|
“tarmoq xavfsizligi”
|
bet | 44/144 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 10,58 Mb. | | #245858 |
Bog'liq “tarmoq xavfsizligi”IP-marshrutlash chizmasi
IP-marshrutlash mexanizmini 2-rasmda keltirilgan tarmoqlardan iborat bo‘lgan tarmoq, ya’ni internet misolida ko‘rib chiqamiz.
2-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoqda marshrutlash tamoili.
Ushbu tarmoqda raqamlangan kvadratlar shaklida keltirilgan 20-ta marshrutizatorlar yordamida, 18-ta tarmoq osti tarmoqlari - N1, N2, … , N18, bitta umumiy tarmoqqa birlashtirilgan. Har bir marshrutizatorda, hamda A va V bog‘lamlarda, ya’ni kompьyuterlarda IP-protokollar o‘rnatilgan.
Marshrutizatorlar tarmoqlarniulash uchun mo‘ljallangan bir nechta interfeyslarga (portlarga) ega. Marshrutizatorning har bir interfeysini tarmoqning alohida bog‘lami sifatida qarash mumkin. Har bir interfeys tarmoq adresiga va unga ulangan tarmoq osti tarmog‘ining lokal adresiga ega bo‘ladi. Masalan 1-raqamli marshrutizator N1, N2 va N3 tarmoqlarga ulangan uchta interfeysga ega. Ushbu portlarning tarmoq adreslari IP11, IP12 va IP13 qilib belgilangan. IP11 interfeysi N1 tarmoqning bog‘lami hisoblanadi, shunga ko‘ra uning IP11 portining tarmoq adresi qismida N1 tarmoqning adresi yozilgan bo‘ladi. Mos ravishda IP12 interfeysi N2 tarmoqning, IP13 interfeysi esa N3 tarmoqning bog‘lami hisoblanadi. Shunday qilib marshrutizator, har bir bog‘lami o‘z tarmog‘iga tegishli bo‘lgan, bir nechta bog‘lamlar to‘plami sifatida qaralishi mumkin. Marshrutizatorlar yagona qurilma sifatida, alohida tarmoq va alohida lokal adresga ega emas.
Tarmoqlardan iborat bo‘lgan murakkab tarmoqlarda, ikkita chekka qurilmalar - kompьyuterlar o‘rtasida paketlarni uzatish mumkin bo‘lgan bir nechta alьternativ marshrutlarni ko‘rsatish mumkin. A kompьyuterdan V kompьyuterga yuborilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali o‘tib o‘z manziliga etib borishi mumkin. Ushbu tarmoqda, A va V kompьyuterlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan yana boshqa bir nechta marshrutlarni ham ko‘rsatish mumkin.
Mumkin bo‘lgan marshrutlar ichidan biron-bir marshrutni tanlash vazifasini marshrutizatorlar, hamda chekka qurilmalar – kompьyuterlar amalga oshiradilar. Marshrutni tanlash, ushbu qurilmalar ega bo‘lgan, o‘sha paytdagi tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi axborotlar asosida, hamda marshrutni tanlash mezonlari asosida aniqlanadi. Bunday mezonlar sifatida ko‘p xollarda, paketlarni ushbu marshrutlar orqali harakatlanishi davomidagi kechikishi yoki harakatlanish davomida o‘tilgan oraliq marshrutizatorlarning sonlari olinadi. Ushbu axborotlarni taxlil qilish asosida, paketlarni harakatlantirish yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar, marshrutizatorlarning – marshrutlash jadvallariga yozib chiqiladi. 2-jadvalda 4-inchi marshrutizatorning, marshrutlash jadvali keltirilgan. Jadvalning birinchi ustunida paket etib borishi kerak bo‘lgan tarmoqning adresi ko‘rsatilgan. Ikkinchi ustunda marshrut bo‘yicha keladigan keyingi marshrutizatorning tarmoq adresi ko‘rsatiladi. Uchinchi ustunda marshrutizatorning, paketni uzatishi kerak bo‘lgan chiqish portining tarmoq adresi ko‘rsatiladi. To‘rtinchi ustunda esa, paket etib borishi kerak bo‘lgan tarmoqqacha bo‘lgan marshrutizatorlarning soni ko‘rsatiladi.
|
| |