• Identifikatsiya
  • Autentifikatsiya
  •  Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet207/243
    Sana31.05.2024
    Hajmi7,35 Mb.
    #258127
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   243
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    6.1.2. Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalari
     
    Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya tizimlariga boʻladigan 
    taxdidlar, ruhsatsiz tizimga kirish holatlari turli xil yoʻllar bilan amalga 
    oshirilishiga javoban xavfsizlikni taʻminlash turli xil usullar va vositalar 
    yordamida amalga oshirilmoqda. 
    Axborot xavfsizligi taʻminlashning birinchi va eng asosiy vositasi 
    bu – foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyadan 
    oʻtkazishdir. 
    Identifikatsiya
    – foydalanuvchining roʻyxat yozuvi (login) ni 
    kiritishi. Foydalanuvchining tizimdagi logini orqali u haqidagi barcha 
    kerakli axborotlarga: uning shaxsi; tizimdagi ruhsat darajasi; tizimdagi 
    faoliyati tarixi va boshqalar ega boʻlish mumkin. 
    Autentifikatsiya
    – bu foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashi. 
    Odatda bu jarayon maxfiy soʻz (parol) orqali amalga oshiriladi. Yaʻni 
    foydalanuvchi dastlab tizimga oʻzining kalit soʻzini kiritadi va soʻng shu 
    kalit soʻz rostdan ham unga tegishli ekanligini maxfiy soʻz orqali 
    tasdiqlaydi. 


    295 
    Identifikatsiya va autentitifikatsiya vositalari birlashishi ham 
    mumkin. Bu yerda barchamiz uchun maʻlum boʻlgan xizmat 
    guvohnomasini keltirish mumkin. Unda shaxsning identifikatsiyasi 
    uchun 
    ismi, 
    familiyasi, 
    mansabi 
    (va 
    boshqa 
    maʻlumotlar), 
    autentifikatsiya uchun esa uning surati keltirilganligini aytishimiz 
    mumkin. SHuni alohida taʻkidlash kerakki autentifikatsiya va 
    identifikatsiya vositalarining oʻzi haqiqiylikni tasdiqlovchi belgilarga 
    ega boʻlishi mumkin. Misol uchun guvohnomadagi muhr, imzo yoki 
    uning himoyasini saqlovchi boshqa qalbakilashtirishdan himoyalovchi 
    vositalar.
    Agar foydalanuvchi bu jarayonlardan muvafaqqiyatli oʻtsa, u 
    axborot tizimiga kirishiga va unga berilgan vakolat darajasida 
    istalgancha foydalanish huquqiga ega boʻladi. 
    Hozirgi vaqtda axborot–hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni 
    autentifikatsiya va identifikatsiyalashning usullarini quyidagi asosiy 
    guruhlarga boʻlish mumkin:

    foydalanuvchidan qandaydir maxsus axborotni soʻrash (masalan, 
    login yoki parol);

    foydalanuvchidan qandaydir maxsus tavsiyaga yoki xususiyatga 
    ega boʻlgan ashyoni soʻrash (masalan, smart-karta, USB-token va 
    boshqalar);

    autentifikatsiya qilinayotgan axborot foydalanuvchi tanasining 
    muhim qismi (masalan, barmoq izlari yoki boshqa biometrik 
    maʻlumotlar).
    Demak, identifikatsiya va autentifikatsiya yordamida tizimga kirish 
    huquqini olish mumkin. Endi foydalanish chegarasini belgilovchi 
    mantiqiy boshqaruv vositasi ishga tushadi. Ularning vazifasi ham 
    foydalanishga ruhsat beruvchi fizik vositalar kabidir. Foydalanishga 
    ruhsat berishning mantiqiy boshqaruv vositalari ham foydalanuvchilarni 
    tizimda saqlanayotgan u yoki bu axborot boʻlimiga murojaatini nazorat 
    qiladi. Foydalanishga ruhsat berishni mantiqiy boshqaruvi – bu 
    axborotni butunligi va mahfiyligini taʻminlab beradigan koʻp 
    foydalanuvchili tizimning asosiy mexanizmidir. 
    Tarmoq xavfsizligi – bu tarmoqdagi maʻlumotlarni himoyalash 
    chora-tadbirlari boʻlib, ular: ruhsat etilmagan murojaatdan himoyalash
    tizimning meʻyorida ishlashiga tasodifan yoki ataylab taʻsir qilishdan 
    himoyalash; tizim tarkibiy qismlariga zarar etkazishdan saqlashdan 
    iborat.


    296 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   243




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Axborotlarni himoyalashning asosiy vositalari

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish