Elektron pochta servisining vazifasi




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/243
Sana31.05.2024
Hajmi7,35 Mb.
#258127
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   243
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

4.3.11. Elektron pochta servisining vazifasi
Elektron pochta Internetdan oldin paydo bo‘lgan. Internet-
texnologiyalarning paydo bo‘lishi davrida u mavjud ilovalardan eng 
ommalashgani 
bo‘lgan. 
Rivojlanishi 
yillarida 
esa 
ko‘plab 
o‘zgartirishlarga uchradi va hozirgacha o‘zgarishda davom etmoqda. 
Oddiy pochta kabi, elektron pochta asinxron aloqa vositasi hisoblanadi. 
Kishilar bir-birlariga ularga qulay vaqtlarda yo‘llanadigan manzillar 
bilan oldindan kelishmasdan xabarlarni yuboradi. Elektron pochtaning 
oddiy pochtaga qaraganda avzalligi yetkazishning yuqori tezligi, 
ishlatilishidagi oddiylik va past xizmat ko‘rsatish narxi hisoblanadi. 
Manzillarli tarqatish ro‘yxati yordamida jo‘natuvchi o‘sha bir xatni bir 
vaqtda yuzlab oluvchilarga qayta uzatishi mumkin. Bundan tashqari 
zamonaviy elektron pochta xatlar bilan birga giperko‘rsatmlarni, HTML 


209 
formatdagi matnlarni, tasvirni, audio- va videofayllarni, Java-appletlarni 
va boshqalarni tarqatishga imkon beradi. 
4.3.3-rasmda elektron pochta tizimining tuzilmasi keltirilgan. Bu 
tuzilmada ucha asosiy komponentlar – 
foydalanuvchi agenti

pochta 
serverlari
va 
SMTP protokolini ajratish mumkin.
 
4.3.3-rasm. Internet elektron pochtasining tuzilmasi 
Foydalanuvchi agentlari elektron xatlarni o‘qish, javob berish, 
qayta uzatish, yaratish va saqlashga imkon beradi. Jo’natuvchi
oluvchiga yangi xat yozganida uning agenti xatni pochta serveriga 
yuboradi, bu yerda xat serverning chiquvchi xabarlari navbatiga tushadi. 
Oluvchi xatni o‘qishni istaganida uning agenti pochta serveri bilan 
bog‘lanadi va xatni qabul qiluvchining personalkompyuteriga yetkazadi. 
1990-nchi yillarning ikkinchi yarmida multimediali xabarlarni o‘qishga 
va yaratishga imkon beradigan foydalanuvchining grafik interfeysli 
agentlari (Graphical User Interface, GUI) keng tarqaldi. 
Endi pochta serverlari orasida xabarlarni uzatilishi qanday tarzda 
amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Ta’kidlash qiziqarliki, SMTP 
protokoli o‘z ma’nosi bo‘yicha ikkita kishilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro 
muloqot qilishini eslatadi. Demak dastlab SMTP-mijoz serverning 25-
porti bilan TCP-bog‘lanishni amalga oshirishga urinadi. Agar server 
javob bermasa urinish keyinroq takrorlanadi. Bog‘lanish o‘rnatilganidan 


210 
keyin mijoz va server amaliy darajada muloqot qilishdan oldini bir-
birlariga o‘zini tanishtiradigan kishilarga o‘xshash qo‘l berishlar bilan 
almashadi. Qo‘l berishlar protsedurasining borishida mijoz xabarni 
oluvchi va jo‘natuvchining pochta qutilari manzillarini aniqlaydi. Qo‘l 
berishlar yakunlanishi bilan mijozdan serverga xabarni uzatilishi 
jarayoni boshlanadi. Modomiki, uzatish TCP protokoli yordamida 
amalga oshirilar ekan, ma’lumotlarni ishonchli yetkazilishi ta’minlanadi. 
Agar mijozning navbatida bu serverga mo‘ljallangan boshqa xabarlar 
bo‘lsa, ularning barchasi bitta TCP-bog‘lanish orqali ketma-ket 
uzatiladi. Barcha xabarlar uzatilganidan keyin mijoz server bilan 
bog‘lanishni yopadi. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   243




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish