• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Dars turi
  • Darsning borishi
  • Yangi mavzu bayoni: Sayohatni o‘tkazish
  • Tartib raqam Sinf




    Download 0,6 Mb.
    bet72/88
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #257828
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
    Bog'liq
    Tartib raqam Sinf

    Darsning maqsadi:
    Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga mаktаb аtrоfidаgi ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа qo‘llаnilаyotgаn ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyalаri, ularda shаkllаngаn tеjаmkоrlik tizimi, mеhnаt unumdоrligini hisоblаsh vаоshirish yo‘llаrini o‘rgаnish haqida ma’lumotlar berish.
    Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar mаktаb аtrоfidаgi ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа qo‘llаnilаyotgаn ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyalаri, ularda shаkllаngаn tеjаmkоrlik tizimi, mеhnаt unumdоrligini hisоblаsh vаоshirish yo‘llаrini o‘rgаnish haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
    Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
    Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
    Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
    Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish

    2. Davomatni aniqlash

    3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

    4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

    1. Uyga vazifani so‘rash:

    1. Savol – javob o‘tkazish

    2. Topshiriqlarni tekshirish

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Sayohatni o‘tkazish. Odatda sayohat qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanib, unda o‘quvchilarga korxonaning mazkur iqtisodiy rayon va umuman xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati yoritiladi. O‘quvchilar korxonaning mahsulotlari bilan ham tanishadilar, suhbatni texnika kabinetida yoki korxonaning tarixi, yutuq va an’analarini ifodalovchi stendlar bilan jihozlangan qizil burchakda o‘tkazish eng qulaydir. O‘qituvchi suhbat oxirida o‘quvchilarga korxona territoriyasidagi hatti - harakat qoidalarini tushuntiradi va yakka tartibda topshiriqlar berib, ularning qanday bajarilganini tekshirilishini aytadi. Sayohat ta’limiy vazifalarga bog‘liq holda o‘tadi. Masalan, o‘quvchilar korxonaga texnologik jarayon bilan tanishish uchun kelgan bo‘lsalar, tayyorlov tsexidan boshlab to pardozlash tsexigacha, ya’ni biror buyumni xomashyodan buyumga aylanishining hamma jarayonini kuzatadilar. Shu tariqa ular asta sekin bir tsexdan ikkinchi tsexga o‘tib, umuman korxonaning ishini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchi har xil texnologik jarayonlarning o‘ziga xos tomonlarini alohida ta’kidlaydi. Natijada o‘quvchilar faqat mazkur korxonaga xos texnologik jarayon haqida emas, balki boshqa korxonalardagi shunga o‘xshash jarayonlar haqidagi tushunchaga ega bo‘ladilar. Sayohat natij alarini yakunlash. Sayohat uning natijalarini yakunlash bilan tugaydi. Ko‘pincha mehnat o‘qituvchisi sayohat tugagach o‘quvchilar bilan birga texnika kabineti yoki qizil burchakka qaytadi va ular topshiriqni qay tarzda bajara olganini, buning uchun kerakli material to‘plagan – to‘plamaganini aniqlaydi. Shundan so‘ng yozma hisobotlarni topshirish yoki ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda yakunlovchi suhbat o‘tkazish vaqtini belgilaydi.


    1. Download 0,6 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




    Download 0,6 Mb.