Tasavvuf ta’limotining mumtoz adabiyot taraqqiyotdagi o’rni ahamiyati mundareja: kirish I bob. Tasavvufning paydo bo‘lishi va shakillanishi




Download 59,67 Kb.
bet5/8
Sana15.05.2024
Hajmi59,67 Kb.
#234364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shohruzning kurs ishi 00001

JUNAYD BAG‘DODIY
Sharkda «Tojalorifin», «Sultonalmuhaqqiqin», «Ustodaltariqat» nomi bilan mashhur bulgan Junayd Nahovandiy (Bag‘dodiy) IX asrning 20yillarida Bag‘dodda tug‘ilgan. Bag‘dod madrasalarida ta’lim olgan. Alloma qorisi Masohibidan (791—857) sufizm nazariyasi buyicha ta’lim oladi, bir necha oy uning suhbatida buladi. Junayd juda kup yeshlarning, jumladan Mansuri Hallojning ham ustozidir. U 91 yil umr ko‘rib, 910 yil Bag‘dodda vafot etgan.
Junayd Bag‘dodiy islom tarixi, nazariyasi hamda sufizmga doyr kuplab risolalar yezgan bo‘lsa ham, ular bizgacha yetib kelmagan yeki hali topilmagan. Avliye asarlaridan ba’zi parchalar, hikmatlardan namunalar turli manbalarda saqlanib qolgan. U sufizmda junaydiya ta’limotining asoschisidir. Junayd so‘fizmning boshqa nazariyetchilariga, jumladan Boyazid Bistomiyga qarshi ularoq, sufizm amaliyetida masti mustag‘raq uzidan ketishga nisbatan husherlikni afzal ko‘radi. Zeroki husherlik tabiiy holat bo‘lib, orif hamisha o‘zida bulib, husherlik bilan haqiqatga yetishi mumkin, deydi. Shunday qilib u so‘fistik ta’limotu amaliyetni islomga yaqinlashtirishga intildi. Abu Nasr Sarroj, Abu Ali Daqqoh, Abulqosimi qushayriy Ju­nayd tarafdorlaridandir. Islom bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan qodiriya, Naqshbandiya singari sufizm oqimlari namoyandalari Junaydiyani qullabquvvatlashgan.
Naqldurkim, Junayd doim ro‘za tugar erdi. Vaqteki yeronlari kelsa, o‘larni hurmat qilib ruzasini sindirur erdi. Va aytur erdikim, ruza tutqonning fazilati yeronlarg‘a yeriy bergondin ziyda ermasdur.
Naqldurkim, Junaydning va Abo‘bakr Kattoniyning oralarida ming masala yesho‘runub turg‘on erdi. Vaqteki Abubakr Kattoniy vafot qilur vaqti buldi, vasiyat qildikim bu masalalarni hech kishiga bermanglar va maning birla dafn qilinglar. Junayd aytur: men ham andog‘ dust tutar erdikim, bu masalalar xalqning ilkiga tushmagay erdi.
Naqldurki, Junayd ulamolar tariqasicha dastorfarajji kiyar erdi. As’hoblari dedilarkim, ey padari piri tariqat, na bulg‘aykim ustoz xotiri uchun xirqa kiymoqni lozim tutsangiz. Junayd dedi: agar bilmaski xirqa birla u hosil buladur, temurdin va utdin libos kiyar erdim. Lekin mening botinimga har dam nido qiladurlarkim, e’tibor xirqa kiymaqsa emasdur va kuymakdadur.
Naqldurkim, Junaydning so‘zi ulg‘aydi va Sari Saqtiy dedikim: sanga endi xalqqa nasihat qilmoq kerakdur. Junayd taraddud qilib, pirim va do‘stum turg‘onda so‘z demak odobdin emas deb, so‘zga rag‘bat qilmas erdi. To bir kecha tushida Hazrati Sallolohi alayhi vassallamni kurdi. Ul Hazrat dedikim, xalqqa so‘z degil! Junayd bu so‘zni Sari Saqtiyga aytg‘ali bordi. Ersa Sari eshikning tubasida muntazir turib ermish. Junaydni ko‘rgach dedikim: to bu damgacha o‘zgalar ham xalqqa so‘z aytgil demasun deb taraddud qilib yurgan erding. Emdi so‘z ayturg‘a ul Hazratdin amr buldi. Aytmoq kerak. Junayd qabul qildi.
Keltiribdurlarki, buzruklardan birlari Junayd qoshlarig‘a kelib erdi. Junaydni ko‘rdilarkim gazab birla bir kishiga achchiqlab o‘tiribdur. Surdi: Ey shayx man eshitib erdim, shayton tularoq farzandi odamga g‘azab va achchiq qilg‘on vaqtda g‘olib kelur. Bu soat sizni kurubmankim g‘azab va achchiq birla ulturubsiz. Shayton sizdan qochib ketodur. Junayd dedi: kurmading va eshitmadingmukim, bizlar g‘azab qilsak va achchiqlasak uzimiz achchiqlamasmiz. Balki Xudo uchun achchiqlarmiz. Nochor shayton hech vaqtda bizdan qochqondek qochmag‘usidir. Bizdan o‘zgalarning achchiq va g‘azabi o‘z nafsining nasibasi o‘cho‘n bo‘lo‘r. Agar Haq so‘bhanahu va taolo avizubillohu shaytonir rojiym uzi farmon qilmag‘on bo‘lsa, man xargiz shaytondin panoh topmas erdim.Keltiribdurlarkim, Ibni Sharih Junaydning majlisiga kelib erdi. Aningdin surdilarkim, Junaydni nechuk kurdingiz? Dedikim: uzini hud bilmasman va muncha bilurmankim, suzini eshitdimki. Xudoy taolo suzini suratga kelturub, Junaydning xohishidek aning tilidin joriy qilur.
Banda bulmoq ikki ish birla sobit bulur: biri ulkim rostlik birla oshkora va pinhon Xudoga muhtoj bulmoq. Ikkinchi hamma ishda Rasuli Xudoga iqtido qilmoq debdur.
Debdur, banda bulmoq tamomi shug‘ulni tark qil­moq va asl toatga yuz keltirmoq. Banda bu ikki ishni tashlamoqdir: biri ulkim, har nimarsaki, nafsning izzatidur, anga tuxtamoq, ikkinchi ulkim, say’ qo‘shishga e’timod qilmoq. Vaqteki bu ikki ish sandan yuq bulsa, bandalik haqqini ado qilmog‘oning bo‘lur. Bilmagaysan, ya’ni bu ne’matni maning uchun xalq qilg‘on, mani bu ne’mat uchun xalq qilg‘on emas, deb bilgaysan. Har kishikim o‘z nafsining nofayzlig‘ini kursa, degilkim Xudoy taloni sano qildi.


Download 59,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 59,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasavvuf ta’limotining mumtoz adabiyot taraqqiyotdagi o’rni ahamiyati mundareja: kirish I bob. Tasavvufning paydo bo‘lishi va shakillanishi

Download 59,67 Kb.