• Nishonlar
  • Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov




    Download 5,1 Mb.
    bet99/174
    Sana22.05.2024
    Hajmi5,1 Mb.
    #250400
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174
    Bog'liq
    Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo` S.

    Konstantalar (o‘zgarmaslar) – dastur ishlaganda qiymati o‘zgarmaydigan miqdorlar;
    O‘zgaruvchilar – dastur ishlaganda qiymati o‘zgaradigan miqdorlar;
    Ifodalar – mos amallar bilan bog‘langan o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va funksiyalar;
    Operatorlar – dasturlash tilining tugal­langan biror amalini berish uchun mo‘ljallangan buyrug‘i;
    Funksiya va protseduralar – o‘z nomiga ega bo‘lgan alohida dastur qismlari. Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi;
    Nishonlar – dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko‘rsatadi.
    Paskal tilining buyruq va ko‘rsatmalari modul deb ataluvchi TPU kengaytmali maxsus fayllarda joylashgan. Ularga misol qilib system (sistem), crt (sierti), graph (graf) modullarini keltirish mumkin. Modullarning har biri ma’lum yo‘nalishdagi buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Masalan, system moduli Paskalning standart (asosiy) buyruqlarini, crt moduli ekran va klaviatura bilan ishlashga (ekranni tozalash, ekranda bir nechta alohida oyna hosil qilish,…), graph moduli esa grafik holatda ishlashga mo‘ljallangan buyruq va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Dasturda modullar zaruratga qarab ishlatiladi. Biror modul tarkibiga kirgan buyruqdan foydalanish uchun dastur boshida (sarlavhadan keyin) shu haqida ko‘rsatma berilishi kerak. Bu Paskalning maxsus so‘zi Uses yordamida amalga oshiriladi. Masalan, dasturda grafikadan foydalanish uchun, unga Uses graph; yozuvini kiritish kerak. Agar dasturda bir nechta modul ishlatilsa, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi. Masalan: Uses crt, graph;
    Paskal integrallashgan muhiti ishga tushirilganda system moduli avtomatik ravishda xotiraga yuklanadi. Shuning uchun Uses system; yozuvi ishlatilmaydi. Aksariyat dasturlar uchun system modulining o‘zi yetarli bo’ladi.
    Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o‘zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini ko‘rsatish) kerak bo‘ladi. Shundan so‘nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi, ya’ni Paskalda dastur ikki qismdan tashkil topadi.
    Paskal tilidagi dasturlar umumiy holda quyidagi tuzilishga ega:

    Download 5,1 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174




    Download 5,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasdiqlayman” Qo`shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi mmibdo`: S. Egamov

    Download 5,1 Mb.