DJTga qarshi ko‘rsatmalar:
-
umumiy og‘ir ahvol;
-
diabetning og‘ir turlari;
-
giperglikemik koma;
-
gipoglikemik koma;
-
asoratlangan og‘ir diabet.
Vazifalari:
Jismoniy mashqlar kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. DJT da ertalabki mashqlar, sayr qilish, me'yorlangan suzish, chang‘i, mehnat terapiyasi qo‘llaniladi.
Jismoniy yuklamadan so‘ng artish, dush, qisqa muddatli cho‘milish, umumiy va mahalliy uqalash.
Jismoniy mashqlar har doim bemorning yoshi, umumiy ahvoli, yurak qon tomir tizimi faoliyatini hisobga olgan holatda me'yorlanadi.
Semirish – bu organizmda yog‘ to‘qimasining ortiqcha to‘planishi bilan xarakter-lanadi. (Erkaklarda 20%dan kam emas,ayollarda 25% umumiy odam organizmida bo‘ladi). Ekonomik rivojlangan davlatlarda 25-30 % aholi kasallanadi. Alimentar faktor asosiy bo‘lib hisoblanadi, kolloriyali ovqat ist'emol qilish, asosan yog‘ va uglevodlar hisobiga (birlamchi semizlik), harakatning kamligi asosiy o‘rinni egallaydi.
|