80
Bluetoothʻning taʻsir tamoyili radiotoʻlqinlardan
foydalanishga
asoslangan. Bluetooth ishga tushirilganda 2,4 GGs atrofidagi cheklangan
chastota diapazonida ishlaydigan radio uzatgich faollashadi. Bu spektor
qismi ISM — Industry deb ataladi, Science and Medicine — turli
maishiy uskunalar va simsiz tarmoqlarda qoʻllaniladi. Faollashuvdan
soʻng radiouzatgich shu diapazondagi
barcha signallarni kuzata
boshlaydi. Ikkinchi qurilma ham xuddi shu ishni bajaradi. Qurilmalar
bir-birini topganidan soʻng birinchisi uzatgich rolini oʻz zimmasiga
oladi, ikkinchisi esa priyomnikka aylanadi. Maʻlumotlar keng qamrovli
toʻsiqlarga chidamlilikni taʻminlovchi
maxsus FHSS algoritmidan
uzatiladi. Mazkur algoritmga muvofiq, Bluetooth signali chastotasi
soniyasiga 1600 marta oʻzgaradi. Har bir
ulanish uchun chastotalar
orasidagi ketma-ketlik tasodifiy hisoblanadi va bu faqat har 625
mikrosoniyada sinxron ravishda bir chastotadan boshqasiga oʻtadigan
uzatgich hamda qabul qilgichga maʻlum. SHunday ekan, agar
yoningizda uzatgich-priyomniklarning bir necha jufti ishlayotgan boʻlsa,
ular bir-biriga xalaqit bermaydi. Bu algoritm shuningdek uzatilayotgan
maʻlumotlar himoya tizimining bir qismi hisoblanadi. Bluetoothdan
yoʻllashdan avval maʻlumotlar maxsus bloklarga ajratiladi.
Priyomnik
protsessori paketlarni qayta ishlaydi, ulardan uzatiluvchi faylni yaratadi
va uni qurilmaning doimiy xotirasiga joylaydi. Raqamli maʻlumotlar va
audiosignal uzatishda kodlashning turli tuzilmalari qoʻllaniladi:
audiosignal takrorlanmaydi, raqamli maʻlumotlar esa, maʻlumotlar
paketi yoʻqotilgan taqdirda takroran uzatiladi.
Bluetooth asosini bitta bosh tugun va bir qancha (yettitagacha) tobe
tugunlardan iborat 10 metr radiusli maydonni qamrab olgan pikotarmoq
(
piconet
) tashkil etadi. Vaholanki, ular bir-biri bilan koʻprik moslamasi
(maxsus tugun) bilan ham bogʻlanadilar. (2.2.12-rasm.). Bir nechta
pikosetlarning oʻzaro bogʻlanishi