C. MICROSOFT ACCESS MOBT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Micorosoft Access dastlabki oynasi oltita ilova ya’ni dastur ishlaydigan olti ob’yektni ta’svirlaydi. Bular: «Таблиsы» (Jadvallar), «Запросы» (So’rovlar), «Формы» (Shakllar), «Отчyoты» (Hisobotlar), «Маkросы» (Makroslar), «Модuли» (Modullar).Jadvallar – MOning asosoiy ob’yekti, unda ma’lumotlar saqlanadi.So’rovlar – bu ob’yekt ma’lumotlarga ishlov berish, jumladan ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajaradi. Shakllar – bu ob’yekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson kiritsh yoki kiritilganlarni ko’rib chiqiqsh imkonini beradi.
Hisobotlar – bu ob’yekt yordamida saralangan ma’lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi. Makroslar – makrobuyruqlardan iborat ob’yekt bo’lib, murakkab va tez-tez murojat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Modullar – Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi ob’yekt.
Bundan tashqari “Sahifalar” nomli alohida ob’yekt mavjud bo’lib, bu ob’yekt HTML kodida bajarilgan, Web-sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’yektdir.
|