Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi:
Jahon va O‘zbekiston Respublikasi miqyosida yashil
energetikaning
zamonaviy holati; yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari (QE)
yordamida quyosh nurlanishi energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga
o‘zgartirish va energiyani uzatish, o‘zgartirish
mexanizmlari, taqsimlash va
iste’mol qilishda samaradorlikni oshirish muammolari va ularni hal etish yo‘llari;
energetika ekologiya muammolari va ularni hal etish yo‘llari; elektr energiyasini
yarimo‘tkazgichli QE foydalanib elektr energiyasiga o‘zgartirishning
zamonaviy
holati, fundamental muammolari va istiqbollari bilim, ko‘nikma va malakani
shakllantirishdir.
Modulning vazifalari:
-
yashil energetika taraqqiyotining zamonaviy
holati va muammolarini
o‘rganish;
-
yarimo‘tkazgichli QE asosidagi energetik qurilmalardan foydalanib elektr
energiyasi ishlab chiqarishning samaradorligi, ekologik muammolari va ularni hal
etish yo‘llarini o‘rganish;
-
gelioenergetika yunalishida muhim fizik-texnik
muammolardan biri yangi
materiallarning quyosh elementlariga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish;
-
yarimo‘tkazgich va termoelektrik materiallarning fizik xossalarini chuqur
o‘zlashtirish, uzoq ishlash muddatiga ega, arzon, Markaziy Osiyoning issiq iqlim
sharoitlariga moslashish imkoniyatiga
ega mavjud quyosh elementlari, quyosh
energiyasidan issiq suv olish jarayonlari va qurilmalari ustida zarur bilimlarni
egallash,
-
bugungi kunda dunyo miqyosida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj tobora
ortib borishini nazarda tutib yangi turdagi QE ustida
tadqiqotlar holati bilan
tanishish.
Shu sabab, quyosh energiyasidan sanoat ko‘lamida foydalanish sohasida
yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, fotoelektrik stansiyalarida ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyaning tannarxini kamaytirish, quyosh energetikasidan
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish, quyosh
energiyasi potensialidan
optimal foydalanish kabi muammolar ustida tadqiqotlarni olib borishni talab etadi.