302
Autentifikatsiya - qabul qiluvchi shunga ishonch hosil qilishi
kerakki ma’lumot aniq bir yuboruvchidan bo’lishi shart. Boshqa bir nom
bilan yolg’on ma’lumot yuborilmasligi kerak;
Butunlik - uzatish paytida axborot o‘zgarmasligi;
Inkor qilmaslik (neosporimost) - ma’lumotni yuboruvchi o‘zi
ekanini tasdiqlashi.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida kishilik jamiyatida
axborotning ahamiyati keskin ravishda ortib ketdi. Insonning har bir
sohadagi faoliyatini takomillashtirish va osonlashtirishga qaratilgan
zamonaviy jamiyatda axborot mahsulot yoki xom ashyo sifatida borgan
sari katta qiymatga ega bo‘lib bormoqda.
Keyingi yillarda kompyuter sanoatining rivojlanishi va inson
hayotiga tobora chuqurroq kirib borishi natijasida axborotni ishlab
chiqarish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish, uzatishga bo‘lgan ehtiyoj
ortib bormoqda. Oqibatda ana shu axborotlarning xavfsizligini
ta’minlash informatikaning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib
ulgurdi. Kompyuterning tarmoq texnologiyalarining jadal rivojlanishi
esa bu muammoning ahamiyatini yanada oshirib yubordi.
Axborotlarni kriptografik usulda himoya qilish yuzaga kelgan
muammmolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Axborotlarni
kriptografik himoya qilishda ularning mazmunini yashirish yoki
begonalar tomonidan foydalanishning oldini olish maqsadida axborot
maxsus funksional akslantirish yordamida bir ko‘rinishda boshqa
ko‘rinishga o‘tkaziladi. Bu amalning turli usullarini ishlab chiqish uchun
amaliy matematikaning yangi bir yo‘nalishi-kriptografiya yuzaga keldi
va rivojlanib bormoqda.
Kriptografiya
—
bu
axborotlarni
kriptografik
himoya
qilishning turli model va metodlari, algoritmlari, dasturiy va texnik
vositalarini ishlab chiqish hamda bunday himoya samarasini baholashni
o‘rganuvchi fan hisoblanadi[12].