244
oqimi (odatda tovushli va video axborot) tushuniladi.
Ma’lumotlarning multimediyali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv
xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari
bо‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan
multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng kо‘p tarqalganlari
videotelefoniya, multimediyali ma’lumotlarni
yuqori tezlikda uzatish
hisoblanadi.
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediyali
trafikning ikki asosiy turi ajratiladi:
1. Foydalanuvchilar о‘rtasida real vaqt miqyosida axborotni uzatish
uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan real vaqt trafigi.
2. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy
taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar
trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish,
virtual terminal,
ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar.
Real vaqt trafigini qо‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush,
videotelefoniya,
videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat
kо‘rsatish (diagnostika, monitoring, konsultatsiya), videomonitoring,
keng
eshittirishli video, raqamli televideniye, radio va televizion
dasturlarni olib kо‘rsatish.
5.2.2. Transport sathining funksiyalari
Transport
satxi
oxirgi
tizimlarda
bajarilayotgan
amaliy
jarayonlarga xizmatlarni bevosita taqdim etadi. Transport satxi protokoli
turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy
ulanishlarni ta’minlaydi (12.1-rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy
ulanish –jarayonlar orasidagi real bog‘lanish
marshrutizatorlar va turli
aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari yordamida amalga
oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir.
Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga
ma’lumot almashtirish imkonini beradi.
Transport satxi protokollari oxirgi tizimlar tomonidan qo‘llab
quvvatlanadi,
lekin
marshrutizatorlar
tomonidan
qo‘llab
quvvatlanmaydi. Marshrutizatorlar tarmoq
satxi xabarlarini qayta
tshlashadi va transport satxidagi xabarlarga xech qanday ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Internetda (aniqrog‘i TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan
istalgan kompyuter tarmog‘ida) transport satxining ikkita protokoli
245
mavjud
-
UDP
(User
Datagram
Protocol
– foydalanuvchi
deytagrammalari protokoli) protokoli va TCP (Transmission Control
Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli.
UDP protokoli
ilovalarga mantiqiy ulanish o‘rnatmasdan ishonchsiz ma’lumotlar
uzatish xizmatini taqdim etadi, aksincha, TCP protokoli mantiqiy
ulanish o‘rnatib, ishonchli ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi.
Yangi ilovani yaratayotganda ishlab chiqaruvchi o‘z
mahsuloti uchun
transport satxining ikkita protokoldan birini tanlashi lozim.