|
Transport pog’onasining asosiy protokollari
|
bet | 5/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 123,83 Kb. | | #116115 |
Bog'liq 10-m.TCP-IP protokoli stekasi va stek manzillaridan foydalanishTransport pog’onasining asosiy protokollari:
TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiybog’lanish, uzatilayotgan ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi;
UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi.
Amaliy pog’ona OSI modeli pog’onalarining yuqori qismiga mos keladi. Bu bosqichda amaliy pog’onada keng foydalaniluvchi servislar amalga oshirilgan: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), electron pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi
OSI modeli va kommunikatsion protokollar orasidagi bog’lanishlar
Tarmoq sathi protokollari
Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi:
Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi.
Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi.
Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi:
Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi;
Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;
Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida).
Tarmoq protokollariga IPv4 va IPv6 protokollari kiradi.
|
| |