III.
NAZARIY MATERIALLAR
23
ilmiy tajribaga oid ma’lumotlarga ishlov berish
uchun dasturlar tuzishadi, yoki
qiziqish sabab dasturlar tuzishadi. Professional dasturiy ta’minot bu dasturchidan
tashqari boshqa insonlar ham foydalanishi maqsadida ishlab chiqiladi va odatda
individual bo’lib emas guruh bo’lib ishlanadi.
Dasturiy injiniring professional dasturiy ta’minotni qo’llab quyyatlashga
yo’naltirilgan bo’lib u dasturning o’ziga xos xususiyatlari, dizayni va evolutsiyasini
ta’minlovchi usullarni o’z ichiga oladi. Dasturiy injiniring nimaligi haqida sizga
kengroq tushuntirish maqsadida quyida ko’p so’ralgan
savollarga qisqacha
javoblarni havola etamiz (Jadval 1.1)
Savol
Javob
Dasturiy ta’minot nima?
Kompyuter dasturlari va unga bog’liq
hujjatlar. Dasturiy mahsulotlar olohida
mijozlar uchun yoki umumiy bozor
uchun ishlab chiqarilishi mumkin.
Yaxshi
dasturiy
ta’minotning
attributlari nima?
Yaxshi dasturiy ta’minot talab qilingan
funksionallikka ega, foydalanuvchiga
qulay, ishonchli va davomiy bo’lishi
lozim.
Dasturiy injiniring nima?
Dasturiy
injiniring
bu
dasturiy
mahsulotni ishlab chiqishning barcha
qirralari bilan bog’liq muhandislik.
Dasturiy injiniringni
asosiy faoliyatlari
nima?
Dastur xususiyatlari, dasturiy ta’minot
ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni
tekshirish,
va
dasturiy
ta'minot
evolyutsiyasi.
Dasturiy injiniring va kompyuter ilmi
o’rtasida qanday farq bor?
Kompyuter
ilmi
nazariya
va
tushunchalarga
e’tiborni
qaratadi;
dasturiy injiniring amaliy ishlab chiqish
va foydali dasturiy ta’minotni yetkazib
berishga e’tibor qaratadi.
Dasturiy injiniring va tizim injiniring
o’rtasida qanday farq bor?
Tizim injiniring bu apparat ta’minot,
dasturiy ta’minot va jarayon injiniringni
o’z ichiga oluvchi kompyuter asosli
III. NAZARIY MATERIALLAR
24
tizimlarni ishlab chiqish. Dasturiy
injiniring ushbu umumiy jarayonning
bir qismidir.
Dasturiy injiniringni narxi qancha?
Taxminan
60%
xarajatlar
ishlab
chiqarish uchun va 40% xarajatlar
testlash uchun sarf bo’ladi.
Eng yaxshi dasturiy injiniring usuli va
metodi qaysi?
Barcha dasturiy ta’minot
loyihalari
professional tarzda boshqarilishi va
ishlab chiqilishi kerak, turli xil tizimlar
uchun mos bo’lgan turli xil usulllar
qo’llaniladi.
Dasturiy injiniringa veb qanday xilma-
xillik olib keldi?
Veb dasturiy servislarni va yuqori
taqsimlangan
servisga
asoslangan
tizimlarni ishlab chiqishni olib kirdi.
Jadval 1.1.
Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.
Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:
1.
Umumiy mahsulotlar
Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish
tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan
mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy
kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn
tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi
dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.
2.
Buyurtma mahsulotlar
Bular alohida
mijozlar tomonidan buyurtma
qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik
qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam
berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.
Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda
dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot
nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy
ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora
kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va
III. NAZARIY MATERIALLAR
25
mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP)
tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy
ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir.
Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:
1.
Dasturiy ta’minot xususiyati
2.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3.
Dasturiy ta’minotni tekshirish
4.
Dasturiy ta’minot evolutsiyasi