• “Internet – buyumlar”
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet194/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    IoT (Internet 
    of things)
    – buyumlar interneti tashkil etmoqda. Buyumlar interneti IoT 
    (Internet of things) bu – maxsus elektronika, dasturiy taʻminot, 
    sensorlar, qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarning oʻzaro maʻlumot 
    almashinuvidan iborat tarmoq tizimi bilan jihozlangan sun’iy intelekt 
    yordamida masofadan boshqariluvchi maishiy texnikalar, transport 
    vositalari, eshik-derazalar, qoʻriqchi tizimlar va boshqalar. IoT 
    texnologiya tadqiqotchilariga kamroq quvvat sarflaydigan va deyarli har 
    qanday turdagi qurilmaga ulanishi mumkin boʻlgan kichikroq va 
    arzonroq simsiz tizimlarni ishlab chiqish uchun kuch beradi. 
    “Internet – buyumlar”
    (baʻzan “buyumlar interneti” yoki “internet 
    ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidan olingan Internet of 
    Things, IoT boʻlib—bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan oʻzaro 
    taʻsirlashuv uchun ichiga joylashtirilgan texnologiyalar bilan 
    jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qura oladigan 
    hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni koʻrib chiqadigan, harakat va 


    269 
    operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik 
    jarayonlar hisoblash tarmogʻi konsepsiyasi hisoblanadi.
    Hozirda buyumlar interneti – IoT multiservisli tarmoqlar 
    konsepsiyasining 
    bir 
    boʻlagiga 
    aylandi. 
    Bunday 
    tarmoqlar 
    cheklanmagan xizmatlarni sifatini kafolatlagan holda mijozlarga 
    etkazish imkonini beradi. Shuni nazarda tutgan holda multiservisli 
    tarmoqlardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Aynan shunday 
    multiservisli xizmatlar keyingi avlod tarmoqlari (NGN)da amalga 
    oshadi. Hozirgi kunda NGNning tarkibiy qismiga ―barcha joylarda 
    sensorli tarmoqlar-USN (Ubiquitous Sensor Networks) tushunchasi kirib 
    keldi. 
    Internet ashyolarni, bizni oʻrab turgan barcha predmetlar va 
    qurilmalar (uy asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, 
    avtomobillar, sanoat qurilmalar va boshqalar) miniatyurali (kichik 
    oʻlchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) qurilmalar bilan 
    jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur aloqa 
    kanallari boʻlganida nafaqat bu obʻektlarni va ularning parametrlarini 
    fazoda va vaqt boʻyicha kuzatish mumkin boʻladi, balki ularni 
    boshqarish, ular haqidagi maʻlumotlarni umumiy ―aqlli planetaga 
    kiritish mumkin boʻladi. Oddiyroq aytganda, Internet ashyolar bu 
    kompyuterlar, 
    datchiklar 
    (sensorlar) 
    va 
    ijrochi 
    qurilmalarning 
    (aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) internet protokoldan foydalanish 
    orqali oʻzaro bogʻlaydigan global tarmoq hisoblanadi.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish