• Koaksial kabellar
  • O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar




    Download 1,21 Mb.
    bet4/5
    Sana05.01.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #130490
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-m.Kabellarning turlari va xususiyatlari

    O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar.

    Kabel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari kabel turlarini ko’p miqdorda ishlab chiqaradilar. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo’lish mumkin:



    • o’ralgan juft simli kabel (vitaya para, twisted pair), ular himoyalangan yaʻni ekranlashtirilgan (ekranirovanniye, shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan ya‘ni ekranlashtirilmagan (neekranirovanniye, unshielded twisted pair, UTP);

    • koaksial kabellar (coaxial cable);

    • shisha tolali kabellar (optovolokonniye kabeli, fiber optic).

    Kabelning har bir turining o’z afzalliklari va kamchiliklari mavjuddir, shuning uchun kabel turini tanlanganda xal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo’lgan barcha korxona standartlarining o’rniga, 1995 yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo’lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
    O’ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o’zaro bir-biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
    Odatda o’ralgan juft kabel tarkibi 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi.



    1. Koaksial kabellar

    Koaksial kabel elektr toki o’tkazuvchi kabel bo’lib, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo’lib metal sim to’qimaga (ekran) o’ralgan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’ladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko’p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to’qimasi-ekran mavjudligi), to’qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko’proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o’ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yig’ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning narxi o’ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 – 3 barobar yuqoridir). Kabeluchlariga razyemlar o’rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o’ralgan juft kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.


    Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatda terminatorlar o’rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi! yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa kabeldagi sim to’qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to’siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muxitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to’qimani ikki va undan ko’proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek kompyuterlar ham ishdan chiqishi mumkin. Terminatorlar albatta kabel bilan moslangan bo’lishi shart, ya‘ni ularni qarshiligi kabelning to’lqin qarshiligiga teng bo’lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Omli bo’lishi kerak.




    1. Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar

    Download 1,21 Mb.