|
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq Pdf ko'rish
|
bet | 208/243 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #258127 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob6.1.3. VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida
taʻriflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar oʻrtasida barcha
maʻlumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni
shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani taʻminlashga qaratilgan.
VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
VPN texnologiyasining afzalligi
. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN
tarmogʻiga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali
himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun
sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar oʻrtasida
maʻlumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz oʻrnatish
kerak. Har bir boʻlimda axborot almashishi oddiy usulda amalga
oshiriladi. Agar VPN tarmogʻining boshqa qismiga maʻlumot joʻnatish
kerak boʻlsa, bu holda barcha maʻlumotlar shlyuzga joʻnatiladi. Oʻz
navbatida, shlyuz maʻlumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi,
ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmogʻi orqali boshqa
filialdagi shlyuzga joʻnatadi. Belgilangan nuqtada maʻlumotlar qayta
deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning
barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi
hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi.
Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz
boʻladi.
Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal
tarmogʻiga qoʻshishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz,
xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, oʻz tarmogʻingizga
ulanish yoki u yyerdan biror-bir maʻlumotni olish zaruriyati paydo
boʻldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bogʻlanishingiz
mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz
mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir.
|
| |