AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA UNING TA’LIMOTI




Download 59,67 Kb.
bet7/8
Sana15.05.2024
Hajmi59,67 Kb.
#234364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shohruzning kurs ishi 00001

2.2. AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA UNING TA’LIMOTI

Allomaning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin Subkiy, Xatib Bag‘dodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Sulamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.


Allomaning to‘liq ismi shuningdek, o‘zi tomonidan yozilgan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor ar-Rasul» («Payg‘ambar hadislarini bilishning nodir usullari»), «Ilm al-avliyo» («Valiylar ilmi»), «Xatm al-avliyo» («Valiylarning oxirgisi»), «Nazoir al-Qur’on» («Qur’on ibratlari») va «Al-Masoil al-maknuna» («Yashirilgan masalalar») kabi asarlarining nomlari yoinki muqaddima qismlarida ham aynan shu tarzda keltirilgan. Hakim Termiziy tavallud topgan sana haqida ham turli fikrlar keltiriladi. Odatda, o‘rta asrlarga oid yozma manbalarda aksar hollarda muallifning faqat vafot etgan yili ko‘rsatilib, tavallud etgan sanasi keltirilmaydi. Hakim Termiziyning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustiga o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda allomaning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (milodiy 869) deb yozilgan. Shuningdek, taniqli olim Hoji Xalifaning «Kashf az-Zunun» asarida ham yuqoridagi ma’lumotlar keltirilgan. Keyingi amalga oshirilgan tadqiqotlar bu ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. So‘nggi keltirilgan xulosalarga asoslanadigan bo‘lsak, alloma 205/820 yil tavallud topib, 320/932 yil 115 yoshida vafot etgan.
Hakim Termiziy asarlarining soni haqida ham turlicha fikrlar keltiriladi. Bu xususda ko‘plab tadqiqotlar olib borgan olimlarning ba’zilari ularning sonini to‘rt yuztaga yaqin desalar, yana boshqalari saksonta yoki qirqta ekanligini ta’kidlab o‘tganlar. Jumladan, misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, Hakim Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari uning ilmiy merosining muhim qismini tashkil etadi.
Hakim Termiziy asarlarining bosh mavzusi - «valoyat» va «avliyolik» masalasiga bag‘ishlanadi. U deyarli barcha asarlarida mana shu mavzuga alohida to‘xtaladi va tasavvuf ta’limotida bu mavzuni birinchi bo‘lib mukammal sharhlagan sufiy olimlardan biri hisoblanadi. O‘zining «Ilm al-avliyo», «Xatm al-avliyo», «Manozil al-ibod», «Ma’rifat al-asror», «G‘avr al-umur» va boshqa bir qancha asarlarida valiylikning ta’rifi, sifatlari, valiy inson xususiyatlari va darajalarini bayon qilib beradi.
Hakim Termiziyning «Ilm al-avliyo» («Valiylar ilmi») asarini nashrga tayyorlagan Somiy Nasr Lutf kitobning kirish qismida olimning valiylik haqidagi mufassal qarashlari boshqa kitoblaridan avvalroq, aynan shu kitobda keltirilganini ta’kidlaydi.
Hakim Termiziy ushbu asarining birinchi bo‘limida valiylik mavzusiga to‘xtalib, bu haqda shunday deydi: «Alloh taolo valiyni O‘ziga tomon ko‘targan va ummatlaridan unga yashirin karomat ato etgan. Ular o‘zlarini yomon ishlardan uzoq tutganlar va yomon xayollardan o‘zlarini tiyganlar. Valiylar Alloh taoloning yerdagi xos kishilaridir. Qiyomat kuni payg‘ambarlar va shahidlar ularning Alloh oldidagi maqomlarini ko‘rib havas qiladilar». Hakim Termiziy bu kitobida «Valiylarga itoat qilish xuddi xalifalar va payg‘ambarlarga itoat qilish kabi vojibdir», - degan fikrlarni bildiradi va Alloh taoloni quyidagi oyatini misol qilib keltiradi: «…Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz!». Aynan mana shunday qarashlari uchun ham u shariat ulamolari tomonidan tazyiqqa uchradi. Hakim Termiziy ushbu va boshqa asarlarida valiylik xususida o‘z qarashlarini aytib o‘tib, tasavvuf ta’limotida valiylik nazariyasi shakllanishiga asos soldi. Bu haqda shu bo‘limning 2-bandida batafsil yoritiladi.13
Hakim Termiziyning valiylik haqidagi qarashlari mukammalroq ochib berilgan asarlari orasida «Manozil al-ibod min al-iboda» («Bandalarning bandachilikdagi manzillari») asarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Bu asar ikki bobdan iborat bo‘lib, bandachilik (Haqqa bandalik) qilishda, ya’ni, sayru suluk yo‘lida solikning bosib o‘tishi kerak bo‘lgan ma’naviy manzillari haqidadir. Tasavvuf ta’limotida bunday manzillar hol va maqomlar deb ham aytiladi. Asarning birinchi bobida keltirilgan manzillarning qisqa izohlari ikkinchi bobida to‘liqroq ochib beriladi.
Hakim Termiziy manzillar haqida gapirar ekan, Qur’oni karimdan va hadislardan dalillar asosida yetti manzilni keltirib o‘tadi. Birinchisi tavba manzili, ikkinchisi dunyoda zohidlik manzili, uchinchisi nafs dushmanligi manzili, to‘rtinchisi muhabbat manzili, beshinchisi hoyu havasni uzib tashlash va undan poklanish manzili, oltinchisi qo‘rquv manzili va nihoyat yettinchisi qurbat manzillaridir. Bu asarda valiylarga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida shunday deydi: «Alloh O‘z avliyolarini, solih bandalari va payg‘ambaru rasullardan peshqadamlarini molu dunyodan bebahra qilganini zohidlik yo‘liga kirganlar biladilar. Alloh ularga avratni yopib yurish va ochlikdan saqlanib yurish uchun kifoya qilgudek dunyoga ega bo‘lishlik imkonini bergan. Alloh O‘zining avliyolari va asfiyolar uchun dunyoning saroy va qarorgoh bo‘lib qolishiga va shuningdek, ularni dunyoga ajablanish ko‘zi bilan qarashlariga va unga ko‘ngil qo‘yishlariga rozilik bermagan» - deya quyidagi oyatni keltiradi: «Siz (kofirlardan ayrim) toifalarni sinashimiz uchun bahramand qilgan dunyo hayoti go‘zalliklaridan iborat narsalarga ko‘zlaringizni termultirmang! Robbingizning rizqi yaxshi va boqiyroqdir».
Alloma o‘zining «Masoil ahli Saraxs» asarida valoyat va muhabbatning ma’nosi xususida so‘ralgan savolning javobida Allohning valiylari kimlar ekaniga to‘xtalib, valiylikning ikki turi xususida shunday deydi: Valoyat (valiylik) ikki xildir: Bandani Allohga adovat girdobidan tortib chiqaradigan valoyat – tavhid valoyati. Ikkinchisi esa, bandani xiyonat girdobidan tortib chiqaradigan valoyat. U bilan Alloh azza va jallaning amin ishonchli bandalaridan biriga aylanadi. Bu banda Alloh yo‘lida nafsi bilan kurashadi. Alloh uchun nafsi hamda yetti tana a’zosini Alloh harom qilgan narsalardan tiyadi. Farzlarni ado etadi va o‘zida vara’ (xudojo‘ylik, parhezkorlik)ni hosil etadi. Yana bu asarda banda o‘z nafsi bilan kurashishi, yomon ishlardan o‘zini uzoq tutishi, Allohning buyurganlarini ixlos bilan ado etishi natijasida Alloh taoloning valiysi – do‘stiga aylanishi, Alloh taolo ham uni hidoyat ato etish bilan siylab, nafsi va hoyu havaslari ustidan g‘alaba qozonishga yordam berishi va Alloh ham uning valiysi – do‘stiga aylanishi haqida aytib o‘tiladi.
Hakim Termiziy valoyatni valoyati omma (barcha mo‘minlar uchun xos) va valoyati xossa (Xaq vaslida fano va baqo maqomiga yetganlarga xos)ga ajratadi. Hakim Termiziy valiylarni ham valiy sidqulloh (sufiylar bu darajaga shariat va tariqatning barcha talablariga rioya qilgan holatdagina erishadilar) va valiy minnatulloh (bu martabaga sufiylar Allohning inoyati, ilohiy ishq bilan erishadilar), deb ikki guruhga ajratgan.
Shuningdek, Hakim Termiziy o‘zining payg‘ambar alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor ar-Rasul» («Payg‘ambar hadislarini bilishning nodir usullari») (Ba’zi manbalarda «axbor» so‘zi o‘rniga «ahodis» so‘zi qo‘llanilgan) yoki boshqa bir nomi «Salvat al-orifin va buston al-muvahhidin» («Oriflar tasallisi va muvahhidlar bo‘stoni») nomli asarida ham «valoyat», «valiylik», «ilhom», «farosat» kabi tasavvufga oid mavzularni keng sharhlaydi. Bu asarda Alloh avliyolarining alomatlari haqida to‘xtalib, yuqorida aytib o‘tilgan usulda shu mavzuga doir quyidagi hadislarni keltiradi:
Ibn Abbos (r.a) rivoyat qiladilar: Rasululloh (s.a.v)dan so‘radilar: «Allohning avliyolari kimlar?» Rasuli Akram javob berdilar: «Ko‘rganda Allohning zikri yodga tushadigan bandalardir». Boshqa bir rivoyatda esa: Rasululloh (s.a.v)dan so‘radilar: «Kimlar bilan o‘tirib hamsuhbat bo‘lganimiz xayrli, ey, Rasululloh?» Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Ko‘rinishi Allohning zikrini yodga tushiradigan, so‘zlari xayrli ishlaringizni ko‘paytiradigan, amali bilan sizlarga oxiratni eslatadigan bandalar bilan». Hakim Termiziy bu hadislarni quyidagicha tahlil qiladi: Hadisda keltirilgan sifatlarga ega bo‘lgan kishilar avliyolar bo‘lib, Alloh taoloning ularda zohiriy alomatlari namoyon bo‘lgan. Ularda Allohga qurbat ko‘rki, ulug‘vorligining nuri, haybatining hashamati, viqorining shukuhi mujassam bo‘lgan. Avliyolarga nazar solgan odam, ulardagi malakut asarini ko‘radilar. Bularning barchasi ularning qalblaridan nur oladi. Chunki qalb nur manbaidir, insonning yuzi mana shu manbadan suv ichadi. Agar qalbda va’d (oxirat xushxabari) va va’iyd (oxiratdagi tahdid) Sultoni (ya’ni Alloh taolo)ning nuri jo bo‘lgan bo‘lsa, u nur odamning yuziga qalqib chiqadi. Bu chehraga yuzing tushsa, u senga yaxshilik va taqvoni eslatadi. Qalbingga ezgulik mahobati, Alloh taoloning amrlarini bilish ilmi joylashadi. Agar insonning qalbida haqiqat Sultonining nuri jo bo‘lgan bo‘lsa, uning chehrasi senga rostgo‘ylik va to‘g‘rilikni eslatadi, seni esa haq yo‘ldan yurishga va hidoyatga undaydi. Agar uning qalbiga Alloh taoloning ulug‘vorlik, hashamat, kuch-qudrat nuri jo bo‘lgan bo‘lsa, u bandaga
nazar solishing senga Parvardigoringning azamatini, buyukligini va mahobatini eslatadi .
Hakim Termiziy o‘zining valiylik haqidagi qarashlarini asarlarining yozilish uslubidan kelib chiqib tahlil qiladi. «Ilm al-avliyo», «Xatm al-avliyo» kabi asarlarida valiylikning ta’rifi, sifatlari, valiy inson xususiyatlari va darajalarini batafsil bayon qilib bergan bo‘lsa, «Manozil al-ibod» asarida valiylar bosib o‘tishi kerak bo‘lgan manzillar xususida to‘xtalib, ularni birma-bir sharhlaydi. «Masoil ahli Saraxs» asarida valoyat va muhabbatning ma’nosi xususida so‘ralgan savolning javobida Allohning valiylari kimlar ekaniga to‘xtalib, valoyatning ikki turini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, payg‘ambar alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor ar-Rasul» asarida Alloh avliyolarining alomatlari haqidagi hadisni keltirib, shu asosida fikrlarini izohlaydi.14
Tasavvuf tarixida «xotam al-avliyo» iborasini birinchi marta Hakim Termiziy qo‘llab, Qur’oni karimdagi «...Va xotam un-nabiyyin» («...payg‘ambarlarning muhridir») oyatiga muvofiq, «Nabiylarning xatmi (muhri) bo‘lgani kabi valiylarning ham xatmi bor va valoyat olamidagi «Xotam al-avliyo» nubuvvat olamidagi «Xotam al-anbiyo» kabidir», degan fikrni ilgari surgan. Bu haqda o‘zining «Xatm al-avliyo» («Valiylarning muhri») nomi bilan mashhur – «Sirat al-avliyo» asarini ham yozgan.
Hakim Termiziy «Xatm al-avliyo» asarida valoyatning o‘n xususiyati, vahiy, ilhom, karomat, farosat, qurb mavzulariga alohida to‘xtalib, haqiqatga yetishishda ilm va aqldan tashqari yana bir ilohiy narsa – valiylik ham borligini bir necha o‘rinlarda ta’kidlab o‘tgan. Bu asar shayx va murid o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol-javob tarzida yozilgan bo‘lib, muqaddima va quyidagi 29 fasldan iborat:
Haqqulloh valiyligi.
Xudoning da’vati va bandaning ijobati.
Haqqulloh valiyligi va valiyulloh.
Ruhoniy savollar.
Avliyo va anbiyo ilmi.
Valiyulloh
Valoyatning o‘n xususiyati.
Xotam al-avliyo va xotam al-anbiyo.
Nubuvvat va valoyat.
Valiylar alomatlari.
Shaytoniy xavotirlar va nasxi ilohiy.
Ahl al- qurba (muqarrablar).
Xotam al-avliyo.
Bashorat.
Qur’on va ruh.
Mo‘minlar va valiylar tafakkuri.
Valoyat va nubuvvat o‘rtasidagi ahd.
Avliyo ahvolini inkor etuvchilar.
Valoyat, saodat, muhabbat.
Valiy va gunoh.
Valiy va ilohiy sirlar.
Hidoyat etilgan va tanlangan insonlar.
Vaqt va jazba.
Majzub.
Xotam al-avliyo.
Soxta avliyo.
Yaxshi va yomon davlat.
Din ahli.
Amallar va darajalar.
Hakim Termiziy bu asarning «Ruhoniy masalalar» deb nomlangan to‘rtinchi bobida 157 savol beradi hamda kitobning boshqa boblarida bu savollarning deyarli barchasiga javob berib o‘tadi.
Ushbu asarda «xotam al-avliyo» xususida quyidagi fikrlarni keltiradi: «Muhammad (s.a.v) to‘g‘rilik oyog‘ini boshqa payg‘ambarlarga nisbatan oldinroq tashlagan. U hamma payg‘ambarlarning xotamidir. Uning vafotidan so‘ng, ummatidan qirq kishi uning o‘rniga o‘tadi, shunda arz (yer) ular bilan qoim bo‘ladi. Ular rasulning ahli baytlaridir. Nasab jihatdan emas, zikr jihatdan uning xonadonidirlar. Bu qirq kishidan biri vafot etsa, o‘rniga ummatdan biri o‘rnini bosadi. Bularning sanog‘i tugab, dunyoning zavol vaqti kelgach, Alloh bir valiy yuboradi. Uni saralab, o‘ziga yaqin qilgan bo‘ladi. Avliyoga berganini unga ham bergan bo‘ladi. Unga «xatm al-valoya» (valoyat muhri) ham bergandir. Bu valiy qiyomatgacha boshqa valiylarga Allohning hujjati bo‘ladi. Muhammad (s.a.v)ning nubuvvat sidqi bo‘lganidek, uning ham valoyat sidqi bordir. Unga shayton ilasha olmas, nafs uni valoyatdan chalg‘itib, zavq-safoga yetaklay olmas. Muhammad (s.a.v) barcha payg‘ambarlarning sayyidi bo‘lganidek, xotam al-avliyo ham avliyolarning sayyidi va har xususda ularning peshqadami ya’ni xotamidir».

XULOSA

Biz yuqorida komillik ta’limoti – tasavvufning asosini tashkil etuvchi bosqichlar haqida fikr yuritdik. Inson islom shariati qoidalariga amal qilgan holda ma’naviyat jihatdan yuksala boradi. U qanchalik yuksala borgani sari ruxiyati turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ruhning turli hollarga tushishi tasavvufiy adabiyotlarda hol, maqom, manzil, rabot kabi tushunchalar ostida har xil nomlar bilan ataladi.


Kerakli joyda haq gapni aytib, haqiqatni barqaror etish, nohaqlik va fitna-fasod, zulmni fosh etish ham futuvvatga kiradi. Futuvvat ahlining odobi ham o‘ziga xos. Har bir kasb zgasining maxsus odobi bor. Chunonchi, bolalarda tomosha ko‘rsatuvchilar odobi, g‘azalxonlar odobi, devor uruvchilar odobi va hokazo. Bundan tashqari, hamma amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar ham ishlab chiqilgan. Masalan, javonmard safarga chiqqanda nopok odamlar bilan yurmasligi, nojo‘ya ishlar bo‘la-digan joylarga bormasligi kerak. Bundan tashqari kasal ko‘rishga borish odobi, mehmondorchilik odobi, ko‘chalarda yurish odobi, salom berish odobi va hokazolar mavjud.
Futuvvat—mardlik tariqati, o‘zaro yordam, muruvvat va mehribonlik ko‘rsatish, fidoyilik va fidokorlik ilmidir. Javonmard odamning so‘zi ham, ishi ham, niyati va fikrlari ham pok bo‘lgan. Ular xalqimiz axloqini tarbiyalashda katta xizmat qildilar. Javonmardlar axloqi bizning milliy axloqimizga aylanishi kerak, chunki futuvvatning ko‘p jihatlari odamlarimiz orasida to hanuz yashab kelmoqda. Kishilarimizning mehmondo‘stligi, odamoxunligi, mardligi o‘sha ajdodlar udumining merosiy davomidir.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchili tariximiz, xalqimizning etnik tarixi va ulug‘ allomalarimizning ilmiy merosga bo‘lgan munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Yurboshimiz ta’biri bilan aytganda: “O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan xalqning kelajagi albatta, porloq bo‘ladi”15.
Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotini vujudga kelish tarixini mavjud manba va adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilinib, quyidagi xulosalarga kelindi:

Download 59,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 59,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA UNING TA’LIMOTI

Download 59,67 Kb.