- O`UMNING ELEKTRON VARIANTI……………………………………………………...104
O`QUV MATERIALLARI
MA`RUZA MATNI
1-mavzu: Tarjima nazariyasi fan sifatida. (2 soat)
Reja:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining maqsad va vazifalari
Uning tadqiqot ob’ekti va predmeti hamda tahlil metodlari
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining tarixi.
O’zbek Tarjima nazariyasi va amaliyoti maktabi.
Tarjima turli xalqlar o’rtasidagi do’stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kеngayishiga xizmat qiluvchi vositadir.
Tarjima tushuncha sifatida quyidagilarni ifodalaydi:
Ilmiy-amaliy jarayon
Ilmiy-amaliy jarayon natijasi (buyuk adiblar asarlari tarjimasi)
Tarjima – fan, o’quv predmeti
G’. Salomovning fikriga ko’ra “Tarjima” atamasi forscha “tarzabon” so’zidan arabiylashib o’zgargan, tarzabon – fors tilida “chiroyli so’zlovchi, notiq, tili burro kishi” degan ma’noni anglatadi.
Arabcha ushbu so’z “tarjumon” shaklida bo’lib, undan “tarjima” yoki “tarjuma” hosil bo’lgan. (Salomov, 1978, 98b).
O’zbek tilida u “chevurish”, “o’tkazish”, “qaytarish”, “ag’darish”, “o’girish” atamalari orqali ifoda etiladi.
Demak, tarjima qilmoq o’zbek tilida sinonimlariga ega:
O’girmoq, ag’darmoq, chevurmoq, qaytarmoq, o’tkazmoq.
Tarjima nazariyasi predmeti – tarjima amaliyoti, tarjima asarlari, tarjima jarayonlari, tarjimon faoliyati, tarjima tarixi va ularni o’rganish asosida tug’ilgan til bilan chambarchas bog’liq, tarjimaning qonun-qoidalari, yo’l-yo’riqlarini aks ettiradi va umumlashtiradi.[ I. G`ofurov, O. Mo`minov, M. Omonov 2012]
Tarjima nazariyasi tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy-tanqidiy o’rganadi, tarjima qoidalari va tamoillarini, ularning chegaralari, me’yorlarini bayon qiladi.
Tarjima ilmiy-nazariy o’ganish ob’yekti bo’lishi zarur. Unda tahlil va uyg’unlashtirish jarayoniga, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligiga, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga e‘tibor qilishga qaratilgan bo’lishi lozim. Tarjima murakkab jarayon bo’lib, tilshunoslik, psihologiya, madaniyat, adabiy jarayon va boshqa omillarni o’z ishiga oladi.
Tarjima nutqning bir turi sifatida tilshunoslik nuqtai nazaridan qarab o’giriladi, ya’ni tarjima jarayoni bu bir tilagi matnni ikkinchi bir tilga ag’darish – transformatsiya qilish demakdir. Mana shu har xil bajariladigan o’zaro ikki til o’rtasidagi ishlar, tilshunoslik nuqtai nazaridan tarjima jarayoni deb aytamiz.
Shunday qilib, “tarjima”ni o’ziga xos transformatsiyalarning bir turi deb qarash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, tarjima nazariyasi predmeti bo’lib tillararo transformatsiyalarga, ya’ni tarjima jarayoniga bo’lgan ilmiy qarashlarning o’rganilishi yoritilishi sanalsa, uning ob’yekti bo’lib esa mavjud tarjimalar xizmat qiladi.
Tarjima qilinayotganda 2ta matn bilan ish ko’riladi, shundan biri ikkinchisiga bog’liq bo’lmagan holda yaratilgan bo’lib, manba matn vasifasini bajaradi, ikkinchisi esa bir qancha amallar, tillararo transformatsiyalar orqali bir matn asosida yaratiladi. Birinchi matn orginal tekst deb atalsa, ikkinchisi tarjima teksti deb yuritiladi. Orginal matn yozilgan til manba til (source language) deb ataladi. Orginal tekst ag’darilayotgan til esa tarjima tili deb yurtiladi (target language).
Mamlakatimizda tarjima nazariyasi mustaqil filologik fan sifatida asosan XX asrning 50-yillaridan e'tiboran shakllana boshlagan bo’lsada, tarjima amaliyoti bir nеcha ming yillik tarixga ega. Bundan tarjimachilik ming yillar mobaynida nazariyasiz rivojlanib kеlgan ekan-da, dеgan xulosa kеlib chiqmaslik kеrak. Arab, fors, hind, ozarbayjon, turk va rus tillaridan juda ko’p ilmiy, tarixiy, siyosiy, diniy, falsafiy, badiiy kitoblarni o’z tillariga o’girib kеlgan tarjimonlarimiz bir nеcha asrlar mobaynida qabul qilingan va rioya etilgan ma'lum tarjimachilik aqidalariga, qoidalariga asoslanib ish ko’rganlar.
Tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o’zaro aloqasi va bir-birlariga bo’ladigan ta'sir jarayonini tеzlashtiradi. Tarjimaviy asarlar tufayli jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand bo’ladilar. Tarjima tillarning kamoloti uchun zaruriy vosita sifatida ularning rivojlanish sur'atini jadallashtiradi, lug’at boyligini oshiradi va takomillashtiradi. Tarjima inson ma'naviy hayotini boyitadi, ona tilining imkoniyatlarini ro’yobga chiqaradi, uni sеrjilo qiladi. Tarjima tufayli kitobxon tafakkuri charxlanib, yangi g’oyalar va tushunchalar bilan boyiydi. Tarjima jamiyatda yangicha munosabatlar, qarashlar qaror topishiga xizmat qiladi. Tarjima turli xalqlar madaniyati va ma'naviyatiga ijobiy ta'sir etadi. Tarjima madaniyatlararo muloqotni tashkil etish va takomillashtirish omilidir.
O’zbеk kitobxonlari inglizzabon mualliflar asarlari bilan XX asrning 30-yillaridan boshlab yaqindan tanisha boshlaganlar. Ushbu asarlar o’zbеk tiliga asosan rus tili orqali tarjima qilib kеlindi va afsus bilan qayd etish lozimki, ingliz tilidan bеvosita tarjima qila oladigan haqiqiy mutaxassislarning yo’qligi sababli ingliz tilida ijod qilgan mualliflar asarlari o’zbеk tiliga hamon rus tili orqali o’girilmoqda. Bu esa tarjima jarayonida muqarrar yo’l qo’yiladigan nuqsonlar miqdorining ikki baravar oshib kеtishiga olib kеlmoqda.
Lеkin shuni quvonch bilan aytishimiz joizki, asrimizning boshlaridan boshlab mamlakatimizda bilvosita tarjimadan bеvosita tarjimaga o’tish harakatlari ko’zga tashlanmoqda. Bugungi kunda tarjimonlarimiz xorijiy tildagi matnlarni to’g’ridan-to’g’ri ona tilimizga va ona tilimizdan xorijiy tilga tarjima qilmoqdalar. Alishеr Otaboеv (Jеyms Joysning “Evеlin” hikoyasi; Somеrsеt Moemning hikoyalari), Shahnoza Akbarova (Jon Lutsning “Еrto’ladagi xona” hikoyasi), Nurbеk Abdullaеv (Jеk Londonning Mak-Daffining bahosi hikoyasi); Dinara Sultonovaning ingliz shoirlari shе'rlari tarjimasi; Hulkar A'zam (“Oshin”asari), (“Esmеralda” ko’p sеriyali kinolеntasi tarjimonlari) Bu esa o’zbеk kitobxonlarining jahon adabiyoti durdonalari namunalari bilan batafsilroq tanishishlari uchun imkoniyat yaratib bеrish baravarida yaqin kеlajakda tahlil va tadqiq uchun ham shubhasiz zaruriy matеrial hozirlay oladi dеb umid qilishimiz mumkin.
Tarjimaning umumiy nazariyasi tarjima universallari bilan ish ko’radi, bu sohada hamma boshqa nazariyalarnio’rganish uchun asos bo’ladi. U tarjima nima va u qanday bo’lishi haqida ma’lumot beradi.
Tarjima fan sifatida o’zining tahlil metodlariga ega. Bugungi kunda L. S. Barxudarov fikriga ko’ra tarjimashunoslik o’zining quyidagi tahlil metodlariga ega:
1. Qiyosiy metod (chunki istalgan holatda 2 tilni qiyoslash asosida tarjima amalga oshiriladi).
2. Komponentlarga ajratish metodi (semalarga ajratib tahlil qilish metodi).
3. Transformatsion metod (tilda ilk til vositalari, azaliy tiplarni aniqlab, ulardan kelib chiqqan til vositalarinio’rganib, tahlil qiluvchi metod (leksik, Grammatik transformatsiyalar)).
4. Statistik metod.
5. Oppozitsiya metodi (qarama-qarshi qo’yib tahlil qilish metodi).
Ushbu metodlardan tashqari tarjimani amalga oshirish usullari ham mavjud, bular tarjimashunoslikning o’ziga xos ish ko’rish usullaridir.
1. Ma’lumotlarni qisqa va lo’nda qilib yozib olish va ularga tayanib o’girish.
2. Tarjimada asl nusxa materialini ma’nodor bo’laklarga ajratib o’girish.
3. Matnni leksik, grammatik transformatsiyalar orqali o’girish.
a) og’zaki transformatsiyalar orqali o’girish;
b) yozma transformatsiyalar orqali o’girish;
c) og’zaki-yozma transformatsiyalar orqali o’girish;
d) yozma-og’zaki transformatsiyalar orqali o’girish.
4. Antonimik vositalar orqali o’girish.
5. Sinonimik vositalar orqali o’girish.
6. Tarjimaviy transkriptsiya orqali o’girish.
7. Tarjimaviy transliteratsiya orqali o’girish.
8. Kalka orqali o’girish.
9. Kompensatsiya orqali o’girish.
10. Umumlashtirish orqali o’girish.
11. Konkretlashtirish orqali o’girish.
12. Nutqni ixchamlashtirish orqali o’girish.
Fransuz shoiri va tarjimoni Et`yena Hole (1509-1546) tarjimon quyidagi besh talab yoki tamoillariga amal qilish kerak degan:
Tarjima matni mazmunini, muallif maqsad-muddaosini mukammal bilishi kerak;
Asliyat matni va tarjima matni tillarini mukammal darajada bilishi kerak;
So`zma-so`z tarjimadan qochish;
Tarjimada nutqning ko`p qo`llaniladigan formalarini qo`llash;
Tarjimada so`zlarni to`g`ri tanlash, asliyat matni mazmuniga mos matn yaratish.
Ingliz olimi A. Taytler o`zining “Tarjima tamoillari” (1790y.) nomli kitobida quyidagi talablarni qo`yadi:
Tarjima asliyatdagi g`oyani to`la berishi lozim;
Tarjima bayon uslubi va yo`li asliyatga mos bo`lishi kerak;
Tarjima asliyat kabi oson o`qilishi kerak.
Ingliz tadqiqotchisi T. Savori quyidagi bir-biriga qarshi va zid 12ta tamoillarni ro`yxatini beradi:
Tarjima asliyatdagi so`zlarni berishi kerak;
Tarjima asliyatdagi fikr, g`oyalarni berishi kerak;
Tarjima asliyatdek o`qilishi kerak;
Tarjima tarjimadek o`qilishi kerak;
Tarjima asliyat uslubini aks ettirishi kerak;
Tarjima tarjimon uslubini aks ettirishi kerak;
Tarjima asliyat zamonidagi asar sifatida o`qilishi kerak;
Tarjima tarjimon zamonidagi asar sifatida o`qilishi kerak;
Tarjimada qo`shish va tushurib qoldirishlarga qo`yilishi mumkin;
Tarjimada qo`shish va tushurib qoldirishlarga qo`yilmasligi kerak;
She`rlar tarjimasi prozada amalga oshirilishi kerak;
She`rlar tarjimasi she`r shaklida amalga oshirilishi kerak.
Tarjimashunoslikning 4ta asosiy qismi bo’lib, ular quyidagilardir:
Tarjima nazariyasi fani qiyosiy tilshunoslikdan ajralib chiqqan. U asosan semantika aspekti bo‘lib, semantikaga oid hamma savollar tarjima nazariyasiga taalluqlidir. Tilning ijtimoiylashuvini va u bilan aloqador bo’lgan tillarni o‘rganuvchi sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) ham tarjima nazariyasi bilan bevosita bog’liqdir. Tarjima nazariyasining asosiy maqsadi bir necha turdagi matnlarni tarjima qilish usullarini aniqlashdan iboratdir. U tarjima nazariyasida ko‘rsatilgan matnga mos variantlar tanlashda turli xil qoida. tamoyillar tarjima bo‘vicha olimlarning turli xil fikrlari haqida ma’lumot beradi. Tarjima nazariyasi va madaniyatining umumiy, tabiiy va shaxsiy mavzulari haqida axborot berishga harakat qiladi. Tarjima nazariyasi tarjima maktablarining asosiy tamoyillari va faoliyati bilan tanishadi. Bu tarjima malakasini oshiradi. Horijiy tilni mukammal o‘rganishga va ona tilini chet tili bilan qiyoslashda ular o'rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqlashga imkon tug‘diradi.
Tarjimashunoslik yoki V. N. Komissarov ta’biri bilan aytganda “translotologiya” boshqa fanlar bilan uzviy aloqaga kirishadi.
Qiyosiy tilshunoslik, Umumiy tilshunoslik, Grammatika, Leksikologiya, Stilistika, Frazeologiya, Tekstologiya, Tipologiya, Qiyosiy tipologiya, Sotsiolingvistika, Psixolingvistika, Dialektologiya, Variantologiya, Adabiyotshunoslik, Kibernetika, Informatika, Tarix, Tibbiyot, Fizika, Ximiya, Astronomiya va h.k. Bular orasida qiyosiy tilshunoslik tarjimashunoslik uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi, chunki tarjimashunoslik o’z tadqiqotlarida, taxlillarida bevosita qiyosiy tilshunoslik yutuqlariga tayanadi.
Ilk tarjimalar insoniyatning bir-biriga tomon ochgan karvon yollarida tug'ilgan. Folklor va xalqlarning turli o‘yinlari bilan tanishish va tomoshalarda tillardan-tillarga tarjimalar ishtiyoqi va ehtiyoji tug‘ilgan.
Tarjima tarixi turli xalqlar adabiyotlarining bir-biridan ajralib, cheklanib qolganini emas, balki, aksincha, hamma vaqt juda qadim zamonlardan tortib hozirgi kungacha, bir-biriga intilib, yaqinlab borgani, bir-biridan ta’sirlanib taraqqiy etganligini isbotlamoqda.
Ilk tarjima namunalari odamzodning yodida qolmagan. Lekin ular odam, non, ota, ona, uka, singil, kun, oy, osmon, yer, yo‘l, ot kabi so‘zlardan va ularning boshqa tillarga tarjimalaridan iborat bolganligini tasavvur qilish qiyin emas. Bu so‘zlardan tarjimalar folklor asarlariga o‘tganligini ham bir oz fantaziya ishlatib ko‘z o‘ngimizga keltirishimiz mumkin.
XII asrdan boshlab Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Bashshar Ibn Rushd (Averroes) asarlari Yevropada lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Yevropa qit’asiga yangi ilmiy qarashlar ixtirolar tolqinini olib kirdi. Bag‘dod akademiyasi, uning tarjima maktabida, arab Ispaniyasining Andalusiyadagi Toledo shahrida yangi tarjima maktablari bu kabi olimlaming juda ko‘p asarlarini lotin, ispan, italyan, fransuz tillariga o‘girish yo‘lida buyuk xizmatlar qildi.
Turon o‘lkalaridan chiqqan bu olimlar tarjimalarga, til o'rganishga, boshqa xalqlar madaniyatlarini o‘zlashtirishga juda katta qiziqish bilan qarardilar.
Jahon adabiyoti hazinasida shunday buyuk va mashxur asarlar borki, ularni o`z tiliga tarjima qilmagan xalq o`zini yuksak madaniyatli xalq deb bilmasligi kerak. Shu ma`noda badiiy tarjima har bir xalq madaniy va ma`naviy olami darajasini belgilaydigan eng muhim omillar sirasiga kiradi.
XX asrda Cho’lpon, Oybek, G`afur G`ulom, Shayxzoda, Qodir Mirmuhammedov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibrohim G`ofurov singari mashxur tarjimon-adiblar dunyoga kelib, jahon adabiyoti mashxur namoyondalarining eng yaxshi asarlarini o`zbek madaniyatining bebaho mulkiga aylantirdilar.
Bu qutlug` an`ana mustaqillik davrida “Jahon adabiyoti” jurnali atrofida uyushgan tarjimonlar tomonidan muvaffaqiyat bilan davom ettirilmoqda.
Shunisi quvonarliki, nafaqat rus tilidan, balki bevosita G`arb va Sharq xalqlari tillaridan o`zbek tiliga mahorat bilan tarjima qila oladigan ijodkorlar avlodi yetishib chiqdi. Jumladan, A. Fayzulla – hind-urdu, A. Ko`chiboyev – franzus, M. Saydumarov – arab, M. A`zam va B. Sharipov – turk, U. Qo`chqor – ozarbayjon, M. Akbarov va Ya. Egamova – nemis tillaridan amalga oshirgan tarjimalari bilan o`quvchilarni “dunyo madaniy merosi”dan bahramand etmoqdalar.
Shu o`rinda badiiy tarjimaning kishilar ruhiy hayotidagi o`rni g`oyat katta ekanligini sezmay iloji yo`q. Madomiki shunday ekan, deb yozadi Naim Karimov (2011 yil. O`zbek tili va adabiyoti №6,9) badiiy tarjimaga alohida e`tibor berish, nafaqat o`zga tillardan o`zbek tiliga, balki o`zbek tilidan o`zga tillarga ham badiiy asarlarni tarjima qila oladigan yoshlarni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Negaki, biznes janoblari hukmronlik qilayotgan hozirgi tarixiy-madaniy sharoitda o`zbek adabiyotining eng yaxshi namunalarini o`zimiz xorijiy tillarga tarjima qilib, madaniy dunyo e`tiborini qozonmasak, adabiyotimiz poezdi faqat milliy temir yo`llardangina yuraveradi.
0‘zbek adabiyotida tarjimaning san’atga aylanishi Qutbning “Xisrav va Shirin” asaridan boshlanadi. Qutb birdan bu san’atni juda baland darajaga olib chiqdi. Eski o‘zbek tilining shoirona ulug‘ qudratini ochdi va sharafladi. U o'zining yirik shoir va so‘z sohibi ekanligini tokla ko'rsatdi.
U: “ushbu forsi tilini chevurdim”, deydi. Tarjimaga nisbatan ilk bora “chevurmoq” so‘zini qo‘llaydi. Bu so'z “o‘girish”, “ag‘darish”, “urish” kabi tarjima qilish ma’nosini anglatadigan so‘zlar yoniga juda go'zal va obrazli sinonim bo‘lib qo'shildi. U yana bir tarzda aytantirmoq degan ma’noni ham bildiradi. So'zlami bir tildan ikkinchi tilga aylantirish.
Qutb o‘z asarining debochasida tarjima jarayonining juda muhim prinsiplaridan birini tilga oladi:
|