|
Xavfsizlik plakatlari va belgilari
|
bet | 16/33 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #147463 |
Bog'liq 374 29.11.2001Xavfsizlik plakatlari va belgilari
2.1.94. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar) xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlar harakatini taqiqlash, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilgandan keyingina ma’lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli obyektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun qo‘llanilishi zarur. Plakatlar va belgilar ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, ko‘rsatmali va ko‘rsatuvchi guruhlarga bo‘linadi.
2.1.95. Plakat va belgilar qo‘llash xarakteriga qarab muntazam hamda ko‘chma bo‘lishi mumkin. Muntazam plakat va belgilarni elektr izolatsiyalovchi materiallardan (tekstolit, getinaks, polistirol va h.k.) tayyorlash tavsiya qilinadi, beton va metall yuzalariga (havo elektr uzatish tarmog‘i ustunlari, kamera eshiklari va h.k.) esa, trafaretlar yordamida bo‘yoqlar bilan tushiriladi. Metall plakat va belgilar o‘rnatishga ham ijozat beriladi. Ko‘chma plakatlar elektroizolatsiyalovchi materiallardan (plastmassadan, kartondan) tayyorlanishi lozim. Ochiq elektr uskunalarida metalldan qilingan ko‘chma plakat va belgilarni qo‘llashga ijozat beriladi.
Xavfsizlik plakatlari va belgilarining ro‘yxati, o‘lchami, shakli, ishlatish joyi va sharti 7-ilovada keltirilgan.
2.2. Shaxsiy himoya vositalari
Himoya ko‘zoynagi
2.2.1. Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz goryelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.
2.2.2. Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.
Qo‘lqoplar
2.2.3. Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.
2.2.4. Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.
2.2.5. Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qo‘njlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qo‘njlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim yenglarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.
|
| |