|
Tasdiqlqyman’’ maktab rahbari sana
|
bet | 2/2 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #160730 |
Bog'liq 2-sinf matematika 1 tenglamalar dars ishlanmaDarsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsni yakunlash
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. O'quvchilarga darsda rioya qilinadigan “Oltin qoidalar”ni eslatib o’tiladi.
Dars salom haqidagi she’r bilan boshlanadi.
Assalomu aleykum
Kattalarga hurmat bor
Kichiklarga izzat bor
Salomda zo’r hikmat.
Assalomu aleykum
Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
Manman bu kun navbatchi
Doskani ham artuvchi
Sanani ham aytuvchi
Gullarga suv beruvchi
Navbatchining axborotini tinglash.
Fasl haqida suhbat
Hozir o’lkamizda qaysi fasl?
Hozir o’lkamizda qish fasli.
Qish fasli haqida she’r ayting.
2023 yil qanday yil deb e’lon qilindi?
O’tgan mavzuni so’rash.
Qatorlar 3 guruhga bo’linadi.
1-qator – Bilimdonlar 2-qator – Topqirlar 3-qator – Donolar
3 guruhdan 3 o’quvchi doskaga chiqib o’tilgan mavzuni misol va masalalarini bajarishadi..
Guruhlar taqsimoti
Topdirlar, Bilimdonlar, Zukkolar, deb nomlanadi.
Topqirlar. Biz ham ortda qolmaymiz,
So’ngi o’rin bo’lmaymiz,
Chiqing, maydon kutamiz.
Qimmatli vaqt o’tmasin.
Bilimdonlar. Bizni chetga surmangiz,
Bellashishdan qo’rqmangiz,
Kamtar kamol derlar,
Haddingizdan oshmangiz.
Zukkolar ‘’Biz bo’lamiz birinchi,
Qani, yetib ko’ringchi,
Dars qilganmiz hamma vaqt,
Bizga bo’lar baland taxt’’.
Mashg‘ulotning borishi:
MATEMATIK TOPISHMOQLAR
Bir daraxtda o‘n ikki butoq,
Uch yuz oltmish besh yaproq.
Yaproqlarning bir yog‘i qora,
Bir yog‘i oq. (yil, oy, kun, kecha, kunduz )
O‘ynar uchta qiz bola ,
Go‘yo ochilgan lola.
Do‘stlari kelishdi beshta,
Ayt ular bo‘ldi nechta? ( 8ta )
Oppoq tovuq don cho‘qir,
Suv ichadi qorasi .
Necha tovuq bo‘ladi,
Qo‘shilganda olasi . ( 3ta )
Dars shiori: Matematika fanlar ichida shoh,
Biz uning sirlaridan bo’lamiz ogoh
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda har bir qatordan bittadan o‘quvchi chiqadi va misollar bajaradi.
Maqsad: noma’lum qatnashgan tenglik tenglama ekanini biladi. Tenglamada noma’lumni topadi.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beramiz. Diktant nima? Matematik diktant nima? Farqlari o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Matematik diktant tuzishni o‘rganamiz.
Tenglamalar tuzamiz va yechamiz.
1) 1-qo‘shiluvchi 34, yig‘indi 51 ga teng. 2-qo‘shiluvchi – ?
34 + x = 51 x = 51 – 34 x = 17.
2) Kamayuvchi 69, ayirma 49 ga teng. Ayriluvchi – ?
69 – x = 49 x = 69 – 49 x = 20.
Birinchi ustunga sonli ifodalarni, ikkinchisiga harfiy ifodalarni yozing. Sonli ifodalarning qiymatini toping
206 – d + 13 724 + t – 66 665 + 190 + 35
133 + 11- 108 220 – (459 – 360) 378 + m + 24
Zinama – zina metodikasi orqali misollarni bajaramiz
Yangi mavzu bayoni:
1. Mavzu haqida tushuncha berib boriladi. Tenglamalarni yechishni “Tarkibiy qismlar orasidagi bog‘lanishlar” mavzusini qo‘llab, tushuntiramiz. Tenglamani yechish – bu noma’lum tarkibiy qismni topish demak. Hisoblashlarni
bajaramiz va noma’lumlarni topamiz. Amallarga e’tibor beramiz? Qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
x – 17 = 34 35 – x = 30
x = 34 + 17 x = 35 – 30
x = 51 x = 5
2. Berilgan tenglamalarni yechamiz va yozamiz.
x – 29 = 15 y – 50 = 40 47 – x = 47
x = 15 + 29 y = 40 + 50 x = 47 − 47
x = 44 y = 90 x = 0
3. Qanday shakllar berilgan? Eslaymiz. Simmetriya o‘qi qanday o‘tkaziladi? Buklash yordamida shakllarning simmetriya o‘qini topamiz. Topshiriqni o‘quvchilar bilan birgalikda amaliy bajaramiz.
Guruhlarda ishlaymiz qani qaysi guruh tez va aniq bajaradi.
V. O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar va guruhlar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 9 – 10 - misol
Darslikning uydga vazifa qismida berilgan topshiriqlar sharti tushuntirib beriladi.
O’IBDO‘: _______ _________________________
|
| |