Tasavvuf ta’limotining mumtoz adabiyot taraqqiyotdagi o’rni ahamiyati mundareja: kirish I bob. Tasavvufning paydo bo‘lishi va shakillanishi




Download 59,67 Kb.
bet4/8
Sana15.05.2024
Hajmi59,67 Kb.
#234364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shohruzning kurs ishi 00001

1.2. DUNYO DINLARI VA TASAVVUF

VII asrning ikkinchi yarmida Bag‘dod islom olamining siyosiy va madaniy markaziga aylandi. Hatto bu shahar tasavvufning markazi bo‘lib ham tanildi. Tasavvuf ta’limot sifatida shakllanib butun islom olamiga tarqaldi. Bog‘dod tasavvuf maktabining asoschisi Ma’ruf al-Karxiy (vaf. 810 y.) dir. U Erondan kelib chiqgan xristian oilasida tavallud topgan, o‘zini hayotining ko‘p qismini Bog‘dodning Karx kvartalida o‘tkazgan. Ma’ruf Karxiyning faoliyati Kufalik mashhur zohid Dovud at-To’iy (vaf. 782 y.) nomi bilan bog‘liq. Shuningdek Hasan al-Basriy xalqasining mashhur a’zosi zohid Farhod as-Sabaxhiydan ta’lim olgan. MA’ruf Karxiy o‘zining Karx mahallasidagi shaxsiy masjidida ma’ruza qilib ko‘p tarafdorlar to‘plagan. Uning asosiy targ‘ib qilgan tematikasi “rizo” o‘z taqdiridan Allohdan rozi bo‘lishni deb e’tirof etgan. Manbalarda aytilishicha u shunday degan: “Agar Alloh bandasini yaxshi ko‘rsa unga xayrli amallar eshigini ochadi”. Manbalarda Ma’ruf Karxiyning ko‘plab karomatlari zikr qilinadi, vafotidan keyin Dijla (Iroq) bo‘yidagi qabri ziyoratgohga aylanib Bag‘dod aholisiqurg‘oqchilik davrida uning qabri oldida duo qilib yomg‘ir yog‘dirish mumkin ekanligiga ishonganlar.


Farididdin Attor «Tazkiratul avliye»sida, Jomiy «Nafahotul uns» kitobida Ma’ruf Karxiyning ijtimoiy kelib chiqishi, ilmiy salohiyatiyu karomatlari haqida batafsil ma’lumot berishgan; ba’zi manbalarda uni Imom Rizo shogirdlaridan, deb uqtirishadi. U 200 hijriy yidda vafot etgan bulib, xoki Karxdadur. «Ravzatul jannat» kitobida bayon qilinishicha Junayd Bag‘dodiy Ma’ruf Karxiy ishtirokida Imom Rizodan xirqa kiygan ekan. «Rayhonularab» kitobining muallifi Muhammad Ali Mudarrisning bzishicha o‘nlab utmish mashoyixlari o‘zlarini bevosita Ma’ruf Karxiy shogirdlaridan, deb bilishgan va sho‘ning uchun ham «Ma’rufiya» guruhi tarafdorlari bulishgan. U Sharqda sufizm donishmandi sifatida juda mashhur bo‘lgan. Sa’diy SHeroziy bir she’rida «Karxda turbat ko‘p, ammo hech biri Ma’ruf qabridek Ma’ruf emas» deb yezib qoldirgan. Muhammad Siddiq Rushdiy uning otaonasi tarso edi, deb maxsus ta’kidlagan. U dastlabki muallimi bilan kelisha olmay, u yerdan qochib Imom Ali Raziollohu Anhu huzurida ta’lim olgan va uning xizmatida yurib islomni qabul qilgan. Va buning ta’sirida otaonasi ham islom­ni qabul qilishadi. U zamonasining Muhammad Mansur Tusiy singari mashhur allomalaridan ham dare olgan.
Naql qilibdurlarkim, Ma’ruf tahorat qilmoq uchun daryoga bordi. Ko‘rdilarkim bir avrat joynamoz va musxafni olibdurlar.
Orqasidin yurib yetib dedi:
— Ey avrat hech qarolag‘udek o‘g‘ling bormidur. Av­rat dedi:
— Yuqdur. Ma’ruf dedi:
— Andoq ersa qur’onni manga bergil, jaynamoz sanga halol bulsin.
Pirazan aning bu hukmidin taajjub qilib har ikkisini berdi va ketdi.
Naql qilibdurlarkim, bir kun Ma’rufning xonaqohiga bir necha musofirlar kelib erdi. qiblani bilmay o‘zga tarafga boqib namoz utadilar. Bir soatdin keyin namoz vaqti buldi. Ersa qibla tarafga boqib namoz utadilar. Ul musofirlar xijil bulib dedilarkim, ne uchun qiblani bizga xabar qilmading?
Ma’ruf dedi:
— Bizlar darveshdurmiz, darveshlarning o‘zgalar ishiga tasarrufi sig‘mas va e’tirozi yetmas. Andin keyin ul musofirlarni ko‘p rioyalar birla o‘zatdi.
* * *
Keltiribdurlarkim, Ma’rufning bir xolasi bor erdi, shaharning ulug‘laridan erdi. Bir kun utub borg‘uncha bir vayronalikda Ma’rufni kurdikim, bir sach birla non yeb o‘lto‘rubdur va bir luqma uzi yesa, bir luqma sachka beradur. Xolasi nomus qilib dedikim, sharm tutmasmusen kim sach birla vayronada taom yeb ulturubsen. Uyingda zan va farzandlaring birla o‘lturub yemassan.
Ma’ruf dedi:
— Sharm tutqonimdin sachka non berurman, deb havodin jonivorni qichqirdikim, kelib Ma’rufning ilkiga qo‘nub, qo‘lig‘a uzun yuzin surtar edi.
Ma’ruf dedi:
— Har kishi Xudodin sharm tutsa, hamma nimarsa aningdin sharm tutar.
* * *
Naql qilibdo‘rlarkim, bir ko‘ni Ma’rufning dare labida tahorati sindi, darhol tayammum qildi. So‘radilarkim, dare oldingizda turib, nechun tayammum qilursiz.
Ma’ruf dedi:
— Ehtimol borkim, to darega borguncha o‘lg‘ayman.
Naqldo‘rkim, bir kuni Ma’rufga shavq va ishtiyeq g‘olib keldi. Oldida bir tukuruk bor erdi. Tukurukni quchoqlab oncha quvradikim; yevuq erdikim tukuruk porapora bo‘ldi.
Ma’rufning tariqat ishida baland martaba va ulug‘ so‘zlari bor erdi.
Keltirubdirlarkim, javonmardlikning nishonasi uch narsadur: avval ulki vafo bobida xilof qilmag‘ay, ikkinchi ulki, sitoyish bavujud manfaatini kurmagan kishining ta’rifini qilur, uchinchi tilamasidan ilgari ato qilur.
Naql qilibdurlarkim, Ma’ruf aytur bandaning haqqi va Xudoy taoloning g‘azabining nishonasi uldurkim, lozim ermas nimarsalar birla ul bandaning nafsining kori borig‘a mashhur qilur.
Debdur, Xudoy taoloning avliyelarining nishonasi uch nimarsadur: avval ulki fikr andishasi Xudo uchun bulur, ikkinchi orom va qarori Xudo birla bo‘lur, uchinchi mashg‘ulligi Xudoy taolo bulur.
Debdur, har kishi cho‘ng bulmoqqa va xalqg‘a sarvar bo‘lmoqqa oshiqodur va ozulugdur, hargiz g‘amdin najot topmas.
Debdur, mani Xudoy taologa eltmakka bir yo‘l bilodurman, hammadin yevuqroqdur. Va ul yo‘l bo‘Do‘rki, kishidin hech nimarsa yemagil, agarchi bersang hamma kishiga bergil, garchi hech nimarsang bo‘lmasa ham.
Debdur, kishini yaxshi demakdin tilinglarni yig‘inglar, cho‘nonchi yamon demakdin parhez qilinglar. YA’ni, xohish qilmanglar, giybatdin parhez qilgondek.
Debdur, har ne tilasang, aning hazrati dargohidin tilagil, hamma dardlarning davosi andado‘r.
Debdur, har balo va ochiqlik va ranj sanga yetadur, mushaxhas bilgilkim, aning hushvaqtliqi ushal holni pinhon tutg‘onda pinhon hosil bo‘lur.
Bir kishi Ma’rufdin vasiyat tiladi. Ma’ruf dedi: Xudoy taolo seni kurib turodur. Uzingni gadolar qatorida tutgil, hazar qilg‘il uzingni ulug‘ ko‘rsatmakdin.
Ul kuni Ma’ruf og‘ridi. Sari Saqtiy aning boshig‘a kelib dedi: manga vasiyat qilgil. Ma’ruf dedi: man o‘lmasdin ilgari maning egnimni sadaqa bergil, xohishim ulki, dunyadin yalong‘och ketgayman, andog‘kim yalong‘och kelib edim.
Keltiribdurlarkim, bir kuni Ma’ruf ruza tutqon erdi va namozi digar vaqti bulub erdi, bozordin utub borg‘uncha Saqqo qichqirdikim:
— Bu suvni ichg‘on kishig‘a Xudo rahmat qilsun! Ma’ruf darhol saqqodin suvni olib ichdi. Dedi
larkim, ro‘zador erdingiz, ne bo‘ldiki, suvni ichdingiz? Ma’ruf dedi:
— Saqqoning duosidin utolmadim.
Va chun vafot qilg‘ondin keyin tushda kurub so‘rdilarkim:
— Xudoy taolo sanga ne ish qildi? Ma’ruf dedi:
— Ushal Saqqoning duosi borasida mani mag‘firat qildi.

Download 59,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 59,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasavvuf ta’limotining mumtoz adabiyot taraqqiyotdagi o’rni ahamiyati mundareja: kirish I bob. Tasavvufning paydo bo‘lishi va shakillanishi

Download 59,67 Kb.