|
Tayyorladi: Abduxamidova Marjona O’qituvchi: Asanova Elvira Wolfgang Amadeus Mozart
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 216,66 Kb. | | #234482 | Turi | Referat |
“100 buyuk inson” loyihasi doirasida Motsart haqida hikoya qiladi.
5-dekabr kuni buyuk bastakor vafot etgan dahshatli voqeadan keyin uning jasadi shishib ketib, o‘zidan badbo‘y is tarata boshlagan, tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan yuzidan keyin Avstriya imperiyasi saroyi musiqachisi bo‘lgan Antonio Salyeri uni zaharlagan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqaladi.
XVIII asrning oxirida klassik musiqaning jadal rivojlanishi soxtakorlikda gumon qilish uchun asos bermaydi. Bu eng iqtidorli kompozitorlar saroydagi lavozimlar uchun jon jahdi bilan kurashgan davr edi, bu tilla to‘r va brilliant tugmalar, tizzagacha bo‘lgan atlas shimlar va ipak paltolar davri edi, ularning ortida esa xiyonat, nayranglar va fitnalar yashiringan.
Motsart bolaligidanoq bu dunyoni tushunib yetgandi. Uning otasi Leopold knyaz-arxiyepiskop Zalsburg saroyida vitse-kapelmeyster (ya’ni musiqiy direktor) lavozimida xizmat qilgan va ikki farzandi — 1751-yilda dunyoga kelgan Anna Mariya (Nannerl) hamda 1756-yilda tug‘ilgan Volfgangni musiqaga o‘rgatgan. Otasining qattiq homiyligi ostida Volfgang 3 yoshidan boshlab klavesin (fortepianoga o‘xshash cholg‘u asbobi) chala boshlagan. 5 yoshida esa o‘z musiqalarini bastalashga kirishgan. Volfgang 6 yoshga to‘lganidan keyin Leopold bir necha yil davomida Yevropa saroylari bo‘ylab rafiqasi hamda farzandlari bilan sayohat qilgan holda, o‘z vunderkindlari orqali pul ishlay boshlaydi. Nannerl musiqani juda yaxshi chalgan, ammo yoqimtoy va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan Volfgang tomoshabinlarni o‘z iqtidori bilan rom etardi — u hatto ko‘zlari bog‘langan holda ham musiqa chala olgan.
25 yoshida Volfgang otasining nazoratidan chiqish vaqti kelgani va qanot yozib yuksak marralarni zabt etishi lozimligini tushunib yetadi. 1781-yil martda u Avstriya imperiyasi poytaxti Vena — cheksiz musiqiy imkoniyatlar taqdim etguvchi shaharga yetib keladi. Bu yerda 300 ming aholi istiqomat qilgan, ko‘plab konsert zallari, musiqiy akademiya va iqtidorli jamiyat hukmron edi. Va bu yer kompozitorning haqiqiy uyiga aylanadi.
Motsart akademiyalar, obuna konsertlari va metsenatlar uylarida chiqishlar qilib, pul topgan. U fortepianoda dars bergan — hozirgi kunda shaxsan Motsartdan dars olgan o‘quvchilar bo‘lganini tasavvur qilish qiyin, albatta. Shunga qaramay, tinib bilmay mehnat qilgan kompozitor o‘zi kabi iqtidori bo‘lmasdan turib mo‘maygina daromad ko‘rayotgan musiqachilardan
|
| |