261
5.2.6-rasm. «Kompyuter-telefon» aloqa tizimi.
3. «Kompyuterdan-kompyutergacha» (5.2.7-rasm). Bunday holatda
IP telefoniya bilan ishlovchi apparat
va dastur vositalari bilan
jihozlangan ikki multimedia kompyuterlari orasida IP tarmoq orqali
ulanish amalga oshiriladi.
5.2.7-rasm. «Kompyuter-kompyuter» aloqa tuzilishi.
4.
«WEB brauzeridan-telefongacha». Internet tarmog‘ining
rivojlanishi bilan ovoz xizmatlariga ulanish imkoni tug‘ildi, masalan,
ba’zi kompaniyalarning WEB sahifalaridagi «aloqa» bo‘limida
«chaqirish» tugmasi o‘rnatilgan. Ushbu
tugma bosilishi orqali
yuqoridagi kompaniya vakili bilan telefon raqamlarini termasdan turib
ovozli ulanishini amalga oshirish mumkin. Chaqirishni amalga oshirgan
foydalanuvchi uchun bunday qo‘ng‘iroq harajatlari internet tarmog‘idan
foydalanish harajatlariga kiritilgan.
262
IP telefoniya bilan ulanish an’anaviy
telefonlar singari amalga
oshiriladi. Abonent go‘shakni ko‘tarib, ATS signalini eshitgach, o‘zi
joylashgan yoki unga yaqin bo‘lgan shahardagi yo‘lak
raqamini teradi
va abonent mahalliy yo‘lak bilan bog‘langach, ovoz chaqirig‘ini oladi.
Telefon apparati klaviaturasida o‘z parolini ovoz orqali terib yuborish
bilan avtorizatsiyalashdan o‘tadi, so‘ngra
chaqirilayotgan abonentning
davlat kodi va telefoon raqami teriladi. Mahalliy yo‘lak davlat va
shaxarning kodiga qarab IP manzillar zahirasi ma’lumotlaridan
abonentga eng yaqin bo‘lgan yo‘lakni aniqlaydi. Mahalliy yo‘lak
uzoqdagi yo‘lak bilan internet orqali ulanishni o‘rnatadi. So‘zlashuv
yakunida biron bir abonent go‘shakni qo‘ysa, mahalliy yo‘lak uzoqdagi
yo‘lak bilan ulanishni uzadi va ulanish vaqtini qayd etadi hamda boshqa
kerakli operatsiyalarni amalga oshiradi.