhtoj bo’lgan yuqori martabali Amerika va Britaniyalik muzokara olib boruvchi shaxslar fransuz tilini bilmasdilar. Ayniqsa, Nuremberg (Nuremberg) va Tokio (1946—1968) sud jarayonlaridan so‘ng konferensiya tarjimasi keng qamrovli bo’lib ketdi. Hozirdabu keng tarzda faqatgina konferensiya emas, balki radio va televideniya dasturlarida ham qo‘llanilyapti.
Ilk sinxron tarjima tarjribasi 1928-yilda VI Komintern Kongressida bo’lib o’tgan. 0‘sha davrda telefonlar yo‘q edi. So‘zlovchining nutqi to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimonning quloqlariga yetib borar edi. Ilk kabina va naushniklar 1933-yil Kominternning ijro etuvchi 13-yalpi majlisida paydo bo’lgan. Rossiyaning Moskva shahrida bo’lgan bir guruh sinxron tarjimonlari Nuremberg sud jarayonlariga xizmat ko‘rsatuvchi konferensiya tarjimonlarining guruhini tuzdi va boshqalari Yaponiya urush jinoyatchilari ustidan bo’lgan Tokio sud jarayonlarida qatnashdi. Ana shu dastlabki konferensiyalarda ishlagan tarjimonlar ilk sinxron tarjimonlar sifatida ish bajargan. Ular Chet tillar harbiy instituti (1942-yil Chet Tillari Moskva pedagogika Institutining Harbiy Departamentiga asoslangan holda tashkil qilingan)ning yosh bitiruvchilari edi. Ular u yerda harbiy yozma va og'zaki tarjirnonlar sifatida mashq qildirilgan. Tarjimonlarning mashq jarayonlarida Moskva universiteti va Falsafa institute, shuningdek, Tashqi vazirlik a’zolari va chet davlatlar bilan madaniy aloqalar jamiyati xodimlari qatnashganlar. 1952-yil Moskvada o’tgan halqaro iqtisodiy konferensiya majlisida 50 ta sinxron tarjimon xizmat ko‘rsatgan. Konferensiya oltita - rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan va xitoy tillarida olib borilgan.
Ko‘rilganidek, sinxron tarjima va ketma-ket tarjima konferensiya va boshqa tadbirlarda foydalaniladi. Tarjimon notiqning nima qilayotganiga emas, nima so'zlayotganiga ahamiyat beradi. Tarjimon va tingiovchilar uchun maxsus jihozlar mavjud. Sinxron tarjima bir qancha darajalardan iborat boiib, ularning har birining bir nccha pog'onalari bor. Ulardan eng muhimi: moslashtirish, muqobilini izlab topish, qaror toptirish va ijro etish. Agar asliyat tilida gapirilish ohangi sekinroq bo'lsa, tarjima qilinayotgan tilda ham shu ohang saqlanishi lozim. Ketma-ket tarjimada tarjimon so'zlovchini keyingi so'zini kutib turishi lozim. Bu juda qulay va oddiy tarjima usulidir.
|