249
Remote
File server
NFS
UDP
IP telefoniya
H.323
UDP
1719
IP telefoniya (IMO, Skype)
SIP
UDP
5060
Domain Name Service
DNS
UDP
53
Simple Network Management
Protocol
SNMP
UDP
161
UDP va TCP protokollarida yig‘indi nazoratni hisoblash bir
algoritmda bajariladi (RFC-1071), lekin UDP-paket uchun uni hisoblash
mexanizmi ayrim o‘ziga xos xususiyatga ega. Xususan, UDP-
deytagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin, bu xolda unga,
algoritmni
unifikatsiyalash uchun, xech qaerga uzatilmaydigan nolli bayt
qo‘shiladi. UDP protokoli haqida batafsilroq axborotni RFC-768 topish
mumkin.
5.2.4. UDP segmentning yig‘indi nazorati
UDP yig‘indi nazorati UDP sarlavha va UDP ma’lumotlarni o‘zida
qamraydi. IP sarlavhadagi yig‘indi nazorati faqat IP sarlavhani qamraydi
– u IP-paketda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qamramaydi. Ham UDP,
ham TCP o‘z sarlavhalarida ham sarlavhani, shuningdek ma’lumotlarni
qamraydigan yig‘indi nazoratiga ega. UDP uchun yig‘indi nazorati
majburiy emas, lekin TCP uchun yig‘indi nazorati majburiydir.
UDP yig‘indi nazorati IP sarlavha (ortiqcha to‘ldirilgan 16-bitli
so‘z), yig‘indi nazoratiga o‘xshash xolda hisoblanadi, lekin faraqlanishi
mavjud. UDP datagramma toq sonli baytlarga ega bo‘lishi mumkin,
yig‘indi nazoratini hisoblashda esa 16-bitli so‘zlar qo‘shish kerak
bo‘ladi.
Bu xolda, datagramma oxiriga, agar yig‘indi nazoratini
hisoblashga kerak bo‘lsa, to‘ldiruvchi nolli baytlar qo‘shiladi
(to‘ldiruvchi baytlar uzatilmaydi).
Faqat yig‘indi nazoratini hisoblash uchun UDP va TCP da 12-
baytli psevdosarlavhalar mavjuddir (UDP datagrammalarda va TCP
segmentlarida).
Psevdosarlavhalarda
IP
sarlavhalarning
ayrim
maydonlari bor. Bularning barchasi ma’lumotlar mo‘ljallangan punktga
yetib borishini (IP mazkur qurilmaga mo‘ljallanmagan datagrammalarni
qabul
qilmaydi, va boshqa yuqori satxga mo‘ljallangan UDP
datagrammalarni uzata olmaydi) ikki marta tekshirish uchun qilingan.
Agar UDP datagrammaning uzunligi toq bo‘lsa, yig‘indi nazoratini
hisoblash uchun qo‘shimcha bayt talab qilinadi. Agar hisoblangan
yig‘indi nazorati 0 teng bo‘lsa, u birlik bitlar (65535) sifatida saqlanadi,
250
bu qiymatlar arifmetikadagi razryadlar bo‘yicha qo‘shishga (birni
qo‘shish - ones-complement) ekvivalentdir. Agar uzatilgan yig‘indi
nazorati 0 teng bo‘lsa, bu jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini
hisoblamaganligini bildiradi. Agar jo‘natuvchi yig‘indi nazoratini
hisoblagan bo‘lsa ham, lekin qabul qiluvchi
xatolik mavjudligini
aniqlasa, UDP datagramma yo‘q qilinadi, xatolik xaqidagi xabar
generatsiyalanmaydi (agar IP satx IP sarlavha yig‘indi nazoratida
xatolikni aniqlasa, xuddi shunda narsa bo‘ladi).
UDP ning yig‘indi nazorati jo‘natuvchi
tomonidan hisoblanadi
va qabul qiluvchi tomonidan tekshiriladi. Bu jo‘natuvchi va qabul
qiluvchi orasidagi yo‘lda UDP sarlavhasi yoki ma’lumotlarda
bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. UDP
uchun yig‘indi nazorati – majburiy parametr emasligiga qaramasdan, u
hamma vaqt hisoblanishi kerak. 1980-nchi yillar oxirlarida kompyuter
ishlab chiqaruvchilarining ayrimlari,
UDP foydalanadigan, tarmoq
faylli tizimi (NFS - Network File System) ishlash tezligini oshirish
uchun, sukunat bo‘yicha UDP yig‘indi nazorati hisoblanishini uzib
qo‘yishdi. Bu bitta lokal tarmoqda bo‘lishi mumkin, unda kanal satxida
freymlar uchun ortiqchali
siklik kod hisoblanadi, datagramma
marshrutizatorlar orqali o‘tayotganda, uning yordamida freymning
buzilishini angiqlash mumkin. Dasturiy yoki apparatli ta’minotda
xatoliklari bo‘lgan marshrutizator mavjuddir va ular o‘zlari
marshrutlaydigan datagrammalardagi bitlarni o‘zgartiradi. Bu
xatoliklar, agar yig‘indi nazorati o‘chirilgan bo‘lsa, UDP
datagrammalarda aniqlanishi mumkin emas. Shuningdek quyidagini
belgilash mumkin, kanal satxining ayrim protokollari (masalan, SLIP)
kanaldagi ma’lumotlar uchun yig‘indi nazoratini
hisoblash biron bir
shakliga ega emas.
Host Requirements RFC qurilmalariga talablar, UDP yig‘indi
nazoratini hisoblash sukunat bo‘yicha hisoblanishiga kiritilish talab
qilingadi. Shuningdek ular, agar yig‘indi nazorati jo‘natuvchi
tomonidan hisoblansa (qabul qilingan yig‘indi nazorati nol bo‘lmagan
xolda), qabul qilingan yig‘indi nazorati
albatta tekshirishini talab
qilishadi. Ayrim realizatsiyalar buni inkor etishadi va qabul qilingan
yig‘indi nazoratini faqat chiqish yig‘indi nazorati hisoblanishiga opsiya
kiritilgan taqdirdagina tekshirishadi.