59
Pastda joylashgan
bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni
bajaradi. Ideal holda har bir bosqich oʻzidan
tepadagi va pastdagi
bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga
ishlayotgan, amaliy masalaga toʻgʻri kelsa,
pastki bosqich esa signalni
aloqa kanali orqali uzatishga toʻgʻri keladi. 2.1.2-rasmda keltirilgan
bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich
shunday ishlaydiki u boshqa
abonentning xuddi shu bosqichi bilan toʻgʻri aloqasi bordek, yaʻni
tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari oʻrtasida
virtual aloqa
mavjud. Bir tarmoq abonentlari oʻrtasidagi real aloqa faqat eng past
birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich).
Axborot uzatayotgan
abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab pastdagi
bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa qabul qilingan axborot
teskari yoʻnalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat
qiladi (2.1.2-rasm).
−
Amaliy bosqich
(Application, прикладной уровень) yoki
ilovalar
bosqichi,
u
quyidagi
xizmatlarni
amalga
oshiradi:
foydalanuvchining
ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar
uzatishning
dasturiy vositalari, axborotlar bazasi bilan bogʻlanish,
elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati.
Bu bosqich
qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.
2.1.2-rasm. Axborotni abonentdan abonentga oʻtish yoʻli.
−
Taqdimot
(Prezentatsiya)
bosqichi
(Presentation,
презентативный уровен) yoki axborotni tanishtirish bosqichi, bu
bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini koʻrinish
60
sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda oʻzgartiradi, yaʻni
tarjimon
vazifasini bajaradi. Shu yerda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi,
lozim boʻlgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.
−