308
kalitli kriptosistemalar yaratish yo‘nalishi vujudga keldi. Ochiq kalitli
kriptosistemalarning mohiyatini quyidagilar tashkil etadi:
1.
Axborotlar tizimi kriptosistemasidan foydalanuvchilarning har
biri ma’lum qoida bilan bog‘langan ikkita kalitni yaratadi (tuzadi).
2.
Bu tuzilgan (yaratilgan) kalitlardan biri ochiq e’lon qilinadi,
ikkinchisi esa sir (maxfiy) saqlanadi.
3.
Dastlabki
ochiq kalit bilan shifrlanib, tegishli foydalanuvchiga
uzatiladi, bunda shifrlangan matnni (kriptogrammani) bu ochiq kalit
bilan deshifrlash imkoniyati yo‘q, ya’ni shifrlangan matnni bu ochiq
kalit bilan ochish imkoniyati yo‘q.
4.
Uzatilgan (yetkazilgan) kriptogramma faqat kriptogrammaning
haqiqiy egasigagina ma’lum bo‘lgan ikkinchi
maxfiy kalit bilan
deshifrlanadi.
Ochiq kalitli kriptosistemalar teskarisi mavjud bo‘lmagan yoki
teskarisini hozirgi zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalangan
holda qoplanmaydigan darajada juda katta moddiy sarf-xarajatlar bilan
hamda keragidan ko‘p vaqt sarflash bilan aniqlanadigan funksiyalarga
yoki algoritmlarga asoslanadi. Shunday funksiyalar
yoki algoritmlarni
quyidagi
xossaga
ega
bo‘lishi
maqsadga
muvofiq:
berilgan
x
qiymatda