Elektron darslik yaratish muammolari




Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana11.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#44973
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Oralov Javohir kurs ishi
2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, 2540, айланма кодекс, Xumoyun, kommunikativ-qobiliyat-va-pedagogik-ta-sir-ko-rsatish, Ijodiy ta\'lim G\'aniyev Baxtiyor, O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baholash., маруза матни 4та, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, 3142113837, Taqdimot5, 7m, 6-мавзу. Мантиқий саволлар, 1.1. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi.
Elektron darslik yaratish muammolari 
Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta'lim 
texnologiyasi markazida talaba, texnologiya mazmunida talabalar tomonidan 
mustaqil ravishda ta'lim olish qobiliyatini rivojlantirish, o„quv 
faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta 
asosiy komponent: o„quv materialni bayon etish, amaliy mashg„ulotlar bajarish va 
teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o„zlashtirganlik darajasini 
aniqlash jarayoni) e'tiborga olinishi kerak. Elektron darslik to„laligicha bir 
faylda bo„lishi maqsadga muvofiq emas. U juda katta bo„ladi. Bu darslikni 
kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o„zlashtirishni 
qiyinlashtiradi. Har bir mavzu bitta hujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi 
kamchiliklarni yo„q qiladi. 
Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq 
qo„llash kerak. Chunki ular darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi. 
Yaxshi elektron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter 
sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg„ulotlarida repititor, mustaqil 
ta'lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida 
uslubiy yordamchi, talabalar tomonidan bilimlarni o„zlashtirishini nazoratchisi, 
amaliy mashg„ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta'minlovchidir. 
Lekin elektron darslikda yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi 
uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda 
o„rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy 
ishlanmalarning bo„lishi talab etiladi. 


31 
Avvalo elektron darslikda boblar alohida bo„lishi va unga ko„rgazmalilik, 
ijobiy emotsional fon tamoyil, xushfe'llik va qo„yilgan masalani yechishda keng 
yordam berish tamoyillari qo„llanilishi zarur. 
Elektron darslik bilan ta'limning eng qulay ssenariysini tanlashni 
ta'minlaydigan interfaol tartibda ishlash talabalar bilim olishini faollashtiradi. 
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga 
mo„ljallangan. Talaba o„zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik 
darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. 
Elektron darslik talabani bilim olishini vaqt bo„yicha chegaralamaydi. 
Shuning uchun ham o„quv materialni o„zlashtirish vaqti talabaning xohishiga ko„ra 
qisqarishi yoki uzayishi mumkin. 
Elektron darslik talabalarga axborotni o„qish, ma'ruzalarni eshitish, amaliy 
va laboratoriya mashg„ulotlariga mo„ljallangan vazifalarni ishlarini bajarish, o„z 
bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to„ldirish, o„z-o„zini nazorat qilish 
kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. O„z ichiga trenajyorlar, amaliy va 
laboratoriya mashg„ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o„zida bilim berish 
va ularni o„zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta'minotga ega bo„lishi 
kerak. Boshqacha aytganda u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi 
taqdimot 
qilish 
tashkil 
etuvchisi; 
olingan 
bilimlarni 
mustahkamlashga 
mo„ljallangan mashqlar, talabalarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini 
beradigan testlar kabi uchta komponenti bo„lishi zarur. 
Kompyuterga mo„ljallangan darslik: 
• 
bir onda teskari aloqani ta'minlashi; 
• 
zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi; 
• 
gipermatnli tushuntirishlarga ko„p marta murojaat qilishda vaqtni 
iqtisod etishi; 
• 
ekranga matnni to„g„ridan-to„g„ri chiqaribgina qolmay, balki 
multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi; 
• 
aniq bir bo„lim bo„yicha talabalarning o„zlashtirish darajalariga mos 
holda tezlikda bilimini baxolay olish imkoniyati; 


32 
• 
zarur o„quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan 
an'anaviy darsliklardan farq qiladi. 
Boshqacha aytganda, elektron darslik o„quv materiallarini ilmiy va 
ko„rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy imkoniyati; axborotni to„la, tizimli va 
mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o„quv materialini bir tizimda berish va 
faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o„quv materialini o„zlashtirilishining 
mustahkamligi; 
ta'limni 
differensiallashgan 
va 
yakkama-yakkalanganligi; 
moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to„la 
didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limni interfaolligi, teskari aloqa, o„z-o„zini 
boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va 
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash 
mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va 
o„quv adabiëti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan, 
kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlari mavjud 
bo„lishini taqozo etadi. 
Nashr etilgan o„quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik 
imkoniyatlari -an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va 
o„quv qo„llanmalarni tajribada taqqoslab ko„rilganda, eng ko„zga ko„ringan 
belgilarni oxirgi tur (multimediali) o„quv qo„llanmalarda mavjud ekanligi 
tasdiqlangan. 
Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini 
printer orqali chop etish va talabalar xoxlagan paytda uni o„qish imkoniyati ham 
bo„lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko„p o„qish talabalar 
ko„ziga salbiy ta'sir etishi mumkin. 

Download 1.1 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish