• “Nusxa ko’chirish”
  • Tasviriy san’at asrlaridan nusxa kochirishning o’ziga xos tomonlari




    Download 127.5 Kb.
    bet1/3
    Sana08.11.2023
    Hajmi127.5 Kb.
    #95746
      1   2   3
    Bog'liq
    1 mavzu Tasviriy san’at asarlaridan nusxa ko’chirish
    1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

    Mavzu: Tasviriy san’at asarlaridan nusxa ko’chirish (moybo’yoqda) (26 soat).



      1. .Tasviriy san’at asrlaridan nusxa kochirishning o’ziga xos tomonlari.

    Tasviriy san'at o’qituvchilarini tasviriy san'at namunalarini o’rgatish asosida tayyorlash va tasviriy san'at tеxnologiyasi va nusxa ko’chirish faniga tеgishli matеriallardan to’g’ri foydalanish mеtodikasi bilan tanishtirish tizimi, bir qator vazifalarni bеlgilaydi. Tasviriy san'at fanlarida amaliy mashg’ulotlar bajarish uchun turli matеriallardan foydalanish mumkin. Har bir bajarilayotgan vazifa uchun ushbu matеriallarni to’g’ri tanlay bilish, tasvirni muvaffaqiyatli bo’lishida qoida ahamiyatga egadir.


    “Nusxa ko’chirish”- asl asardan qarab yana bir xuddi o’shanday ish bajarish (taqliddan usul qo’llash)dir. Tasviriy san’at asarlaridan nusxa ko’chirish azaldan amalda qo’llanilib kelingan.
    Tasviriy san’atni o’rgatishning nazariy hamda amaliy qismida qalamtasvir va rangtasvir asarlaridan nusxa olish ham alahida o’rin tutadi.Bu boradagi ishlar o’quv tizimida azaldan mavjud bo’lib, unga ustoz rassomlar jiddiylik bilan amaliy yondoshganlar. Shogird tayyorlash ishida originallardan nusxa ko’chirish ishiga alohida e’tibor berganliklari va unga yetarlicha faqat ajratganliklari bejiz emas. Chunki, bo’lib-bilmay, tajribasizlik bilan taniqli rassom asridan nusxa olish naf keltirmasligi mumkin. Shuning uchun nusxasi olinishi kerak bo’lgan, shu vazifa talaba oldida ko’ndalang bo’lib turgan paytda, uning mohiyati va foydasi nimada ekanligini anglab olish zarur. Buning uchun chzilajak ish u hoh rangtasvir, hoh qalamtasvir yoqi xalq amaliy bezak san’ati namunasi bo’lsin uning texnologiyasi , ishlanish uslublari, foydalanilgan taviriy ashyolar jihatidan avval to’liq o’rganilib chiqilishi, so’ngra amaliy tomonga o’tilishi shart. O’tmish rassom- murabbbiylari o’z shogirdlariga shu nuqtai nazardan talabchan bo’lganlar. Ular talaba oldiga aniq maqsad sifatida asarni qanday qilib to’g’ri ko’chirish vazifasini qo’yib, uning yo’l yo’riqlqrini puxta o’rgatganlar. Avvalombor original ishning yaratilish texnikasi, texnologiyasi tahlil qilingan va uning yangi nusxa-ijrosi uchun nimalar kerakligi oldindan belgilab olingan. Masalan, shogirdr biror taniqli rassomning namunali, mashhur qalamtasvir asarini ko’chirish kerak bo’lsa, ishni boshlashdan avval u qanday qog’ozga nima bilan chizilganligini aniqlab olingan. Ish qanday bosqichlar asosida, qanday texnik usullarni qo’llab yaratilgani tadqiq qilingan. So’ng bqrcha jarayonlar original ishni ishlash jarayonidagidek bqjqrilgan. Unda rassom qo’llqgan barcha o’ziga xosliklar hisobga olinishi kerakligi e’tiborda tutilgan. Qadimgi badiiy akademiyalarda ham bu ishga jiddiy qaralgan va albatta o’quv jarayonida , ma’lum davr, faqat soatlar muzey zallarida nusxa ko’chirish mashqlariga ajratilgan. Tasviriy san’t sarlaridan nusxa ko’chirish, albatta qalamtasvir va rangtasvir asarlarinisaralab olib o’quv ta’limiga foyda keltiradiganini tanlab olishdan boshlanadi. Bunda ularning murakkablik darajasi ham e’tiborda tutilishi zarur. Ko’proq mashhur rassomlarning asarlaridan namuna sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda ularning qanday tasvirlash yo’llarida ishlanganligi qaytarilishi kerak. Chizuvchi originalni o’ziga talqin qilishi, o’zgartirish kiritishi lozim topilmaydi.
    Qalamtasvirlarni nusxa qilib ko’chirishda iloji bo’lsa, asl namunadan ko’chirish, uning o’lchamlari asl namunaga mos kelishi kerak.Aks holda ishdan kichiqlashtirib, yoqi kichkina reproduksiyadan kattalashtirib chizish jarayoni naf keltirmaydi. Chunki bunda rassom qo’llagan “priyom”larni asliga o’xshatish qiyin. Rangtasvirlardan nusxa ko’chirishda ham o’ziga yarasha qonun-qoidalarga amal qilinishi lozim. Buning uchun avvalo, talaba o’rganishi va o’zlashtirib o’rganishi mumkin bo’lgan jihatlari mavjud bo’lgan asar namunasi tanlab olinadi. Uning o’lchamlari aniqlanib, so’ng o’sha o’lchamdan bir, bir yarim santimetr kichiqroq yoqi kattaroq mato tanlanadi. Bunda asliyat qanday matoga ( qoida to’qimqdami, yoqi mayin satxlimi) ishlanganiga qarab ish yuritiladi. Nusxa uchun asliyatdagi kabi materialllar tanlanishi muhin. Shunda asl nusxasi originalga o’xshab chiqishiga erishiladi. ASgar asar muzey eksponati bo’lsa, uning reproduksiysi qo’l ostida mavjud bo’lsa ana shu namunananing kichiq suratini kataklarga chizish orqali kattalashtirib tarxini tushirib tayyorgarlik qilib olish mumkin. Bunda albatta asarning tasviri mashtabga muvofiq olinishi kerak. Shuningdek asarda qanday bo’yoq turlari va xillaridan foydalanilganligini anqlab olish taqoza etiladi. U suyuq yoqi quyuq surtmalarda ishlanganligini bilish, o’rganish ham muhim. Nusxa ko’chiruvchi faqat tasvir rejasi emas, balki rassom uslubini, texnik yollarini ham o’xshatish, undan mahorat sirlarini o’rganishi lozim.
    Nusxa ko’chirish rangtasvirlar ishlash jarayoni quyidagicha bajariladi:
    avval maqsadga muvofiq keladigan asar nusxa reproduksiyasi topiladi;
    _ namuna o’lchash asliga yaqin qilib olingan qalamtasviri ishlab chiqiladi;
    _ romga mato tortib guruntlanadi;
    _ asliyatda qanday bo’lsa shunday usulda, texnikada ishlashga hozirlanadi;
    _ asliyatda asosiy rol oynovchi ranglar politrasi tayyorlanadi;
    _ tayyor mato yuzasiga qalamtasvir tushiriladi, bunda qoraqog’ozdan foydalanish mumkin;
    qalm tarxi surkalib, ketmasligi uchun uning ustidan jigarrrang yoqi “o’ltramarin” bo’yoqni suyuqroq qilib kichkina muyqalamda yurgazib chiqiladi;
    _ tavir aniq bo’lgach ostsurtmalar bajariladi;
    - asta-sekin bo’yoq qatlami uatidan kerakli ranglar o’z vazifasiga ko’ra oshirib (ba’zi yerda suyq, ba’zi yerda quyuq qilib) boriladi;
    - rang berish jarayonida tasvir tarxi buzilib ketmaasligi kerak;
    -avval qoida muyqalam ishlatilib, tasvir detallashtirila boshlagach kichiqroq muyqalamlarga o’tiladi;
    - asl asarga bot-bot qarab, o’xshash-o’xshamayotganligi tekshirib turiladi;
    Asar nusxasi barcha ko’zda tutilgan talablar bajarilgach nihoyasiga yetkaziladi va xoshiya bilan bezatilishi kerak.
    San’at asarlaridan nusxalar olishda tasviriy san’at texnologiyasi bo‘yicha ilmiy- nazariy va amaliy jihatlarini talaba va o’quvchilar puxta o’zlashtirishlari kerak.
    Texnologiya borasida yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik, halq amaliy san’ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi
    Tasviriy san’at texnologiyasi va san’at asarlaridan nusxa ko’chirishni o‘rganishda bizga ish qurollari va jihozlar kerak bo‘ladi. Ular quyidagilardir:
    Akvarel va moybo‘yoq uchun mo‘yqalam, masxitin, qalam, sangina, pastel, ko‘mir tayoqchalar, etyudnik, maxsus moslamalar, planshet va shu kabilar kiradi. Ularning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limda ana shu materiallar bilan yaqindan tanishtiramiz. Ushbu materiallarnni bilmasdan turib, kerakli maqsadga erishish qiyin albatta.
    Qog‘o’z tasviriy san’atda tasvir chizish uchun ishlatiladigan materiallardan biridir.
    Qog‘ozning turlari quyidagicha: Vatman, poluvatman va torshun qog‘ozlari bo‘lib bo’lar eng yaxshi navli qog‘ozlardir. Vatman va poluvatman qog‘ozlarida qalamtasvir, grafik ishlar bajarish yaxshi samara beradi.
    Tarshun qog‘o’z yuzi g‘adir-budir bo‘lib unda akvarel bo‘yoqlari uchun juda qulay bo‘lib tasvirlangan asar yoqi amaliy ishlar juda ham sifatli bo‘ladi. Bu qog‘ozlarning tarkibiy qismi, juda zich bo‘lganligi tufayli tasviriy san’at darslarida juda unumli foydalaniladi. Qog‘ozlarning rangli turlari mavjud bo‘lib ular bilan sanginada, pastel hamda akvarelda etyudlar va esqizlar chizish mumkin.
    Qalam. Tariximizga nazar soladigan bo‘lsak, ijtimoiy davrda odamlar g‘orlarga, tog‘u-toshlarga turli xil tasvirlarni ishlab qoldirishgan. Ular tirnoqlari yoqi biron-bir qattiqroq narsalar bilan g‘orlarning devorlariga tirnalib, turli xil shakllarni yasashgan.
    O‘chirg‘ichlar ikki xil bo‘lib, ko‘kimtir va oq tusdagilar tasvir chizganda ishlatiladi. Qiziq‘ish tusdagi o‘chirg‘ichlardan tasvir chizganda foydalanilmaydi, chunki uning tarkibida «qum oyna» parchalari bo‘lib qog‘o’zini titib yuboradi. Tagliklar har xil tuzilishda bo‘lib, tasvir chizilishi lozim bo‘lgan narsa, kerakli natura uning ustiga qo‘yiladi, mashq bajaruvchi o‘zining didiga qarab kompozitsiya tuzishi mumkin.
    Pastel rangli qalamchalar bo‘lib pastelda ko‘pincha homaki tasvirlar (nabroska va zarisavka)lar bajarish mumkin. Pastelda tog‘ manzaralari, portret, qo‘sh va hayvonlarning tasvirini chizishda ko‘proq ishlatiladi.
    Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo‘llanilishi ham foydali. U bilan har qanday tasvirni tez va ifodali qilib chiqarsa bo‘ladi, faqat buning uchun uning texnikasini egallash kerak bo‘ladi.
    Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha tasvirlash vositalarini uzoq muddatda bajariladigan, hamda tezkorlik bilan ishlanadigan qalamtasvirlarda birdek muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin.
    Sous ma’lumki, sousni suvga qorib mo‘yqalamda qog‘ozga surtib tus berilsa, so‘ngra tasvirni retush qalamida ishlansa, o‘chirg‘ichdan ham unumli, bo’lib foydalanilsa har qanday o‘quv-mashq vazifani namunali va chiroyli qilib chiqarish mumkin. Tasvirning eng yorug’‘ qismlarini o‘chirg‘ich yordamida ustalik bilan o‘chirib bo‘rttirilsa, eng to‘q soyalarning sathi qora sous bilan bo‘yab yopilsa ish hajm tomondan juda fazoviylik kasb etadi.
    Mo‘yqalamlar. Mo‘yqalamlar ikki xil turga bo‘linib, ularning bir xillari moyli bo‘yoqlarga, boshqa xillari o’z akvarel bo‘yoqlariga mo‘ljallangan. Akvarel bilan ishlashda maxsus akvarel mo‘yqalamlaridan foydalanish lozim. Akvarel uchun ishlatiladigan mo‘yqalamlar yumaloq shaklda bo‘lib, mo‘ynasi uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug‘diradi. Mo‘yqalam bilan tasvir chizganda qog‘ozning yuzi buzilmasligi uchun bu mo‘yqalamlar maxsus yumshoq yunglardan yasaladi.
    Akvarel mo‘yqalamning kolonoq, olmaxon, savsar, yunglardan yasalgan turlari mavjud.
    Mo‘yqalamning yana bir turi moyli bo‘yoqlar uchun mo‘ljallangan mo‘yqalamlar bo‘lib ko’rakchasimon va yumaloq shaklda bo‘ladi. Mo‘yqalamlarning bandida raqami bo‘ladi. Bu raqam mo‘yqalam mo‘y qismining kengligini bildiradi. Raqamlardagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi.
    Shuning uchun moyli bo‘yoqlar va akvarel bilan ishlashda mo‘yqalamning kerakli raqami yuzaning qoida yoqi kichiqligiga qarab tanlanadi.
    Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida mo‘yqalamlarning raqamlariga qarab ish jarayonida ishlatiladi.
    Matoni gruntlash. Moyli bo‘yoqlar bilan rangtasvir ishini bajarish uchun maxsus tayyorlangan ashyolar-mato, taxta yoqi qalin qog‘o’z bo‘lish shart. Bo’lar orasida eng keng tarqalgani – mato (holos). Uni ishga tayyorlash uchun suyuq yelim va oq bo‘yoq kukunidan maxsus qorishma (grunt) tayyorlanadi. Gruntlashdan avvalo mato tagramga tortiladi.
    Tagram quruq taxtachalardan tayyorlanadi, taxtachalar bir-biri bilan yog‘och qoziqchalar biriktiriladi. Qiyshayib ketmasligi uchun unga matoni mixlashni ramkaning o‘rtasidan boshlab, burchagi tomon asta tekislab boriladi va mixlar ham 1,5-2 ham masofada qoqiladi. Tortilgan mato avvalo qoida mo‘yqalam bilan ho‘llanadi, u qurigach bir sidra yelim eritmasi yupqa qatldam qilib surtiladi.
    Yelimni tayyorlash uchun uni maydalab, sovuq suvda bir necha soat ivitib quyidagi va maxsus idishga solib, qaynab ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, kavlab turib sust olovda eritiladi. Yelimlangan mato quyosh tushmaydigan soya joyda, xona ichida quritiladi. Bir necha soatdan so‘ng yelim qatlami qurilgach mato usti qumqog‘o’z bilan ishlov berilib silliqlanadi. Uning to‘qimasi oralari yaxshi yopilguncha bir necha marta yana yelim qorishmasi surtiladi. Gurunt tayyorlash uchun 1:5 yoqi 1:20 miqdorida yelim eritmasi tayyorlanadi. Unga oq bo‘yoq qo‘shib qaymoqsimon holatga kelguncha qorishtiriladi va matoga so‘nggi marta surkaladi. Gurunt tayyorlash uchun yelim eritmasi Mayin bo‘r kukuni qo‘shsa ham bo‘ladi. Uni quyidagicha tayyorlab ishlatsa ham maqsadga muvofiq keladi. Avvalo idishga bo‘r kukuni solinadi, so‘ngra suv quyib tez-tez qorishtiriladi, biroz tindirib, ustidagi sutga o‘xshash suyuqlik boshqa idishga olinadi. Bo‘rning quyiqasi idish tagida qoladi. Bir o’z faqat o‘tgach, ikkinchi idishning tagiga bo‘rning Mayin erigan zarrachalari cho‘qoida, undan matoga ishlov berish ishida bemalol foydalansa bo‘ladi. Bunday birikma bilan yelimlangan matoni bir marta tekis qilib qoplansa kifoya.
    Agar ikkinchi marta gruntlash zarur bo‘lsa, eritmaga bo‘r kukuni bilan barobar miqdorda oq bo‘yoq kukuni qo‘shish lozim bo‘ladi.
    Moybo‘yoqlar bilan ishlaganda ularning ba’zi birlari mato yaxshi, ba’zi o’z yomon surkaladi. Ularning bu xususiyatidan bo’lib, unumli foydalanish kerak.
    Ma’lumki, rangtasvir asarlarining mustahkamligi va uzoq saqlanishi gruntlarning sifatiga bog‘liq. Sifatsiz qoplama (grunt) asar sathining tez O’rta yorilib ketishiga, uning bo‘yoqlari ko‘chib ketishiga asosiy sababchi bo‘ladi. O‘zlari qoplama, tayyorlab matoga ishlov beruvchi rassomlar yoqi o‘quvchilar ularni tayyorlash qoidalariga qoida e’tibor berishlari kerak.
    Politra.
    Moybo‘yoq bilan rangtasvir ishlash uchun Palitra va boshqa asbob-uskunalar zarur bo‘ladi.
    Palitrani qattiq va yengil daraxt turlaridan tayyorlanadi. Ularning eng yaxshisi yong‘oq, o‘rik, tut daraxtlaridir.
    Palitralar oval va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lishi mumkin.
    Qoida hajmdagi surat ishlash uchun kattaroq palitra ishlatish maqsadga muvofiqdir.
    «Tubik»dan siqib tushirilgan bo‘yoqlarning moyini shimib ketmasligi uchun palitraga qaynatilgan kanop moyini surkab shimdirish lozim, 2-3 kun turgandan so‘ng palitradagi moy shimilib quriydi, qiyin unga tubikdan bo‘yoqlarni quyidagi tartibdi joylashtirish mumkin. Oq, sariq, zarg‘aldoq, qizil, oxra, jigarrang, yashil, havorang va hoqazo. Ular to‘q ochligi yoqi iliq yoqi sovuq ranglar bo‘yicha ajratib chiqarilishi ham mumkin. Palitrani ishlatib bo‘lgandan so‘ng albatta mastixin bilan tozalab, latta bilan artib qo‘yishga odatlanish lozim.
    Bo‘yoqlarni quyidagi tartibda quyilsa ishlash uchun qulay bo‘ladi:
    Yuqori qatorda o‘ng tomondan issiq bo‘yoqlar – oq, sariq, zarg‘aldoq, qizil, jigarrang, Palitraning chap tomonidan sovuq rangdagi bo‘yoqlar barikaram, ko‘k, zangori, qora joylashtiriladi, bunda biz iliq va sovuq ranglarni yaqqol ajrata olamiz. Palitraning o‘rta qismida o’z bo‘yoqlarni qorishtirish va aralashtirish mumkin.
    Rangtasvir bilan shug‘ullanganimizda, albatta, palitrani chap qo‘limiz bilan ushlab, o‘ng qo‘l bilan bo‘yoqlarni qorishtirib, rangni topamiz. Nima uchun biz palitrani chap qo‘l bilan ushlab, qo‘limizga yaqinroq olib kelib rang topamizq Bunga bir misol keltiraylik. Yevropa qoidasiga muvofiq skripka chalganda chap yelkasiga skripkaning tag tomonini qo‘yib chalsa, chaluvchining qulog‘iga tovush ohanglarining nozik tomonlari yaxshi eshitiladi. Rangtasvirda o’z rassom politrada bo‘yoqlarni aralashtirayotganda ko‘zga yaqin olib kelsa, qorishtirilayotgan bo‘yoqlarning nozik ranglarini osonlik bilan topa oladi.
    Masxitin moy bo‘yoqlarda ishlatiladigan ish quroli. Bunda ranglarni bir-biriga aralashtirish va qalin qatlam yuzasiga ranglarni berishda foydalaniladi.
    Masxitin yordamida keskin va uzib-uzib ishlash, ularga mazoq berish usulida keng foydalanish mumkin.
    Etyudnik – etyud ishlashga moslashtirilgan ko‘chma dastgoh. Bunda rangtasvir mashg‘ulotlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Etyudnikning qulayligi shundaki moy bo‘yoq mashg‘ulotlarida ishlatiladigan barcha ish qurollarini joylashtirish mumkin.
    Etyudnikning yana bir qulayligi shundaki, duch kelgan joyda ya’ni har xil sharoitda etyud ishlash uchun kerakli ko‘chma dastgohdir.



      1. Download 127.5 Kb.
      1   2   3




    Download 127.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasviriy san’at asrlaridan nusxa kochirishning o’ziga xos tomonlari

    Download 127.5 Kb.