• Iosif bo‘lsa mazkur lavozimni Salyeriga topshirgan
  • onasi bilan Germaniyaga safar qilganida tanishib qolgandi.
  • DNK bilan taqqoslanishidan keyin paydo bo‘lgan
  • Tayyorladi: Abduxamidova Marjona O’qituvchi: Asanova Elvira Wolfgang Amadeus Mozart




    Download 216,66 Kb.
    bet3/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi216,66 Kb.
    #234482
    TuriReferat
    1   2   3
     ancha kam pul topardi.
    Motsartning Venadagi asosiy raqibi Antonio Salyeri edi — muvaffaqiyatli italyan kompozitori uch tilda operalar yozgani bilan mashhurlikka erishgan. U Vena operasini egallagan va Motsart endigina katta karyerasini qurishni boshlagan 1788-yilda imperator kaplmeysteri etib tayinlangandi.
    Motsart otasiga bir nechta shikoyat maktublarini yo‘llagan bo‘lib, unda Salyeri va uning hamtovoqlari rasmiy ish olishiga to‘sqinlik qilayotganliklarini bildirgan. Masalan, 1781-yilda Motsart imperator uni malika Yelizaveta Vyutembergga (imperator jiyanining kelini) fortepianoda dars berishga yollashiga umid qilgan, Iosif bo‘lsa mazkur lavozimni Salyeriga topshirgan. “Imperator barchasini buzdi, chunki uni Salyeridan boshqa hech kim qiziqtirmaydi”, — deya nadomat bilan yozgandi Motsart.
    Shunday bo‘lsa-da, Motsart va Salyeri bir-birining musiqiy iqtidorini hurmat qiladigandek tuyulardi. 1785-yilda ular birgalikda kantata (xor uchun belgilanadigan tantanavor yirik musiqiy asar) yozadi, 1788-yilda Salyeri o‘z operalaridan birining o‘rniga Motsartning “Figaro”sini namoyish etadi. Birinchi marta 1791-yilda Motsartning “Sehrli fleyta” tomoshasiga tashrif buyurgan Salyeri undagi har bir element — musiqali muqaddimadan tortib, oxirgi xorga qadar uning hayratiga sabab bo‘lgandi.
    Volfgang Salyeridan farqli o‘laroq, salomat shaxs emasdi. Uning o‘quvchilaridan biri Motsart haqida shunday yozgandi: “…o‘rta bo‘yli va rangpar, yoqimtoy va do‘stona ko‘rinishga ega, ko‘k ko‘zlari yorqin porlaydi”.
    Milosh Forman tomonidan 1984-yilda ishlangan “Amadey” filmida Motsartning savdoyiligi tasvirlangan: hazilkash, kulishni yaxshi ko‘radigan, gapga chechan. 1782-yili 26 yoshida Motsart Leopold doim qo‘rqib kelgan ishni amalga oshiradi — u uylanadi. Volfgang Konsansiya Veber va uning oilasi bilan bir necha yil oldin, onasi bilan Germaniyaga safar qilganida tanishib qolgandi. Leopold Volfgangning to‘rt opa-singilni to‘ng‘ichi Aloiziyani sevib qolganidan g‘azab otiga mingan va hatto ular bilan uchrashmasdan turib, qurumsoq oila pul maqsadida iqtidorli o‘g‘lini og‘dirib olishga urinayotganini ta’kidlagan. Oradan to‘rt yil o‘tgach, Motsart Venada Veberlar bilan yana ko‘rishgan va opa-singillarning uchinchisini sevib qolgan.
    Avliyo Mark cherkovi rohibi Jozef Rotmeyer mashhur kompozitor dafn etilgan joyni belgilab qo‘yganini aytgan. Motsartning o‘limidan 10 yil o‘tib, 1801-yilda Rotmeyer belgilanganidek suyaklarni qazib qolgan va uning bosh chanog‘ini ommaga namoyishga qo‘ygan (hozirda u Zalsburdagi Motsart muzeyida saqlanadi). Afsuski Rotmeyer aslida boshqa jasadni qazib olgan. Chanoqda jag‘ning sinish alomatlari mavjud, Motsartning jag‘iga esa hech kim shikast yetkazmagandi.
    Ammo ayrim tarixchilar barcha mantiqni chetga surib qo‘ygan holda ushbu chanoq — Motsart aslida boshiga berilgan zarbadan vafot etganiga to‘g‘ridan to‘g‘ri isbot bo‘la olishini ta’kidlaydi. Bu kabi nazariya 2006-yilda, Motsartning ona tomondan buvisi va uning jiyanidan olingan DNKning bosh chanoq suyagidagi DNK bilan taqqoslanishidan keyin paydo bo‘lgan.
    Tahlil genetik o‘xshashlik borligini rad etgan. Motsartning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lganini bila olmaymiz (boshiga urilgan zarbadan emasligi aniq), biroq buning ahamiyati ham u qadar katta emas. Eng muhimi — u hayotda bo‘lgan va aql bovar qilmas musiqalar bastalagan.
    Download 216,66 Kb.
    1   2   3




    Download 216,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorladi: Abduxamidova Marjona O’qituvchi: Asanova Elvira Wolfgang Amadeus Mozart

    Download 216,66 Kb.