• Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga e’tibor berilgan
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi




    Download 27,74 Kb.
    bet2/3
    Sana12.02.2024
    Hajmi27,74 Kb.
    #154880
    1   2   3
    Bog'liq
    3-мавзу.

    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
    -o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
    -o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
    -ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
    Bugungi kunda ta'limning eng asosiy tayanch bo‘g‘ini hisoblanuvchi umumiy o‘гta ta'lim maktablari uchun Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilayotgani va "Milliy o‘quv dasturi" deb nomlanishining o‘zi bizga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlarga o‘zbek tilini intensiv o‘rgatishni ta'minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
    1-2-sinflardagi matematika darslari umumiy o‘rta ta'lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o‘qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo‘lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi.
    Prezidentimiz o‘z ma'ruzasida darsliklar yaratishga jiddiy e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi. Undan kelib chiqqan holda o‘zimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni o‘qitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy e'tibor qaratishimiz, amaliyotchi o‘qituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan o‘tkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli bo‘ladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq o‘rganish,
    loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
    Darsliklarni tayyorlashda o‘quvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud bo‘lgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga o‘zgartirish kiritiladi. Yana bir e'tiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bog‘liqlik hamda sinflararo uzviylik ta'minlanishiga yana-da jiddiy e'tibor qaratiladi. Darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari o‘quvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qo‘shimcha ma'lumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar o‘rnatiladi.
    Umumiy o‘rta ta'limning tarixida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta'lim standarti, o‘quv dasturlarini tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning darsliklarning mazmuniga nisbatan bildirgan fikr-mulohazalari, ta'limning keyingi bosqichi hamda zamonaviy mehnat bozorining real talablari asosida, xorijiy davlatlarning ta'lim sohasida erishgan natijalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilmoqda.
    Mazkur dastur 6 ta komponentdan iborat bo‘ladi:
    1) umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari;
    2) umumta'lim fanlarining konsepsiyalari;
    3) umumiy o‘rta ta'limning o‘quv rejasi;
    4) umumta'lim fanlarining o‘quv dasturlari;
    5) umumta'lim fanlarini o‘qitish metodologiyasi;
    6) baholash tizimi.
    Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta'minlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi. Amaldagi davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘quv-me'yoriy resurslari bilan qiyoslash orqali o‘rganib chiqilmoqda, ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda Singapur, Koreya Respublikasi, AQSH, Gongkong va
    Yaponiya kabi davlatlar tajribalaridan tashqari umume'tirof etilgan xalqaro baholash dasturlari talablari va metodologiyasi inobatga olinmoqda.
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi va xalqaro ekspertlar tomonidan Milliy o‘quv dasturining loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda va 2020-2021 o‘quv yilida hududiy xalq ta'limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari hamda tegishli oliy ta'lim muassasalarida ekspertizadan o‘tkazilishi belgilab olindi.
    O‘quv dasturi ta'lim qaysi yo‘nalishda ketishini belgilab beradigan, muayyan fan mazmunini ta'lim bosqichlari, umumta'lim sinflar kesimida uzviylik va uzluksizlikda taqsimlangan tarzda yoritilishini belgilab beradigan me'yoriy hujjat sanaladi. Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'lim bo‘g‘ini hisoblanuvchi ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun o‘zbek tili fani bo‘yicha tuziladigan o‘quv dasturi mazmun-mohiyati bilan o‘zidan avvalgi maktabgacha ta'limning davomi bo‘lishi va ayni vaqtda o‘zidan keyingi ta'lim bosqichlari uchun tayanch bo‘lishi kerak. Bugungi kungacha o‘zbek tili fanidan tuzilgan o‘quv dasturlarida ta'limning kommunikativ-nutqiy yo‘nalishiga mos ravishda kompetensiyaviy yondashuv asosida yildan yilga takomillashtirib kelindi.
    Ta'lim bosqichlari uchun mavzularni taqsimlashda takrorlar, qaytariqlar bo‘lmasligiga, bilimlarning osondan murakkabga qarab qanday o‘stirib borishga jiddiy e'tibor qaratildi. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida o‘tkazilgan muhim islohotlar, xususan, bu maktabgacha ta'limni uzluksiz ta'limning birlamchi bo‘g‘iniga aylantirilgani va bolalarga ta'lim berishni bog‘cha yoshidan boshlab yo‘lga qo‘yilgani, albatta, o‘quv dasturlarini yana qayta ko‘rib chiqishni va tubdan yangilashni taqozo etadi. Ta'limni bolalarga kichik yoshidan boshlash juda katta samara beradi va buni buyuk ajdodlarimiz misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu nihoyatda to‘g‘ri qaror tufayli bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga tillarni ilk bosqichdan o‘qitish boshlab yuborildi, rus guruhlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus "Ilk qadam" dasturi ham tuzildi. Uzviylik va uzluksizlik talablariga ko‘ra ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tilini 1-sinfdan boshlab o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Biroq bugungi kunda chet tillarini o‘rgatish 1-sinfdan boshlangani holda, respublikamizning davlat tilini 2-sinfdan boshlashning o‘zi jiddiy xato bo‘lsa, ikkinchi tomondan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘zbek tili maxsus dastur asosida o‘rgatilsa-da, o‘zbek tilini o‘qitishni 2-sinfdan boshlash uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga mutlaqo ziddir. Milliy o‘quv dasturi, avvalo, ushbu islohotni amalga oshirishi kerak. Bu o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish kerakki, maktab ta'limida chet tillarini o‘qitish 1-sinfdan, ammo yozish amali esa 2-sinfdan boshlanadi. Natijada 2-sinfda lotin yozuvining 2 xil varianti (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va ingliz tili alifbosi) o‘rgatiladi. Lotin yozuvining 2 xil shakli uchun yarim yil vaqt berilishi, ya'ni ingliz va o‘zbek orfografik qoidalarni bir vaqtda o‘rganish natijasida o‘quvchilar ushbu me'yoriy qoidalarni aralashtirib qo‘llashga, bu esa yozma savodxonlikning keskin pasayib ketishiga, husnixatga mutlaqo e'tibor bermaslikka olib kelmoqda. Biz o‘zbek tilini o‘qitishda 1-sinfning 1-yarmida faqat og‘zaki nutq ustida ishlash bilan boshlashni, ya'ni o‘quvchilarda avval to‘g‘ri talaffuz me'yorlarini shakllantirish va lug‘at boyligini o‘stirishni; 1-sinfning 2-yarmidan boshlab esa yozuvni o‘rgatishni boshlashni taklif etamiz. Natijada, ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar o‘quvchilariga har bir yozuv ko‘nikmasini puxta egallab olishlari uchun yarim yildan vaqt beriladi.
    Milliy o‘quv dasturida e'tibor qaratilishi kerak bo‘lgan ikkinchi asosiy masala, ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani mamlakatimizda yashovchi turli millatlar vakillariga xorijiy til sifatida emas, til muhitida o‘qitiladi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi turkiyzabon, ko‘pchiligi o‘zbek. Shu jihatdan dastur tuzuvchilari tanlagan yondashuv — o‘zbek tilini xorijiy til sifatida chet tili kabi o‘qitish ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun aslo mos emas. Dastur o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak va beriladigan fanga oid ma'lumotlar takror va qaytariqlarsiz osondan qiyinga tomon uzviylik va uzluksizlikda o‘stirib borilishi kerak. Afsuski, tavsiya qilinayotgan Milliy o‘quv dasturida uzviylik va uzluksizlikka mutlaqo e'tibor qaratilmagan, unda o‘zbek tilida savodli gapirish va yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan vositalar o‘quvchilar yoshiga mos holda uzviylik va uzluksizlikda berilmaganligi oqibatida takror va qaytariqlar ko‘payib ketgan, ko‘plab kerakli ma'lumotlar tushib qolgan, dastur o‘quvchi berilayotgan vositalarni tushunib qo‘llashi va o‘z xatosini o‘zi tuzata olishiga yo‘naltirilmagan. Aslida, hozirgi kunda bajarishimiz kerak bo‘lgan asosiy ishimiz ta'lim metodini yangilash, o‘zbek tilidan beriladigan nutqiy va lingvistik materiallarni bir-biriga singdirgan holda oson yo‘l bilan o‘rgatishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish edi.
    Avvalgi o‘quv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga yo‘naltirilgan. Yangi Milliy o‘quv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat bo‘ladi va o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
    O‘quv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida o‘quvchilarda shakllangan ko‘nikmalar baholanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari optimallashtirilib, o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra fanlarni tanlab o‘qish imkonini beruvchi variativ o‘quv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
    Milliy o‘quv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda o‘qitiladi. Ya’ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritiladi.
    Maktablarda to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tish 2025 yilda yakunlanadi. Buning uchun metodik yondashuv o‘zgarishi va yangicha darsliklar yoza oladigan mualliflar maktabi shakllanishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
    Respublika ta’lim markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 fandan milliy o‘quv dasturlari loyihalarini yaratishga 246 nafar ekspert, shu jumladan, maktab o‘qituvchilari, metodistlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda UNICEF va USAID tashkilotlaridan xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
    Respublika ta’lim markazi direktori SHuhrat Sattorov so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar maktab ta’limidagi eng katta muammolar — ta’lim mazmunining eskirganligi, darsliklarning asosan nazariy bilimlarni yodlatishga qaratilganligi va akademik tilda yozilganligi edi. «2020 yilda yaratilishi boshlangan milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan», — deya ta’kidladi u. Misol uchun, ona tili fani orqali og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, turli matnlarni tushunish, matematika fani orqali matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish, tabiiy fanlar orqali tadqiqotchilik va atrof-muhitni asrash, tarix fani orqali davrlarni solishtirish va tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tushunish, tasviriy san’at orqali ijodiy fikrlash, informatika fani orqali raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga e’tibor berilgan.
    Milliy o‘quv dasturining oldingi dasturlardan yana bir katta farqi — chiziqli yondashuvdan spiralsimon yondashuvga o‘tilganligi. Bunda oldingi sinflarda o‘tilgan mavzular keyingi sinflarda qaytariladi va chuqurlashtiriladi. Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha barcha fanlar kesimida haftalik yuklama 114 soatni tashkil etadi. SHuhrat Sattorovning fikricha, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi kattaligi ham ularning sifatli ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri va bosqichma-bosqich bu yuklamani kamaytirish choralari ko‘riladi. Uning misol keltirishicha, Finlyandiyada o‘quvchilar yuklamasi boshqa davlatlar bilan solishtirganda kam, lekin xalqaro tadqiqotlarda Finlyandiya o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishadi.
    Tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif ishtirokida milliy o‘quv dasturi asosida 2021−2022 o‘quv yili uchun 1- va 2- sinflarga mo‘ljallangan jami 326 nomda darsliklar, o‘qituvchi kitoblari va mashq daftarlari yaratildi. Milliy o‘quv dasturini maktablarga 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Buning uchun keyingi o‘quv yiliga milliy o‘quv dasturi dasturi asosida 3, 6, 7, 10 sinflar uchun 431 nomda va undan keyin 4, 5, 8, 9, 11 sinflar uchun 582 nomda o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlanadi.
    Amerika Qo‘shma SHtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan olib borilayotgan «O‘zbekiston — Barkamollik uchun ta’lim dasturi» loyihasi doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5−11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari hamda 1−11 sinflar uchun ingliz tili darsliklari tanlab olindi va mahalliylashtirildi. 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab bu darsliklar maktablarga joriy qilinadi.
    Ta’lim rus tilida olib borilmaydigan maktablar uchun rus tili darsliklari Rossiyalik mutaxassislar bilan RKI (русский как иностранный — рус тили чет тили сифатида) metodikasi asosida yaratilmoqda.

    Download 27,74 Kb.
    1   2   3




    Download 27,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi

    Download 27,74 Kb.