304
Bu holatni bank ishida, kompyuter tarmoqlarida (masalan, Internet da)
va boshqa bir qator sohalarda kuzatish mumkin bo‘ldi. Masalan, AQSH
da bir yilda kriptologiyaga 15 mlrd. dollargacha mablag‘ sarf qilinadi.
Kriptologiya informatikaning fanining
rivojlanishiga ham katta
ta’sir ko‘rsata boshladi. Zamonaviy kriptologiya matematikaning
ehtimollar
nazariyasi,
matematik
statistika,
algebra,
sonlar
nazariyasi, algoritmlar nazariyasi, hisoblashlarning murakkabligi kabi
sohalari bilan chambarchas bog‘langan.
Shifrlash jarayonini
avtomatlashtirish uchun shifrlash qurilmasi deb ataluvchi maxsus va o‘ta
kuchli kompyuterlar ishlab chiqildi. G‘arbiy mamlakatlarda
B-CRYPT,
IBM-4755,
Datacryptor
kabi
shifrlash
qurilmalaridan
keng
foydalaniladi. Kriptologiya tarixiga oid
ayrim malumotlarni keltirib
o‘tamiz.
Mesopotamiyada olib borilgan areologik qazish ishlarida eramizdan
avvalgi XX asrga mansub bo‘lgan eng qadimiy shifrlangan matnlardan
biri topildi. U sopol taxtachaga o‘yib yozilgan bo‘lib, sopol idishlarni
bo‘yash uchun ishlatiladigan bo‘yoqning retsepti haqidagi matn bo‘lib
chiqdi. XVII asrda kardinal Rishele tomonidan dunyoda birinchi bo‘lib,
shifrlash xizmati tashkil qilindi. Nyuton, Eyler,
Leybnits, Gauss,
Kardano kabi buyuk matematiklar ham bevosita kriptologiya bilan
shug‘ullanganlar. Kriptologiyada quyidagi atamalar qabul qilingan.