• MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari bilan birga “Yangi yil” tadbiri
  • 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga
  • Saxna to‘rida bobomiz Z.M.Bobur surati.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi




    Download 2,9 Mb.
    bet11/14
    Sana05.12.2023
    Hajmi2,9 Mb.
    #111610
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Metodist hisoboti yillik
    Alisher navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari g`oyibboyeva Rayh, Abdullayeva.G, 628, 26amaliy, 04-03 Metodist bolaning rivojlanishni nazorat qilish daftari, AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA, 5-sinf-informatika-testlar-1 (4), mustaqil ish yuzi, EMMT mustaqil ta'lim, kbhjv, 9 Ўзбекистон тарихи
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Avvalo shuni aytish kerakki, asosiy qomusimiz mustaqillik yillarida O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam huquqiy poydevoriga aylandi. Shu yillar davomida qaysi sohada qanday yutuqlarga erishgan bo‘lmaylik, bularning barchasiga Konstitutsiyaning hayotbahsh normalarini amalga tadbiq etish natijasida erishildi.
    Tadbir 2023-yil 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unga DMTT xodimlari, ota – onalar va n tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi. Tadbirni DMTT rahbari ochib barchani Konstitutsiyamizni 31 yilligi bilan barcha tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. DMTTda “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” “Konstitutsiya saboqlari” mavzusida guruh tarbiyachilari boshchiligida tadbir tashkil etildi. «Konstitutsiyamiz xuquq va erkinligimiz kafolati» shiori ostida huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. MTTda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun – mohiyatini va bayram shukuxini aks ettiruvchi devoriy gazetalar va rasmlar tanlovi katta va MTTga tayyorlov guruhlar o‘rtasida o‘tkazildi.
    Tadbirda foal qatnashgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar DMTT ma’muriyati hamda homiylar tomonidan maqtov yorlig‘lari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
    MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari bilan birga “Yangi yil” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir munosabati bilan MTT xovlisi va xonalar bayramona bezatildi, rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tantanali tadbirga ota-onalar, tuman MTB vakillaridan taklif etildi.
    Tadbirni MTT direktori ochdi. U o‘z tabrigida tarbiyalanuvchilarini yangi yilda omadlar tiladi va yaxshi baholarga o‘qishlari buning uchun hozirgi zamonaviy bilimga ega bo‘lishlarini tilab qoldi. Musiqa rahbari so‘zga chiqib, tarbiyalanuvchilarga omadlar tilab Yangi yilni yaxshi kutib olishlari, tunda ko‘chaga chiqmasliklari, pirotexnika vositalaridan foydalanmasliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantirib o‘tdi.
    MTTga tashrif buyurgan ota-onalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarni Yangi yil bilan tabriklashdi.
    Shundan so‘ng guruhlarning "Yangi yil" bayram dasturi namoyish etildi.
    Tadbirda Qorbobo, Qorqiz va Ertak qaxramonlarini chiqishlari tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Yangi yil bayramida Qorbobo, Qorqiz va ertak qaxramonlari bilan birga she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Tarbiyalanuvchilar ham Qorbobo va Qorqiz va yangi yil bayramiga atab she’r va qo‘shiqlar aytib berdilar. Tarbiyalanuvchilar tadbirda sho‘x musiqaga raqs tushdilar. Yangi yil bayram tadbirida tarbiyalanuvchilar juda mamnun bo‘ldilar. Bundan tashqari katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarini tayyorlagan ko‘ngilochar xajviya she’rlari, o‘yin-kulgulari bilan tadbir ishtirokchilariga bayram tuxfasi ulashildi.
    Tadbir yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda MTT xonasida o‘tkazildi
    2024-yil 14-yanvar kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi va 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga munosabati bilan tarbiyachi va guruhlar ishtirokida “Biz kichik posbonlarmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirga ota-onalar, MFY xodimlari, zaxiradagi harbiy xizmatchilar va ota-onalari taklif etildi.
    Tadbirni DMTT rahbari kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini «Vatan himoyachilari kuni» bilan tabriklab, faoliyatlarni yaxshi o‘zlashtirishlari, buning uchun hozirgi zamonaviy bilimga ega bo‘lishlarini tilab qoldi.
    Katta va MTTga tayyorlov guruhlari ishtirokida Vatanni sevish, uni ardoqlash, vatanparvarlik haqida turli xil ko‘rinishlarini tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.
    O‘tkazilgan tadbir tarbiyalanuvchi yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga hurmat ruhida tarbiyalanishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
    MTTgacha ta’lim tashkilotida 9-fevral kuni buyuk mutafakkir, davlat arbobi, g‘azal mulkining sultoni shoir bobomiz Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kunning 583 yilligi yuqori saviyada o‘tkazildi.
    DMTTning tayyorlov va katta guruhida ‘Navoiyga ta’zim” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. O‘rta guruhlarda esa, ochiq faoliyatlar o‘tkazilib, bolalarga buyuk bobomizning xayoti va ijodi haqida tushunchalar berildi, Bayram tadbirida tarbiyalanuvchilar bobomiz A.Navoiyning g‘azal, ruboiy va hikmatli so‘zlaridan aytib, bayram ishtirokchilarini xursand etdilar. O‘tkazilgan bayram tadbiri DMTT-oila-mahalla hamkorligida tashkil etildi.
    Tadbirda DMTT xududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
    Tarbiyalanuvchilar tomonidan aytilgan she’rlar, ijro etilgan o‘zbek milliy raqs va laparlari barcha tadbir ishtirokchilarini mamnun etdi.
    Bayram so‘ngida DMTT rahbari so‘z olib, o‘tkazilgan tadbir haqida o‘z fikr-muloxazalarini bildirdi. Ota-onalar so‘z olib bayram tadbirini juda chiroyli tashkil etilgani, bolalarning biyron tillarda g‘azal va ruboiylarni aytib berganliklarini ko‘rib xursand bo‘lishganini bildirishdi.
    DMTT xovlisi bayramona bezatilgan. Saxna to‘rida bobomiz Z.M.Bobur surati.
    Tadbirda MFY xodimlari, DMTT xodimlari, DMTTning tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
    Bayram tadbirini DMTT rahbari ochib berdi. Davraga tadbir ishtirokchilarini taklif etdi.
    Davraga bayram ishtirokchilari kirib keldi.
    Dastlab Bobomiz Z.M.Bobur ruboiylaridan va g‘azallaridan o‘qib berdilar. Katta guruh tarbiyachisi U.Rasulova bobomizning bosib o‘tgan yo‘llari haqida fahrlansa arzigudek ishlari haqida ma’ruza qildi.
    Buyuk shoirning 541 yilligini bag‘ishlangan “Bobur g‘azallarida yurt sog‘inchi” mavzusida adabiy tadbir o‘tkazildi.
    Tayyorlov guruh tarbiyachisi rahbarligida “Boburnoma – tarixiy me’muar asar” mavzusida kitobxonlar anjumani o‘tkazildi.
    Katta va MTTga tayyolov guruhi o‘rtasida Zaxiriddin Muhammad Boburning rasmlar chizish bo‘yicha rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
    O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari raqs namoyish etib, bayram ishtirokchilarining dilini hushnud qildilar.
    G‘olib bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga DMTT ma’miriyati va homiylar tomonidan esdalik sovg‘alar va fahriy yorliqlar topshirildi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 2,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi

    Download 2,9 Mb.