2.2 Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashda
ta’lim jarayonining ilg‘or pedagogik texnologiyalari.
Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga
oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari
orqali har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib
kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-
quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom
va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali
taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni
rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston respublikasi qonunining 8 –moddasida:
- Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni
intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir.
- Maktabgacha taʼlim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni
boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi - deb koʻrsatilgan.
Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, uning umumiy
taʼlimda erishiladigan sezilarli yutuqlariga asos boʻladi. Bolaning erta rivojlanishi
uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu
maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-
dekabrdagi “Boshlangʻich taʼlimga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga
bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 999-sonli qarorini
ijro etish doirasida davlat oʻz zimmasiga 6-7 yoshli bolalarning maktabga toʻlovsiz
majburiy bir yillik tayyorgarligi boʻyicha majburiyatini oldi. 6-7 yoshli bolalar
uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari,
bolalarini toʻliq kunli maktabgacha taʼlim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega
boʻlmagan yoki muayyan sabablarga koʻra, bolasini maktabgacha taʼlim
tashkilotlariga
bermagan ota-onalarning
talab-ehtiyojlarini
qondirishiga va
41
istisnosiz barcha bolalarning taʼlim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega
boʻlishini taʼminlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan taʼlimga berilgan eʼtibor va bu sohadagi yuksalishlar ota-
onalar tomonidan eʼtirof etilib, farzand taʼlim-tarbiyasiga nisbatan ularni bu
boradagi masʼuliyatini kuchaytirmoqda. Ota-onalarimiz tomonidan bolaning ushbu
yosh davrida farzandlari tezroq mustaqil oʻqishni va yozishni bilishni istashlari
haqida xohish-istaklarni bildiradilar. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, maktabgacha
yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash - dolzarb masala.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bola yosh
rivojlanish bosqichlarida uning jismoniy, maʼnaviy, imkoniyatlarini hisobga
olmasdan turib, uni intensiv mashgʻulotlar bilan maktab taʼlimiga tayyorlovga
oʻrgatish mumkin emas. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun maktab taʼlimin ing
shakl va metodlarini qoʻllamaslik kerak. Bolalarning
yoshga bogʻliq
psixofiziologiyasi, ushbu yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishi uchun
maqbul sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlimga oid ish shakllari, didaktik
oʻyinlardan, koʻrgazmali-predmetli mashgʻulotlardan, bolalarning amaliy va
tasviriy faoliyatining turli shakllaridan keng foydalangan holda tarbiyaviy ishlar
usullari qoʻllagan holda amalga oshirilish zarur. Bunday shakllar va usullar yosh
bolaning fikrlash va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga mos keladi, uning bilim
faoliyatini ragʻbatlantiradi va intellektual rivojlanishga hissa qoʻshadi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7
yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga taʼlim-tarbiya berish va maktab
taʼlimiga tayyorlash maqsadida “Ilm yoʻli” variativ dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun moʻljallangan majburiy boshlangʻich
taʼlimga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat
talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy
rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy
rivojlanish
sohalarini har tomonlama uygʻun rivojlanishini taʼminlashga
42
moʻljallangan boʻlib, bunda bola taʼlimiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida
namoyon boʻladi.
Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab taʼlimiga
tayyorlaydi, unda turli xil koʻnikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda
bolani savodxonligi boʻyicha olib boriladigan taʼlimiy jarayonlar bolalarda nutq,
muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining
barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bolaning soʻz
boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uygʻonadi, unda mazmunli gapirish,
boshlangʻich til boʻyicha maʼlumotga ega boʻlish, badiiy adabiyotga muhabbat
shakllanadi. Jamoada oʻzini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga
kirishish va ular oldida soʻzlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga
namuna boʻlish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish koʻnikmalari
rivojlanadi. Bolada qoʻl barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv
malakalari shakllanadi. Ular qogʻozda toʻgʻri chiziqlar, soʻzlar va qisqa gaplarni
yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qoʻlni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib
rasm chizish malakalari shakllanadi.
Bolani bu yosh davrida ogʻzaki nutq asosiy oʻrinni egallaydi. Nutq rang-
barang ifodali tovushlar yigʻindisidir. U bolani ertaga maktabda muvaffaqiyatli
oʻqishi uchun zamin yaratadi. “Soʻz boyligi - deb taʼkidlagan edi Q.Shodiyeva -
bolaga barcha mashgʻulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta oʻzlashtirib olish
va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi”. Bola nutqining
rivojlanishi bevosita uning lugʻatiga bogʻliq. Albatta shuni taʼkidlash lozimki,
bolaning lugʻat boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola maʼlumotlarni
atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, oʻrtoqlari, kitoblar,
filmlar, mashgʻulot va oʻyinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga
maʼlumotlar ogʻzaki nutq orqali beriladi. Buning natijasida bolaning lugʻat boyligi
oshib borishi, u soʻzlar, ularning maʼnosi, ularni qoʻllab, gaplarni grammatik
jihatdan toʻgʻri tuzishni, toʻgʻri tovush talaffuzini amalga oshirishi zarur. Bolaga bu
maʼlum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Bu jarayon boladan aqliy faollikni talab etadi.
Bunda tarbiyachilar tomonidan bolani nutqini rivojlantirish va uni savodxonligini
43
amalga oshirish boʻyicha tizimli taʼlim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu
jarayonlar Ilk qadam oʻquv dasturi va Ilm yoʻli variativ oʻquv dasturi asosida
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va majburiy tayyorlov guruhlarida nutq oʻstirish
mashgʻulotlari, rivojlanish markazlari, sayr, ekskursiyalar orqali mustahkamlanadi.
Tarbiyachilar tomonidan bolalarni oʻqish va yozish malakalarini shakllantirish
maktabgacha yoshga doir maxsus metodikalar orqali olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga tayyorlash hamda unda
savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga boʻysunadi.
- bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish.
Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga
yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan
emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan
iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida
foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash.
- bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati,
nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak, qiziqish
uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan natijalaridan
qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.
- olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan
murakkablashib borishi zarur.
- tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri
talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi.
- bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil
gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalarida n
foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish.
Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab
taʼlimiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari,
44
shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat
yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson
tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi,
jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
|