247
5.2.2-rasm. Format UDP-paket formati.
Qabul qiluvchi porti (Destination Port) –
maydon
paket
yetkaziladigan ishchi stansiya portini identifikatsiyalaydi.
TCP/IP bazasidagi Internet mijoz/server muhitida,
server amaliy
satx protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi,
bu mijoz satxida
bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli
kattalikdir. Umumiy ma’lum portlar tizimiy jarayonlar yoki amaliy
dasturlar
tomonidan foydalaniladi, 0 dan 1 023 gacha diapazondagi
sonlar bilan nomerlanadi. Masalan, 25 port - SMTP (Pochtani jo‘natish
oddiy protokoli) protokoli, 80 port – HTTP protokoli.
5.2.3-rasmda UDP deytagrammada port
nomerining grafik talqini
keltirilgan.
Uzunlik (Length) –
bu maydon xam sarlavha, ham ma’lumotlarni
hisobga olib, oktetlarda UDP-paket uzunligi xaqida axborot beradi.
Uzunlikning minimal qiymati sakkizga teng.
Yig‘indi nazorat(Checksum) -
bu
maydon paket sarlavhasi,
psevdosarlavha va paketdagi foydali yuklama maydoni ma’lumotlarini
to‘g‘ri uzatilishini tekshiradi. Agar ushbu maydondan foydalanilmasa,
ular nollar bilan to‘ldiriladi.
248
5.2.3-rasm. UDP deytagrammada port nomeri.
Qabul qilayotgan ishchi stansiyada
realizatsiyalangan IP modul,
agar paket sarlavhasida yuqori satx protokoli UDP protokoli ekanligi
ko‘rsatilsa,IP modul tarmoqdan kelayotgan
IP-paketni UDP modulga
uzatadi. IP moduldan UDP modul paket olganida, u paket sarlavhasida
mavjud yig‘indi nazoratni tekshiradi. Agar yig‘indi
nazorat nolga teng
bo‘lsa, demak, uzatuvchi uni hisoblamagan bo‘ladi.