• Nazariy qism
  • Tasdiqlayman




    Download 3,89 Mb.
    bet18/98
    Sana18.06.2021
    Hajmi3,89 Mb.
    #15109
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
    4 – AMALIY MASHG`ULOT
    Mavzu: Davriy bug’latish jarayonining hisobi. Bug’latilgan modda miqdorini aniqlash.
    Maqsad: Uzluksiz va davriy bug’latish jarayonlarini taqqoslash. Bir korpusli bug’latish qurilmasidan iborat bo’lgan bug’latish jarayonini hisoblash.

    Nazariy qism.

    Uchuvchan bo’lamagan moddalar eritmalarini ularning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo’li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug’latish deb yuritiladi. Agar bug’latish jarayoni qaynash temperaturasidan past temperaturalarda suyuqlikning yuzasidan ro’y bersa, bug’latish jarayonida bug’ eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi.

    Bug’latish jarayonida isituvchi reagent sifatida asosan suv bug’i ishlatiladi. Bunday bug’ birlamchi bug’ deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug’latish paytida hosil bo’lgan bug’ ikkilamchi bug’ deb ataladi. Eritmani bug’latish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim hollardagina, eritmalarni quyultirish uchun kerak bo’lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o’zaro kontakti orqali beriladi.

    Bug’latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimlarda olib borilishi mumkin. Eritmalarning xossalari va ikkilamchi bug’ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko’ra har xil bosimlar ishlatiladi.

    Vakuum ostida bug’latish bir qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past temperaturalarda olib borish mumkin, bu hol ayniqsa yuqori temperaturada parchalanib ketishi mumkin bo’lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo’l keladi. Bundan tashqari, vakuum ta’sirida isituvchi agent va eritma temperaturasi o’rtasidagi foydali farq ko’payadi, bu esa apparatning isitish yuzasini kamayishiga olib keladi, vakuum bilan bug’latish uchun nisbatan past parametrli isituvchi reagentdan foydalanish mumkin. Vakuum ishlatilganda ikkilamchi bug’dan qaytadan birlamchi bug’ sifatida foydalanish imkoni tug’iladi.

    Vakuum ostida bug’latish jarayonining kamchiliklari: vakuum ishlatish bug’latish qurilmasining narxini oshiradi, vakuum hosil qilish uchun kondensatorlar, tomchi ushlagichlar, vakuum nasoslar kerak bo’ladi, bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zarur bo’lgan sarf ham ko’payadi.

    Atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosimda bug’latishda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’dan qaytadan bug’latish jarayonida hamda bug’latish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maqsadlar uchun ajratilgan bug’ ekstra bug’ deb ataladi. Yuqori bosim bilan bug’latish jarayonida ekstra bug’ni ajratib olib ishlatish vakuum yordamida bug’latishga nisbatan issiqlikdan to’laroq foydalanish imkoniyatini beradi. Yuqori bosim bilan bug’latish eritmaning qaynash temperaturasining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug’latishni amalga oshirish uchun yuqori temperaturali isituchi reagent kerak bo’ladi. Shu sababli bu usul yuqori temperaturaga chidamli moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi.

    Atmosfera bosimi bilan bug’latishda ikkilamchi bug’ ishlatilmaydi, u atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bunday usul oddiy, lekin eng tejamsiz hisoblanadi.

    Ishlash rejimiga ko’ra bug’latish apparatlari davriy va uzluksiz bo’ladi. Kichik masshtabdagi ishlab chiqarishlarda va ayrim vaqtda eritmalarni yuqori konsentratsiyalargacha bug’latishda davriy ishlaydigan bug’latish apparatlari ishlatiladi.


    Ikkilamchi bug’




    W, I


    Suyuq eritma

    Gb, bb, ib


    Isituvchi bug’



    D, Ii

    Kondensat

    D, c, θ



    Bug’latilgan eritma

    Gk, bk, ik




    1-rasm. Markaziy sirkulyatsiya trubasi bo’lgan bug’latish apparati:

    1 – isitish kamerasi; 2 – separator; 3 – isitish trubalar; 4 – sirkulyatsiya trubasi.


    Download 3,89 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




    Download 3,89 Mb.